Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 1,55 Mb.
bet10/11
Sana20.12.2023
Hajmi1,55 Mb.
#124668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
DostonMI
ҒЎЗА НАВЛАРИНИНГ ТАВСИФИ, Зумрад ва киммат, Latifjonov Rasuljon Ehtimollik, 2-topshiriq, Daftar yuzi, 2023 yil, 028-029 -21 STRo‘ (4), 1702321034, Aziz 34, islomjon 34, Mb1 2, 1701961347 (1), oylik test, 5-Mavzu. Uch fazali tok zanjirlari Reja
Relyatsion modeli. Ma‘lumotlarning relyatsion modeli birinchi bor 1970 yilda ye.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma‘lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta‘minlash masalasini hal qilishga xizmat qiladi. Ma‘lumotlarning relyatsion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so‘zidan olingan. Ba‘zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishda tasvirlash mumkin. CHunki jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir. Real dunyo ob‘ektlari haqidagi ma‘lumotlarini EHM xotirasida saqlash va ular orasidagi aloqalarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini ye.F.Kodd isbotlab berdi. Masalan, «talaba» mazmunini saqlash uchun TALABA munosabatidan foydalaniladi. Bu mazmunning asosiy xususiyatlarini quyidagi jadvalning ustunlari tasvirlaydi:

Munosabat ustunlari atributlar (maydonlar) deb ataladi va ularga nomlar beriladi. Munosabat atributlarining nomlaridan iborat tuzilgan ro‘yxatga munosabatlar sxemasi deyiladi. Misoldagi TALABA munosabatining sxemasi quyidagicha yoziladi: TALABA = (Familiyasi I.O., Tug’ilgan sana, Bosqich, Mutaxassisligi) Ma‘lumotlarning relyatsion bazasi - bu o‘zaro bog‘langan munosabatlar to‘plamidir. Har qanday munosabat (jadval) kompyuterlarning xotirasida fayl ko‘rinishda joylashadi. Jadval hamma uchun qulay bo‘lishi bilan bir qatorda ma‘lumotlarni manipulyatsiya qilishning asosiy uch operatsiyasini bajarish birmuncha 11 noqulaylikni ham tug‘diradi, asosan tartiblash, guruhlash va daraxt ko‘rinishidagi parametrlar bilan ishlashda. Jadvalda ushbu uch operatsiya bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Bu esa ba‘zi bir operatsiyalarni bajarishda ma‘lum bir qiyinchiliklarga olib keladi. Masalan, ma‘lumotlarni bir parametr asosida tartiblash ikkinchi bir parametr bo‘yicha tartiblashni buzib yuborishi tufayli zarur ma‘lumotlarni izlab topish operatsiyasi bir parametr bo‘yicha osonlashsa, boshqalari bo‘yicha qiyinlashadi. Ma‘lumotlarning relyatsion bazasidagi munosabatlar ustida bajariladigan asosiy operatsiyalar sakkizta bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: -to‘plamlar ustidagi ananaviy operatsiyalar, ya‘ni to‘plamlarning birlashmasi (yig‘indisi), kesishmasi (ko‘paytmasi), to‘ldiruvchisi (ayirmasi), dekart ko‘paytmasi, bo‘lishmasi; -maxsus relyatsion operatsiyalar, ya‘ni proyeksiyalash, bog‘lanish (qo‘shilish), birlashtirish (ulab qo‘yish) va tanlash. Relyatsion MBBTda munosabatlar ustida operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan tillarni ikki sinfga ajratish mumkin: relyatsion algebra tili (RAT) va relyatsion hisob tili (RHT). RAT relyatsion algebraga (Kodd algebrasiga, -algebraga) asoslangan. Ma‘lum tartib munosabatlar ustida operatsiyalarni ketma-ket yozish asosida hohlagan natijaga erishish mumkin. SHuning uchun RATni protsedurali til deyishadi. RHT predikatlarni hisoblab chiqishning klassik usuliga asoslangan. Ular foydalanuvchilarga so‘rovlarni yozish uchun ma‘lum qoidalar to‘plamini beradi. Ushbu so‘rov asosida MBBT yangi munosabatlar hosil qilish yo‘li bilan avtomatik tarzda zarur natijani oladi. Shu sabab RHTga protseduralimas til deyishadi.

Download 1,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 1,55 Mb.