|
jadval. Mollar va parrandalarning ozuqalarga bo‘lgan ehtiyoji va
|
bet | 80/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1jadval. Mollar va parrandalarning ozuqalarga bo‘lgan ehtiyoji va ularning ta’minoti.
Ushbu jadvalda poda harakati hujjati bo‘yicha xo‘jalikdagi chorva mollarining turlari bo‘yicha talab etiladigan ozuqalar miqdori ozuqa birligida, shu jumladan, konsentrat ozuqa va uning jami qiymati aniq hisob-kitob qilinadi. Bundan tashqari, talab etiladigan ozuqaning qancha miqdori sotib olinishi va uning qiymati, shuningdek, 1 sent. mahsulotga sarflanadigan ozuqa birligi me’yorlar qo‘llanmasining 17-30 jadvallariga asosan aniqlanadi.
jadval. Chorvachilik mahsulotlarining tannarxi. Ushbu jadvalni to‘ldirishda «Biznes-reja»ning 3-jadvalini to‘ldirish tartibida, shuningdek, me’yoriy qo‘llanmadagi me’yorlardan kelib chiqqan holda, kishi/soati, ozuqa miqdori va yonilg‘i-moylash materiallari belgilanadi hamda ularning qiymatlari joriy yil bahosida hisoblanadi.
jadval. Mahsulot balansi. Ushbu jadvalni to‘ldirishda xo‘jalikning 1997-yil hisobotida mahsulotlar turlari bo‘yicha qoldiq olinadi va uning miqdori 3-4- ustunlarda ko‘rsatiladi. 1998-yilda ishlab chiqariladigan mahsulot turlari bo‘yicha miqdor va qiymatlari 5-6- ustunlarda, sotib olinadigan va boshqa kirimlar miqdori va qiymatlari esa 7-8- ustunlarda ko‘rsatiladi. Jami kirim qilingan mahsulotlar turi miqdor va qiymat holida 9-10- ustunda jamlanadi.
Yil davomida chiqim qilinadigan jami mahsulot turlari, shu jumladan, davlat buyurtmasi va shartnoma asosida sotiladigan mahsulotlar miqdori va qiymati 11-12-ustunlarda, xo‘jalik a’zolariga va issiq ovqat uchun ishlatiladigan mahsulot turlari miqdori va qiymati 13-14-ustunlarda, erkin bozorda sotiladigan mahsulotlar 15-16-ustunlarda, barter asosida ayirboshlanadigan mahsulotlar 17- 18-ustunlar, xo‘jalikning chorva mollari va urug‘lik fondigan ajratiladigan mahsulotlar 19-20-ustunlarda ko‘rsatilib, jami kirim mahsulotlaridan (9-10- ustun) yuqorida ko‘rsatilgan chiqimlar chiqarilib, yil oxirida qoldiq miqdori mahsulot turlari bo‘yicha reja tannarxida ko‘rsatiladi (21-22-ustunlar).
|
| |