• Shartnomaning mazmunida
  • Shartnomalarning huquq va majburiyatlari
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet76/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    Shartnomalarning kirish qismida:

    • shartnomaning to‘liq nomi (matni, har xil talqin qilmasligi uchun) va raqami;

    • imzo chekilgan yil, oy va kun, ya’ni tomonlarning imzo chekkan vaqti, eng muhimi shartnoma muddati, ya’ni uning kuchga kirgan vaqti va uning oxirgi muddati;

    • imzo chekilgan joy;

    • tomonlarning manzilgohlari, to‘liq nomlari, ularning huquqiy maqomi;

    • shartnomalar matnining qisqa va tushunarli bo‘lishi uchun taraflar nomlanishi zarur. Masalan, mahsulot yetkazib berish shartnomasida «Mahsulot yetkazib beruvchi» yoki «Sotib oluvchi», ijara shartnomasida «Ijaraga beruvchi» va «Ijaraga oluvchi» yoki shunga o‘xshash «Ta’minotchi»,

    «Iste’molchi», «Buyurtmachi» kabi boshqa nomlar aniq ko‘rsatilishi shart.
    Shartnomaning mazmunida uning maqsadi, umumiy summasi, miqdoriga ta’rif beriladi va ular o‘zaro kelishilgan holda ushbu bo‘limda batafsil aks ettiriladi.
    Shartnomaning mazmuni dehqon va fermer xo‘jaliklarining qanday turdagi mahsulot yetkazib berishi, sotishi, xizmatdan foydalanishi kabi yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda asosiy shartlar bilan birgalikda tomonlarning o‘zaro kelishuvlariga asosan, belgilangan shartlar ham aks ettirilishi, shuningdek, mahsulot yoki xizmat turining o‘lchov birliklarining to‘g‘ri qo‘yilishiga alohida e’tibor berilishi lozim.
    Shartnomalarning huquq va majburiyatlari qismida shartnoma shartlarini buzgan tomonga nisbatan qo‘llaniladigan choralar aks ettiriladi va ular tomonlarning o‘z majburiyatlarini belgilangan muddat va miqdorlarda bajarilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi.
    Shartnoma shartlarini buzganlik yoki muddatlarga rioya qilmaslik holatlari uchun javobgarlik «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy
    – huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonunning 25-32- moddalariga asosan, qo‘llaniladi. Aksariyat hollarda shartnoma shartlari buzilganda, shartnomani buzgan tomon ikkinchi tomonga jarima yoki penya to‘laydi.
    Ushbu Qonunning 25-moddasiga ko‘ra, tovarlarni yetkazib berish (xizmatlar ko‘rsatish) muddatlarini buzganlik uchun tovar yetkazib beruvchi
    (masalan, pudratchi fermer xo‘jaligi va boshqalar) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida, lekin uning 50 foizidan oshmagan miqdorida penya to‘laydi, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lashdan bosh tortganlik va to‘lov talabnomasini butunlay ikki qismini rad etganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) mahsulot yetkazib beruvchi(fermer, pudratchi)ga o‘zi to‘lashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15 foizi, lekin ushbu summaning 50 foizidan oshmaydigan miqdorida jarima to‘laydi.
    Mazkur Qonunda, shuningdek, «Qishloq xo‘jalik mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi to‘g‘risi»dagi Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa jarima choralarini fermer xo‘jaliklari rahbarlari yaxshi bilishlari va ularni tegishli korxona, tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarda o‘z haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida oqilona foydalanishlari lozim.
    Shartnomaning «Boshqa shartlar» bo‘limida – shartnomaning kuchga kirish vaqti avvaldan kelishilganligini inobatga olib, ushbu vaqt o‘zgarishi yoki boshqa ko‘zda tutilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda shartnomalarning bajarilishi qanday amalga oshirilishi kerakligi yoki shartnoma yuzasidan shartnomani bajarish davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarni hal qilish, shartnomani o‘zgartirish yoki uni bekor qilish shartlari va tartib, shartnoma asl nusxasininig miqdori va boshqalar ko‘rsatiladi.
    Shartnomaning imzolanishiga vakolat berilgan shaxsning to‘liq ismi, otasining ismi va familiyasi, taraflarning manzili, pochta, bank, rekvizitlari, aloqa usullari kabi muloqotlar aniq ko‘rsatilishi shart. Fermer xo‘jaligida kontraktatsiya shartnomalari Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrda
    «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlarning bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» 383-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorga binoan, «Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlash, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek, ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida Nizom» tayyorlandi va tasdiqlandi. Mazkur Nizomning amal qilishi fermer xo‘jaliklari bilan boshqa qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish, mexanizatsiya ishlarini bajaruvchi, xo‘jaliklarga servis, agrokimyo, agrotexnika xizmatlari va hokazo tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan
    kontratatsiya shartnomalarida o‘z ifodasini topadi.
    Kontraktatsiya shartnomalarida tayyorlovchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kelishilgan muddatlarda berish, xarid qiluvchi esa kelishilgan muddatlarda haq to‘lab ushbu mahsulotni sotib olish majburiyatini oladi.
    Moddiy-texnika resurslari tarkibiga kiruvchi ehtiyot qismlar, urug‘lik, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘it va boshqalarni yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnoma bo‘yicha yetkazib beruvchi tashkilot xo‘jalikka o‘zi ishlab chiqaradigan yoki xarid qiladigan moddiy- texnika resurslarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda foydalanish uchun kelishilgan muddatda yetkazib berish majburiyatini oladi. O‘z navbatida, xo‘jalik moddiy-texnika resurslarini qabul qilib olish va ular uchun belgilangan, ya’ni kelishilgan narxlar bo‘yicha haq to‘lash majburiyatlarini oladi.
    Belgilangan tartibda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ayrim turlarini davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish mavjud bo‘lgan taqdirda tayyorlov tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishni mablag‘ bilan ta’minlash to‘g‘risida shartnoma tuzadilar.
    Tuzilgan barcha turdagi shartnomalar qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin amalga oshirilishi belgilangan.
    Shartnomalarda, uni tuzish tartibi, ya’ni mavzusi, mahsulotning nomi, assortimenti miqdorining hajmi, sifati narxlarining turi va hisob-kitoblar tartibi va shakli hamda muddatlari shartnomaning umumiy summasi, tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, mahsulotni yetkazib berish tartibi va shartlari, topshirish, qabul qilib olish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) joylari va muddatlari (davlat), shartnomaning majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun tomonlarning mulkiy javobgarligi, shartnomalar bajarilishi monitoringini olib borish tartibi va yakuniy qoidalari aks ettiriladi.
    Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish yuzasidan tuziladigan kontraktatsiya shartnomalarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan hamda xo‘jaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlarning navi va miqdori ham ko‘rsatiladi.
    Yangi Nizomga muvofiq, shartnomalarni o‘z vaqtida tuzib, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchilarga yetkazib berish, tayyorlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga yuklatiladi va ularning javobgarligi oshiriladi. Ushbu korxonalarning vakillari shartnomalar tuzish uchun bevosita qishloq xo‘jaligi yetishtiruvchilar manziliga borishlari belgilab qo‘yilgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar va tayyorlovchi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish 7 ta bosqichda amalga oshiriladi:


        1. Download 1,43 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122




    Download 1,43 Mb.