|
Respublikasi oliy va
|
bet | 72/122 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #265621 |
Bog'liq Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1Bozor segmenti: tushuncha va omillari. Marketing tizimida iste’mol talabini o‘rganish bozor segmentini tatbiq qilish bilan chambarchas bog‘langan. Bozor segmenti deganda yagona bozor emas, balki alohida segmentlar yig‘indisi (iste’molchilar guruhi, bozorda mahsulotlarni sotish shoxobchalari) doirasida mahsulotlarni sotish tushuniladi.
Bozor segmenti iste’molchilar talabiga ko‘ra, bozor va ishlab chiqarishning bir - biriga mos ravishda rivoj topishidir.
Agar bozor hajmi kichik bo‘lsa, tabiiyki, bo‘linish natijasida shunday kichik segmentlar paydo bo‘ladiki, bozorga kirish uchun sarf qilingan xarajatlar o‘zini oqlamaydi va foyda ham keltirmaydi.
Bozor segmenti konsepsiyasi bozor strategiyasini qayta qurishni taqozo etadi. Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish siyosatidan xaridorlar talablarini qondirishga o‘tiladi.
Har bir tovar ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlarini muvaffaqiyatli va qulay sharoitda realizatsiya qilish uchun o‘ziga jalb etuvchi bozor segmentini topishi lozim. Bu yerda ketma-ket bosqichlardan iborat uch marketing bo‘lishi mumkin. Ommaviy marketing, tabaqalashgan tovar marketingi va maqsad marketingi.
Ommaviy marketingga iste’molchilar uchun umumiy bo‘lgan ishlab chiqarish, taqsimot va rag‘batlantirish xarakterlidir. Tabaqalashgan tovar
marketingida iste’molchilar xilma - xillik yaratish maqsadida sifat ko‘rsatkichlari va xarakteristikasi bilan bir - biridan farq qiladigan, kamida ikkita, aksariyat hollarda bir nechta mahsulot turlarini ishlab chiqarish amalga oshiriladi.
Fermer xo‘jaliklarida tovar va fond birjalaridan foydalanish yo‘llari
Qishloq xo‘jalik tovar birjasi – tijorat korxona bo‘lib, ulgurji savdo, iste’mol va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlarni erkin bahoda yetkazib beradi. Birja o‘z faoliyatini ochiq savdoda, ma’lum joyda, birja qoidasiga mos ravishda amalga oshiradi.
Birja faoliyati qonuniy, tashkiliy va iqtisodiy asosda olib boriladi.
|
| |