• Og’ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar
  • Eshitish va nuqsonlari bor bolalar




    Download 0,61 Mb.
    bet3/4
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,61 Mb.
    #237519
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Shoimova Marvarid Ijtimoiy Pedagogika

    Eshitish va nuqsonlari bor bolalar

    Nutq – murakkab ruhiy faoldiyatdir. U ruhiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman, barkamol bo’lib o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bo’lib, atrofdagilarga taqlid etish yo’li bilan rivojlanib boradi. Og’zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizator bilan mahkam bog’langan holda ishlaydi. Eshituv analizatorining rivojlanishi esa ko’p jihatdan talaffuzga bog’liq. Bola nutqining o’sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muhimi o’z nutqi va atrofdagilar nutqidagi so’zlarning tuzilishi, tovush tarkibini farqlay bilish qobiliyati bilan ham harakterlanadi. So’z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega.

    Og’ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar

    Maxsus yordamga muhtoj anomal bolalarga og’ir nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar ham kiritiladi. Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning me’yoridan chetga chiqish deb ta’riflanadi. Nutq nuqsoni o’z – o’zidan barham topmaydi, balki vaqt o’tgan sari yanada mustahkamlanib, zo’rayib boradi. Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi. Nutq nuqsoniga ega bo’lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj bo’ladi. Og’ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga balki, umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatali.

    Hozirgi kunda nutq nuqsonlarining turli klassifikatsiyalari mavjud. Nutq nuqsonlari asosan 3 ta katta guruhga ajratiladi. Fonetika – fonetik xarakterli nuqsonlar, sistemali nutq buzilishlari va yozma nutq nuqsonlari. Fonetika – fonematik nuqsonlarga tovushlar talaffuzidagi nuqsonlar, ovoz nuqsonlari, nutq sur’ati, tempi, ritmi va ravonligidagi kamchiliklar, nutqni idrok etishni buzilish oqibatida sodir bo’lgan nuqsonlar kiritiladi.


    Ruhan sust rivojlangan bolalar

    Download 0,61 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eshitish va nuqsonlari bor bolalar

    Download 0,61 Mb.