• Injinering va reinjinering bo‘yicha konsalting xizmati.
  • Reinjineringning asosiy vazifasi quyidagilar
  • Respublikasi oliy va




    Download 1,43 Mb.
    bet59/122
    Sana25.06.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #265621
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   122
    Bog'liq
    Fermer xo\'jaligi iqtisodiyoti1

    kadrlarni saralash. Bu yerda maslahatchilar berilgan ishni bajarish uchun kadrlarning professional tayyorgarligi, tajribasi, malakasi bo‘yicha saralash, bo‘lajak kadrlar bilan suhbatlar va muloqotlar o‘tkazishda maslahatlar beradilar;

  • ishchilarning malakasini oshirish. Kadrlarni o‘qitish va ularga ta’lim berishni taklif qilishda maslahatlar berish;

  • motivatsiya, ya’ni ishchilarni bir qator maqsadlarga erishishi bo‘yicha maslahatlar berish. Bu yerda maslahatchi, asosan, tashkilotda psixologik muhitni yaxshilash, ishchilarni mukofotlash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maslahatlar berish bilan shug‘ullanadilar.

    1. Injinering va reinjinering bo‘yicha konsalting xizmati. Injinering – turli fermer xo‘jaliklariga obyektlarni qurish va ishlatishda, ishlab chiqarish jarayonini ta’minlashda muhandislik ikki guruhga bo‘linadi: a) ishlab chiqarish jarayonini tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar; b) ishlab chiqarish jarayonining o‘zini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar.

    Reinjinering, odatda, muhim ko‘rsatkichlar bo‘lishi sifat, servis darajasi, moliya marketing va sotish, informatsion tizimlarni qurish kabi ko‘rsatkichlarni yaxshilash maqsadida biznesni qayta qurish va qayta ko‘rib chiqish tushuniladi. Bozorlarda texnologiyalarning doimiy o‘zgarishi fermerlar raqobatbar- doshligini saqlab qolish uchun ishlab chiqarishni turli yo‘nalishlarga o‘zgartirishga majbur qilmoqda. Shuning uchun, reinjinering ko‘pchilik
    korxonalarning doimiy elementi bo‘lib qolmoqda.
    Reinjineringning asosiy vazifasi quyidagilar: vazifalarni qo‘yish, fermerlik strategiyasidan kelib chiqqan holda maqsadlarini o‘rganish; fermer modelini tuzish; biznes jarayonlarini qayta loyihasi, samarali jarayonlarni qo‘llash, informatsion jarayonlarni va texnologiyalarni ishlatish, xodimlar ishida kerakli bo‘lgan o‘zgarishlar kiritish; informatsion tizimlarni tayyorlash; ish usullarini, biznes jarayonlarini o‘zgartirish va rivojlantirish.
    Reinjinering fermerning hamma asosiy sohalari bo‘lmish, marketing, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, kadrlar siyosati, ishlab chiqarishni rejalash va boshqa sohalardagi ish sifatini keskin oshirishda o‘z takliflarini beradi. Reinjinering, asosan, xarajatlarni kamaytirish va korxona samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan, yangi loyihalarni tuzish bo‘yicha yordam beradi.


    1. Download 1,43 Mb.
  • 1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   122




    Download 1,43 Mb.