|
Respublikasi oliy va
|
bet | 85/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Respublikada quyidagi sug‘urta kompaniyalari mavjud:
«O‘zagrosug‘urta» DASK.
«Madad» SA.
«Kafolat» DSK.
«O‘zbekinvest» SA.
«Xususiy sug‘urta kompaniyalari».
«Chet el sug‘urta kompaniyalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 21-fevraldagi Farmoniga asosan Moliya vazirligi huzuridagi Davlat sug‘urta Bosh Boshqarmasi negizida
«O‘zagrosug‘urta» Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. Bu kompaniya qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarning manfaati uchun hamda qishloq xo‘jalik korxonalari va qishloq aholisi o‘rtasida quyidagi majburiy sug‘urta turlarini amalga oshiradi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish ishlarini o‘tkazish uchun avans tariqasida beriladigan va fyuchers kontraktlari bo‘yicha mablag‘larni qaytarish sug‘urtasi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilarning olgan avansi uchun garovga qo‘yilgan mol –mulk sug‘urtasi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilardan tashqari korxonalarning garovga qo‘yilgan mol-mulk sug‘urtasi.
Qishloq joylarida transport egalarining fuqarolik javobgarlik sug‘urtasi. Vazirlar Mahkamasining mazkur Qarori bilan kompaniyaga ixtiyoriy sug‘urta turlarini rivojlantirish topshirilgan. Bugungi kunda kompaniya fermer xo‘jaliklariga quyidagi ixtiyoriy sug‘urta turlarini taklif qilib, amalga
oshirmoqda:
Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jalik ekinlari hosilini ixtiyoriy sug‘urtalash.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini qayta ekishni ixtiyoriy sug‘urtalash.
Dehqon va fermer xo‘jaliklari chorva mollarining sug‘urtasi.
Dehqon va fermer xo‘jaliklari asosiy vositalarining sug‘urtasi.
Bog‘ va uzumzorlar hosili sug‘urtasi.
Fermer xo‘jaliklarining tabiiy pichanzorlari, yaylovlarining va tut daraxtlari barglari hosilining sug‘urtasi.
Pilla hosili sug‘urtasi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan jo‘natiladigan yuklarni sug‘urta qilish.
Dehqon, fermer va ijara xo‘jaliklarining mol-mulkini sug‘urta qilish.
Mashina-traktor parklari, muqobil mashina-traktor parklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer xo‘jaliklariga moliyaviy lizingga beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi (traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi)ni sug‘urtalash.
Fermer xo‘jaliklarining chorva mollarini oqsil (yashur) kasalligidan sug‘urta qilish.
Sug‘urta majburiy va ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
|
| |