• XULOSA
  • -jadval Kirish-chiqishini nazorat qilishda ikki omilli autentifikasiyalash




    Download 1,65 Mb.
    bet22/36
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,65 Mb.
    #233056
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
    Bog'liq
    amaliyot kundalik

    3-jadval Kirish-chiqishini nazorat qilishda ikki omilli autentifikasiyalash


    natijalari



    Algoritm

    Identifikasiyalash aniqligi

    Identifikasiyalash vaqti

    Haqiqiylik aniqligi

    Mavjud

    97,5%

    3,2 s.

    -

    Taklif etilgan

    98,8%

    2,8 s.

    97,5%



    XULOSA


    «Shaxsni biometrik identifikasiyalash tizimlarida soxta kiruvchi ma'lumotlarni aniqlash algoritmlari» mavzusida olib borilgan dissertasiya tadqiqotining asosiy natijalari quyidagilardan iborat:

    1. Yuz asosida biometrik tanib olishdagi yuzaga keladigan muammolar aniqlandi, mavjud usul va algoritmlari oʻrganilib, ularning yutuq va kamchiliklari aniqlandi. Aniqlangan muammolar hamda mavjud usul va algoritmlarni yutuq va kamchiliklari biometrik texnologiyalarni rivojlantirish imkonini berdi.

    2. Shaxsni biometrik identifikasiyalash yondashuvlari toʻliq tahlil qilindi va ularni oʻziga xos xususiyatlari aniqlandi. Ushbu yondashuvlarni umumiylashtirish koʻp bosqichli autentifikasiyalash yondashuvlarini ishlab chiqish imkonini berdi.

    3. Tasvir sifatini baholash, bosma qogʻozdagi artefaktlar xususiyatlari va tasvirda yorugʻlikni aks ettirishdagi farqlarini inobatga olib, soxta chop etilgan yuzlarni aniqlashni tekstura tahliliga asoslangan mavjud usul va algoritmlari tahlil qilindi va mavjud ma'lumotlar bazalari oʻrganildi. Tahlil natijasi asosida rang teksturalari tahliliga asoslangan soxta yuz tasvirlarini aniqlash usuli ishlab chiqildi va mavjud bazalarda sinovdan oʻtkazildi. Taklif etilgan usul yuz tasviri asosida identifikasiyalash tizimlariga uyushtiriladigan chop etilgan hujumlarni aniqlash imkonini berdi.

    4. Yuzdagi lokal harakatlarni aniqlashga asoslangan algoritmlar, videokadrlarning ketma-ketligi tahliliga asoslangan algoritmlar oʻrganildi va taxlil qilindi. Bunda kadrlar asosida olib borilgan tahlil natijalari har bir video oqimi uchun umumlashtirilishi va soxta hujumlarga qarshi choralar sifati vaqt boʻyicha baholash mumkin hamda soxta fotosuratlardan foydalangan holda kirishdan farqli ravishda harakatlanish xususiyatlarini aks ettirishi shartligi aniqlandi. Bu tizim ishonchliligini ta'minlash imkonini berdi.

    5. Yuz tasvirini geometrik normallashtirish algoritmi ishlab chiqildi. Bu

    tanib olish tizimlarida qoʻyiladigan talablarga toʻgʻri kelmasa yoki burilish burchagi katta boʻlganda berilgan tasvirni ixtiyoriy burchakka burish orqali qoʻyiladigan talablarga mos keluvchi xolatga keltirish imkonini berdi.

    1. Videokadrlarda muar va shu'lalarni paydo boʻlish omillari aniqlandi va ularni bartaraf etish algoritmlari tahlil qilindi. Mavjud ma'lumotlar bazalari va soxtalikni aniqlashda kanallari, tasvir sohalari, deskriptorlar ta'siri oʻrganildi. Tahlil natijasida soxta hujumlarni aniqlash moduli bilan ta'minlangan yuzni identifikasiyalash tizimi tuzilmasi ishlab chiqildi va videokadrlarda muar va shu'lalarni aniqlash yondashuvi taklif etildi. Kros ma'lumotlar bazalarida testlash natijalari esa tavsiya etilgan usul videoyozuv orqali soxta hujumlarni aniqlashda boshqa mavjud usullarga nisbatan yaxshi natijalarni berishini koʻrsatdi.

    2. Soxta hujumlarni aniqlashni chuqur neyron tarmoq arxitekturasi va uni oʻqitish asosida shaxsni identifikasiyalash modeli taklif etildi. Bu yuz tasviri orqali qilinadigan turli soxta hujumlarni aniqlash imkonini berdi.

    3. Mavjud va taklif etilgan usul va algoritmlar asosida dasturiy majmua ishlab chiqildi. Bu soxta va haqiqiy yuzlarni aniqlash boʻyicha tajribalarni oʻtkazish va amaliy masalalarni echish imkonini berdi.

    4. Soxa va haqiqiy yuz tasvirlaridan iborat ma'lumotlar bazasi shakllantirildi va ular ustida tajribaviy tadqiqotlar oʻtkazildi. Bu algoritmlar ishonchliligini baholash imkonini berdi.

    5. Dasturiy majmua mavjud va ishlab chiqilgan bazalarda toʻliq sinovdan oʻtkazildi. Olingan natijalar toʻliq keltirildi va tahlil qilindi. Tahlil natijalari dasturiy majmuani amaliy masalalarni echishda qoʻllash mumkinligini koʻrsatdi.

    Download 1,65 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




    Download 1,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Kirish-chiqishini nazorat qilishda ikki omilli autentifikasiyalash

    Download 1,65 Mb.