• Ixtiyoriy sug‘urta
  • Ekinlar hosili sug‘urtasi.
  • Fermer xo‘jaligida soliq va soliq stavkasi
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet86/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Majburiy sug‘urta davlat qonunlari va tartiblarida belgilangan holda amalga oshirilib, davlat majburiy sug‘urtasi davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
    Sug‘urta tashkiloti majburiy sug‘urta qilingan obyektlarning ustidan nazorat olib boradi.
    Ixtiyoriy sug‘urta tomonlarning o‘z ixtiyori bilan amalda oshiriladi. Sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchining haq-huquqlari sug‘urta shartnoma- larida ko‘rsatilib, amalga oshiriladi.
    Sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga belgilangan shaklda yozma ravishda ariza taqdim etadi yoki sug‘urta shartnomasi tuzish niyatida ekanligi haqida mumkin bo‘lgan boshqa usulda ma’lum qiladi. Sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchi va uning huquqiy vorisi,
    sug‘urtalovchi, sug‘urta puli hamda sug‘urta badalining miqdorlari, shartnomaning amal qilish muddati ko‘rsatiladi, sug‘urta hodisasi tavsifi beriladi va boshqa shartlar qayd etiladi.
    Ekinlar hosili sug‘urtasi. 1997-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi korxonalarining mol-mulki va ekinlari bo‘yicha ixtiyoriy sug‘urta shartnomalari tuzish orqali ish tashkil etilgan.
    Sug‘urta obyekti qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili sug‘urtasi ularning muzlash, garmsel, do‘l, sel, sug‘orish manbalaridagi suvsizlik yoki kamsuvlik sababli, suv bosish, zararkunandalar, yong‘in natijasida nobud bo‘lish yoki zararlanishi va kuchli shamol hamda uzoq davom etgan yog‘ingarchilik natijasida yotib qolish kabi hodisalar yuzasidan o‘tkaziladi.
    Sug‘urta shartnomasi mahsulot yetishtiruvchilarning yozma arizasiga asosan, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va «O‘zagrosug‘urta» DASK tasdiqlagan ekish taqvimi muddatlaridan kechiktirilmagan holda tuziladi. Kompaniya tomonidan Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilariga g‘alla va paxta hosilini sug‘urtalash uchun katta imkoniyat berilgan bo‘lib, g‘alla hosili bo‘yicha 1-martgacha, paxta hosili bo‘yicha 1-maygacha shartnoma tuziladi. Shartnoma ekin unib chiqqanidan so‘ng tuzilib, unda quyidagi ma’lumotlar ilova qilinishi kerak:

    • rejadagi ekin maydonga ekilganligi to‘g‘risida;

    • ekinlarning to‘liq unib chiqqanligi va rivojlanish darajasi to‘g‘risida;

    • ko‘chatlarning qalinligi me’yoriy talablarga javob berishi to‘g‘risida ma’lumot.

    Mazkur hujjatlar bo‘lmasa, shartnoma kuchga kirmaydi.
    Sug‘urta to‘lovlarini hisoblash uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilining qiymati xo‘jalikning hisob-kitobi va boshlang‘ich hisobot hujjatlari bo‘yicha mazkur yilda rejalashtirilgan 1 ga ekin maydonidan olinadigan hosildorlik (oxirgi uch yil ichida olingan o‘rtacha hosildorlikdan yuqori emas) mahsulotni sotish narxi va ekin maydoniga asosan hisoblanadi.
    Agar mazkur yilda rejalashtirilgan hosildorlik oxirgi uch yildagi o‘rtacha hosildorlikdan ortiq bo‘lsa, sug‘urta to‘lovlari o‘rtacha uch yillik hosildorlik bo‘yicha hisoblanadi.
    Agar xo‘jalik oxirgi uch yil davomida ekin ekib, uch yildan birontasida ham hosil olinmagan bo‘lsa, shu ekin turi sug‘urta qilinmaydi.
    Paxta, g‘alla, sholi ekinlariga sug‘urta to‘lovini hisoblashda davlat tomonidan tasdiqlangan preyskurant bahosi asos qilib olinadi.
    Yil davomida fermer xo‘jaligi mulkining tarkibi va qiymati o‘zgarsa ham, sug‘urta to‘lovlari qayta hisoblanmaydi. Har bir qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining qiymati alohida hisoblanadi.
    Sug‘urta to‘lovlarining tarif stavka(miqdor)lari har yili ko‘rilgan zararga asoslanib, qayta ko‘rib chiqiladi.
    Hisoblangan sug‘urta to‘lovlari hisobga kelib tushgach, sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi (3-ilova) yozib beriladi. Sug‘urta polisi, sug‘urta hodisasi yuz berganda, sug‘urta qoplamasi to‘lash uchun kerak bo‘ladigan asosiy hujjatlardan biridir.
    Qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining zararlanishi yoki nobud bo‘lishi sug‘urta hodisasi hisoblanadi. Sug‘urta hodisasi yuz berganda, qishloq xo‘jalik korxonasi, bu haqida sug‘urta bo‘limiga uch kun ichida xabar berishi shart. Qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun sug‘urta to‘lovlarini hisoblashda qabul qilingan bir gektar hosilning qiymati bilan hisobot yilida bir gektar maydonda yetishtirilgan o‘rtacha hosildorlik qiymati orasidagi farq xo‘jalik ko‘rgan zarar hisoblanadi.
    Sug‘urta shartnomasi sug‘urtalanuvchining sug‘urtaga olinayotgan mulkning ro‘yxati to‘liq aks ettirilgan arizasi asosida tuziladi. Sug‘urta shartnomasi tuzlgandan so‘ng, ushbu ariza shartnomalarning ajralmas qismi bo‘lib qoladi. Sug‘urta shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchining hisob raqamiga pul kelib tushgan kundan boshlab kuchga kiradi. Agar shartnomada berilgan kungacha sug‘urta badali to‘lanmasa, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi. Sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati shartnomada ko‘rsatilgan kundan bir kun oldin yakunlanadi.
    Sug‘urta shartnomasi yozma ravishda tuziladi va yozma ravishda tuzilmagan shartnoma haqqoniy emas deb hisoblanadi. Sug‘urta to‘lovlari tushgandan so‘ng sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi yozib beriladi.
    Sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga yozma ravishda ariza bilan sug‘urta hodisasi ro‘y bergani to‘g‘risida, barcha zaruriy hujjatlarni ilova qilgan holda (yong‘indan himoya qilish bo‘limining, ichki ishlab chiqarish bo‘limining, gidrometeorologiya boshqarmasining ma’lumotnomasi) murojaat qilishi shart.
    Zarar miqdori va sug‘urta hodisasi sabablari sug‘urtalovchi tomonidan joyida ko‘rib chiqilib, ekspertiza va hujjatlar asosida aniqlanadi.
    Sug‘urta qoplamasi barcha kerakli hujjatlar rasmiylashtirilib bo‘lgandan keyin besh bank kuni mobaynida to‘lab beriladi. Aniqlangan sug‘urta qoplamasi xo‘jalikdan 29 shakldagi qishloq xo‘jalik statistik hisoboti olingach, 60 %, qolgan 40 % esa xo‘jalikning yillik hisoboti tasdiqlangach, to‘lab beriladi.

      1. Fermer xo‘jaligida soliq va soliq stavkasi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-oktabrdagi PF-2086- sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-dekabrdagi 539-sonli Qaroriga muvofiq, qishloq xo‘jalik korxonalarida yagona yer solig‘i to‘lovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarning budjet bilan hisob-kitob qilish mexanizmini belgilaydi.


    Yagona yer solig‘i amaldagi barcha umumdavlat soliqlarida (alkogolli mahsulotlarga aksiz solig‘idan tashqari) hamda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan quyidagi mahalliy soliqlar va yig‘imlarni to‘lash o‘rniga joriy etiladi:
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   122




    Download 1,43 Mb.