|
Respublikasi oliy va
|
bet | 83/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1jadval. Moliyaviy natija. Ushbu jadvalni to‘ldirishda – mahsulotlarni sotishdan olingan daromad va xarajatlarning summasi 10-jadvaldan olinadi (biznes-rejani satr-010-5 ustun, 060-6 ustun) natijasi 070-5 ustuniga ma’muriy xarajatlar (090-6 ustun) qo‘yiladi. Qolgan bandlarda xo‘jalikning qo‘shimcha oladigan daromadi va xarajati bo‘lsa, to‘ldiriladi.
Biznes-rejada penya, jarima va noqonuniy to‘lovlar to‘lanishi rejalashtirilmaydi.
Biznes-rejani to‘ldirishda foydalanish uchun 1,2,3,4,5,6,7 va 8- ko‘rsatkichli jadvallar ilova qilinadi.
Fermer xo‘jaligida bank ishi va kreditdan foydalanish
Fermer xo‘jaligini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha kredit berish ikki turda amalga oshiriladi. Birinchidan, tijorat banklari tomonidan mikrokredit berish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 22-fevraldagi 464- sonli Qarori va Adliya vazirligining 2000-yil 29-fevraldagi 903 raqam bilan ro‘yxatga olingan «Tijorat banklari tomonidan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari va kichik biznesning boshqa subyektlarini milliy va chet el valutasida mikrokreditlash» Tartibi va unga kiritilgan 1-sonli o‘zgarishlar bilan amalga oshiriladi.
Mazkur Tartib tijorat banklari tomonidan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari va kichik biznesning boshqa subyektlariga mikrokreditlar berishni tartibga soladi. Tijorat banklari tomonidan mikrokreditlarni berish, qaytarish, to‘lash, ta’minlash, muddatli va maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.
Yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklariga va kichik biznesning boshqa subyektlariga beriladigan mikrokreditlar deganda, kredit beriladigan kundagi Respublika Markaziy banki kursi hisobida 10000 (o‘n ming) AQSH dollari ekvivalenti miqdoridan oshmaydigan hajmda milliy yoki chet el valutasida beriladigan kreditlar tushuniladi.
Tijorat banklari mikrokreditlarni qarz oluvchilarga shartnoma asosida 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beradilar. Kreditlar mijozning talab qilib olinguncha depozit hisob raqami joylashgan manzil bo‘yicha beriladi. Faqat dehqon va fermer xo‘jaliklariga mikrokreditlarning 50 foizgacha miqdorining aholidan chorva mollari, parranda, urug‘lik va ko‘chatlarni sotib olishiga, 1,5 yil(18 oy)gacha bo‘lgan muddatga qaytarish sharti bilan naqd pulda berilishiga ruxsat beriladi.
Mikrokreditlar qarz oluvchilarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
kichik (mini) uskunalarni xarid qilish;
fermer xo‘jaliklarida xususiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, qishloq xo‘jalik texnikasini sotib olish, inshootlarni qurish, urug‘lik, chorva mollari, yosh chorva mollari, parranda, yem-xashak va omuxta yem, veterinariya dori-darmonlari, kimyoviy vositalari va mineral o‘g‘itlarini sotib olish o‘simliklarni himoya qilish;
xomashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish;
mehnat qurollari, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar va yordamchi ashyolarni xarid qilish;
xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarish;
hunarmandchilikni rivojlantirish, uy mehnati (kasanachilik) ni tashkil qilish;
servis xizmati va maishiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish;
soliq to‘lashni rivojlantirish;
sayyohlik (turizm) sohasini rivojlantirish;
kichik ko‘lamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish.
Mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalarining miqdori qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga ko‘ra, kredit shartnomasi asosida, ammo Markaziy bank tomonidan rasman o‘rnatilgan qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Maxsus mikrokreditlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladigan mikrokreditlarda imtiyozli foiz stavkalarini belgilash tavsiya etiladi.
Mikrokreditlar olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mikrokredit olish uchun kredit buyurtmasi;
pul oqimi tahlili majburiy tarzda ko‘rsatilgan biznes-reja;
oxirgi hisobot sanasiga Davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) idorasi tomonidan tasdiqlangan buxgalterlik balansi (1-shakl), debitorlik va kreditorlik qarzi haqidagi ma’lumotnoma (2 a)- shakl), shuningdek, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalari haqida hisobot (2 shakl).
Olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo‘lishi kerak. Qarz oluvchi bankka quyidagi ta’minot turlarining birini taqdim etish huquqiga ega:
mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;
bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
uchinchi shaxsning kafilligi;
sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sug‘urta qilgani to‘g‘risidagi sug‘urta polyusi;
-fuqaro yig‘inlarining, mahalla, qishloq, ovul Kengashlari kafilligi.
Kreditlar mijozning talab qilib olinguncha depozit hisob raqami joylashgan manzil bo‘yicha beriladi. Kreditlar alohida ssuda hisob raqamini ochiq va ushbu hisob raqamidan qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida moddiy-tovar boyliklari uchun naqd pulsiz, ya’ni pul o‘tkazish yo‘li bilan yoki mikrokreditning 50 % foizigacha miqdorida naqd pul shaklida faqat dehqon va fermer xo‘jaliklariga, ular tomonidan taqdim etilgan pul cheklariga naqd pulda beriladi.
Naqd pulda beriladigan mikrokreditlar va ularga hisoblangan foizlar belgilangan tartibda naqd pulda qaytariladi.
Qaytarish muddatlari pul oqimining kelib tushish istiqboliga qarab, bir necha bosqichda qoplashni ko‘zda tutuvchi jadval shaklida taqdim etilishi mumkin.
Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchining pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, kredit muddati o‘tgan ssudalar hisob raqami orqali undirib olishga taqdim etiladi, u bo‘yicha muddatli majburiyatnomalar esa, 2 kartotekaga joylashtiriladi va kalendar navbati tartibida qaytariladi. Bunda foizlar kredit qarzlaridan oldin qaytariladi.
Tijorat banklari o‘z nizomlariga va valuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun ularga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyada berilgan huquqlarga muvofiq ravishda, mazkur tartib sanab o‘tilgan maqsadlarni amalga oshirish paytida, faqat o‘z ishlab chiqarish faoliyati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar,
xomashyo va butlovchi qismlarni import yo‘li bilan xarid qilishga chet el valutasida mikrokreditlar berishlari mumkin.
Chet el valutasidagi mikrokreditlar banklar bilan qarz oluvchilar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomalarida belgilanadigan tijorat shartlari asosida, naqd pulsiz shaklda beriladi.
Chet el valutasida berilgan kreditlar bo‘yicha foizlarning to‘lovi, to‘lov sanasidagi Markaziy banklarning kursi bo‘yicha milliy valutada amalga oshiriladi.
Asosiy qarzni to‘lashda hisob raqamida chet el valutasida mablag‘ mavjud bo‘lmagan taqdirda – to‘lov sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha milliy valuta to‘lanishi mumkin.
|
| |