|
Respublikasi oliy va
|
bet | 81/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1jadval. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish. Ushbu jadvalni to‘ldirishda mahsulotlar miqdori (1-ustun) ko‘rsatkichi konditsion hisobga o‘tgan va tabiiy hollarda olinadi. Sotiladigan mahsulotlarning tannarxi (2- ustun) biznes-rejaning 3-8-9- jadvallaridan kelib chiqqan holda to‘ldiriladi. Mahsulotlarni sotishdan tushgan pul daromadini hisoblashda (3-ustun) ularga belgilangan davlat buyurtmalari alohida hisob-kitob qilinib, shartnoma asosida sotiladigan qismiga qo‘shiladi va o‘rtacha narx chiqariladi. Har bir mahsulot uchun foydalilik darajasi 25-30 foizdan qo‘shib, sotiladigan mahsulot miqdoriga ko‘paytiriladi va olingan summa 3-ustunga tushiriladi.
Moliyaviy natija – 4-ustunni to‘ldirishda, sotiladigan mahsulotning tannarxi (2-ustun) va sotishdan tushgan pul daromadi o‘rtasidagi farq, mahsulot turlarini sotishdan olingan moliyaviy natijasini bildirib, 4-ustunda qayd etiladi (foyda+; zarar -).
Bundan tashqari, xo‘jaliklarda sanoat korxonalari (13-jadval), yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi, kichik ishlab chiqarish korxonalari (14-jadval) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot xarajati va sotishdan kelgan daromadlari hamda olingan foydalari 10-jadvalning 4-ustunida ko‘rsatiladi. 11-jadval. Umum xo‘jalik xarajatining mahsulot yetishtiruvchi
bo‘linmalariga taqsimoti. Ushbu jadvalni to‘ldirishda, xo‘jalikda yetishtirilgan mahsulotning qiymati 3-8-13 va 14-jadvallardan olinadi, umumxo‘jalik xarajatlari esa 15 jadvaldan foydalanib to‘ldirilib, 100 so‘m mahsulotga to‘g‘ri keladigan xarajat hisoblanadi.
12-jadval. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari. Ushbu jadvalni to‘ldirishda biznes-rejaning 3,8,13,14-jadvallaridagi barcha xarajatlar elementi jamlanib, xarajat turlari bo‘yicha 3-ustunda aks ettiriladi. Shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanib, 5,6-ustunlar to‘ldiriladi.
jadval. Xodimlarning soni va iste’molga yo‘naltirilgan mehnat haqi fondi. Ushbu jadvalni to‘ldirishda biznes-rejadagi 3,8,13 va 14- jadvallardan hamda me’yoriy qo‘llanmada belgilangan shtatlar jadvalidan kelib chiqqan holda xodimlarning o‘rtacha yillik soni aniqlanib, 1-ustunga tushiriladi. Shuningdek, mehnatga haq to‘lash miqdori 2-ustunda, rag‘batlantirish 3- ustunda va yil yakuni bo‘yicha mukofotlash 4-ustunda ko‘rsatiladi.
|
| |