• Respublikadagi dehqon va fermer xo‘jaliklariga tijorat banklari va budjetdan tashqari fondlardan ajratilgan
  • Fermer xo‘jaligida sug‘urta
  • Fermer xo‘jaliklarda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini kreditlash




    Download 1,43 Mb.
    bet84/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Fermer xo‘jaliklarda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini kreditlash

    Fermer xo‘jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari orqali kreditlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 8-noyabrdagi 124- sonli, Markaziy bank boshqaruvining 2003-yil 8-noyabrdagi 242-V sonli qarorlari bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 6-yanvarda 1285 raqam bilan ro‘yxatga olingan «Fermer xo‘jaliklarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risida» Nizom asosida amalga oshiriladi.


    Nizomda 2003-yil hosilidan boshlab, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida joylashgan fermer xo‘jaliklariga, 2004-yil hosilidan boshlab, Andijon, Jizzax, Navoiy, Samarqand viloyatlarida joylashgan fermer xo‘jaliklariga va 2005-yil hosilidan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatida joylashgan fermer xo‘jaliklariga davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari va budjetdan tashqari fondlar hisobidan quyidagi kredit ajratmalari berilishi belgilangan.
    2004-yilda 14602 fermerga 29204 million so‘m kredit berilgan bo‘lsa, 2005-yilda 15196 fermerga 30391,6 mln. so‘m kredit berildi. 2004-2005- yillarda kredit miqdori 1187,6 mln. so‘mga oshdi.
    Kreditlar fermer xo‘jaliklariga ular tomonidan davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan g‘alla va paxta xomashyosi qiymatining 50 foizigacha miqdorida beriladi.
    10.5.1-jadval.
    Respublikadagi dehqon va fermer xo‘jaliklariga tijorat banklari va budjetdan tashqari fondlardan ajratilgan kreditlar. (mln. so‘m)



    Hududlar nomi



    Dehqon va fermer xo‘jaliklariga
    ajratilgan kreditlar, mln.so‘m

    2005- yilda 2004-
    yilga nisbatan

    2004-yilda

    2005-yilda

    Farqi (+;-)

    Soni

    Miqdori

    Soni

    Miqdori

    Soni

    Miqdori

    Qoraqalpog‘iston

    498

    996

    538,9

    1077,8

    40,9

    81,8

    Respublikasi



















    Andijon

    841,5

    1683

    1008,75

    2017,5

    167,25

    334,5

    Buxoro

    1710

    3420

    1715,1

    3430,2

    5,1

    10,2

    Jizzax

    1212

    2424

    1220,5

    2441

    8,5

    17

    Qashqadaryo

    1388,5

    2777

    1410,3

    2820,6

    21,8

    43,6

    Navoiy

    948,5

    1897

    965,1

    1930,2

    16,6

    33,2

    Namangan

    416

    832

    619,75

    1239,5

    203,75

    407,5

    Samarqand

    1814,5

    3629

    1822,65

    3645,3

    8,15

    16,3

    Surxondaryo

    787

    1574

    852,8

    1705,6

    65,8

    131,6

    Sirdaryo

    1401

    2802

    1413,25

    2826,5

    12,25

    24,5

    Toshkent

    1362

    2724

    1376,85

    2753,7

    14,85

    29,7

    Farg‘ona

    1540,5

    3081

    1253,05

    2506,1

    -287,45

    -574,9

    Xorazm

    682,5

    1365

    998,8

    1997,6

    316,3

    632,6

    JAMI

    14602

    29204

    15195,8

    30391,6

    593,8

    1187,6

    Fermer xo‘jaliklari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mahsulot hajmining qiymati «O‘zpaxtasanoat» uyushmasi va «O‘zdon- mahsulot» DAK korxonalari (bundan keyingi matnda – tayyorlov korxonalari) bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi. Bunda, kredit miqdori tayyorlov korxonalari tomonidan fermer xo‘jaligiga yetkazib beriladigan urug‘lik mahsulot qiymatiga kamayadi. Kredit miqdorini aniqlash uchun kredit shartnomasini tuzish vaqtida xarid narxlar asos qilib olinadi. Xarid narxlari tasdiqlangach, kredit miqdori qayta hisoblab chiqilishi


    lozim.
    Mazkur kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun berilishi mumkin:

    • ish haqi va unga tegishli ajratmalarni to‘lash uchun;

    • mineral o‘g‘it va o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini xarid qilish uchun;

    • yonilg‘i-moylash materiallarini xarid qilish uchun;

    • MTPlar, muqobil MTPlar, SFUlar (suvdan foydalanuvchilar uyushmasi) va boshqa shaxslarning xizmatlariga to‘lovlar uchun;

    • xo‘jalik ixtiyoridagi texnikalarga ehtiyot qismlarni sotib olish uchun;

    • moliyaviy lizingga berilgan texnika vositalarining lizing to‘lovlari uchun;

    • elektroenergiya to‘lovlari uchun;

    • plyonka ostiga ekiladigan paxtaga polietilen plyonkasini xarid qilish uchun;

    • kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash xizmatlariga to‘lovlar uchun;

    • yagona yer solig‘i to‘lovi uchun.

    Beriladigan kredit miqdorini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan agrotexkartalardan kelib chiqqan holda, har bir qishloq xo‘jaligi ekini bo‘yicha har bir xarajat turining eng ko‘p me’yori (qishloq xo‘jalik yilining tegishli davrlari yoyilmasi bilan) har yili hosil uchun tasdiqlanadi.
    Fermer xo‘jaligining biror bir xarajat turi bo‘yicha to‘lovlarga ehtiyoji bo‘lmagan hollarda, mazkur oy uchun umumiy ajratilgan mablag‘lar fermer xo‘jaliklari tomonidan boshqa ruxsat etilgan ehtiyojlari uchun (ish haqidan tashqari) o‘rnatilgan yillik me’yor doirasida ishlatilishi mumkin.
    Kreditlar tegishli qishloq xo‘jalik mahsuloti bo‘yicha fermer xo‘jaliklari bilan yakuniy hisob-kitoblar yakunlanguncha, lekin 18 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi. Bu kreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkasi yillik 5 foiz miqdorida belgilanib, uning 2,5 foizi bank marjasini tashkil qiladi.
    Fermer xo‘jaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzilgandan so‘ng, to‘lov shartnomalariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari, fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi har bir bank filiali bo‘yicha ma’lumot tayyorlab, kreditlashni rasmiylashtirish uchun ularning viloyat filiallariga taqdim etishadi. Banklarning viloyat filiallari o‘z navbatida bu ma’lumotlarni fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi filiallarga yetkazadi.
    Fermer xo‘jaliklari kredit olish uchun ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka ariza bilan murojaat etadi.
    Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

    • tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining nusxalari;

    • biznes-reja;

    • so‘nggi hisobot davri uchun Davlat soliq xizmatining mahalliy organi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi (1 shakl, debitorlik-kreditorlik

    qarzlar to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a shakl), muddati 90 kundan oshgan qarzdorlarga solishtirma dalolatnomalar, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2 shakl).
    Imtiyozli kreditlar qaytishini ta’minlash maqsadida, bank davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va g‘alla yetishtirishni moliyalashtirish maqsadida fermer xo‘jaliklariga berilgan imtiyozli kreditlar qaytarilishi bo‘yicha o‘zining tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilishi mumkin.
    «O‘zagrosug‘urta» kompaniyasining imtiyozli kreditlarining qaytmasligi xavfini sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha sug‘urta badallari hajmi olinayotgan kredit summasining 1,25 foizi miqdorida bo‘ladi va tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Taqdim etilayotgan kredit miqdori «O‘zagrosug‘urta» DASK bilan kelishilgan sug‘urta pulidan ko‘p bo‘lmasligi zarur. Barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng, bank fermer xo‘jaligining arizasini ko‘rib chiqishi va 5 kun muddat ichida u bilan kredit shartnomasi tuzishi lozim.
    Kredit shartnomasi tuzish bilan bir vaqtda fermer xo‘jaligiga ssuda hisob varag‘i ochiladi. To‘lovlar ssuda hisob varag‘idan, qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari, asosan, naqd pulsiz shaklda (ish haqidan tashqari) faqat ushbu Nizomda ko‘rsatilgan maqsadlar uchungina amalga oshiriladi.
    To‘lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

      • oylik ish haqi to‘lovlari uchun agrotexkartalarda belgilangan me’yorlarda;

      • mineral o‘g‘it va o‘simliklarning kimyoviy vositalari uchun to‘lovlarda, mablag‘lar «Qishloqxo‘jalikkimyo» DAK, «O‘zkimyosanoat» DAK tegishli korxonasining maxsus 23222 hisob raqamiga o‘tkaziladi. Biomahsulotlarni shirkat xo‘jaliklaridan sotib olishda, mablag‘lar ularning maxsus 23222 hisob raqamiga o‘tkaziladi;

      • «O‘zagromashservis» uyushmasi MTPlarning xizmatlari uchun to‘lovlarda, mablag‘lar tegishli ravishda bo‘linib, 50 foizi ularning maxsus 23218-sonli va qolgan 50 foizi 23210 (23220) sonli hisob raqamlariga o‘tkaziladi;

      • yonilg‘i-moylash mahsulotlari va elektroenergiya uchun «O‘zneftmah- sulot» kompaniyasi, «O‘zbekenergo» DAK korxonalari va shirkat xo‘jalik- lariga to‘lovlarda, mablag‘lar ularning maxsus 23210 (23220) hisob raqamiga o‘tkaziladi;

      • muqobil MTPlar, SFUlar, boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hamda olingan mahsulotlar uchun to‘lovlarda, mablag‘lar ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlariga o‘tkazib beriladi.

    Kreditlardan foydalanilganlik uchun foizlar kreditning amaldagi qoldig‘iga har kuni hisoblab boriladi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlov korxonalariga sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan:

    • g‘alla yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo‘yicha yilning iyul oyidan boshlab va kreditni to‘liq qaytarish vaqtigacha;

    • paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo‘yicha yilning noyabr oyidan boshlab va kreditni to‘liq qaytarish vaqtigacha undiriladi.

    Bunda fermer xo‘jaliklari kreditni va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytarishlari mumkin.

      1. Fermer xo‘jaligida sug‘urta

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik va o‘rta biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan, fermer xo‘jaliklarini kutilmagan tabiiy ofat, baxtsiz hodisa, ya’ni avariya va boshqa holatlardan zarar ko‘rishdan hamda bu sohada band bo‘lganlar hayoti va salomatligini himoyalashning asosiy yo‘li bu sug‘urtalash hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida sug‘urta faoliyati muhim rol o‘ynaydi. Fermer xo‘jaliklari bankdan kredit olishda garovga qo‘yiladigan mol-mulkini, tabiiy ofatlar tufayli bo‘lg‘usi paxta va g‘alladan, bog‘ va uzumzorlardan kam hosil olish natijasida ko‘riladigan moliyaviy zararni, lizingga olingan texnikalarni, chorva hayvonlarini, yaylovlar hosilini, mol-mulkini va boshqalarni sug‘urta qildirishlari mumkin.



    Download 1,43 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   122




    Download 1,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fermer xo‘jaliklarda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini kreditlash

    Download 1,43 Mb.