Таvsiya etiladigan adabiyotlar
1.
Йўлдошев Н.Қ., Назарова Ф.Х. Халқаро менежмент. – Т.:
Молиячи, 2014, 287 б.
2.
Медведев А.Г. Международный менеджмент: стратегические
решения в многонациональных компаниях. Учебник. СПб., 2014, 496
с.
3.
Helen Deresky Professor Emerita State University of New York-
Plattsburgh. International management. Managing Across Borders and
Culture Text and cases. Pearson education international, 2008. – 316 pp.
4.
Кузьмина Т.И. Международный менеджмент. Управление в
международных компаниях. – М., 2008. – 240 с.
5.
Ламбен. Ж.Ж., Чумпитас Р., Шулинг И. Менеджмент,
ориентирований на рынок. 2-е изд. /Пер. с англ. Под.ред. В.Б.
Копчанова. – СПб.: Питер, 2008. - 720 с.
6.
Nazarova G.G‘., Salixova N.M., Muxamedjanova G.A., Axmedov
I.A., Ismailova N.S. Xalqaromenejment. /prof. A. Sh. Bekmurodov tahriri
ostida (darslik), – Т.: TDIU, 2011-y. 191 bet.
7.
Пивоваров С.Э., Тарасевич Л.С. Международный менеджмент:
Учебник. 4-е изд. – СПб.: Питер, 2009. - 720 с.
234
XII bob. XALQARO BIZNESDA VALYUTA MUNOSABATLARI
12.1. Xalqaro moliya tashkilotlarining tasniflanishi va umumiy tavsifi
Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining tashkiliy
tuzilmasi o‘ziga ko‘plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan
ba’zilari ko‘pgina vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy
resurslarga ega bo‘lgan holda xalqaro valyuta-kredit va moliya
munosabatlarini tartibga solishda ishtirok etadi. Boshqalari esa
hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil etish hamda
valyuta-kredit va moliya siyosati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan
shug‘ullanadi.
Xalqaro moliya tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini
ta’minlash uchun moliya va valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish
maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro
tashkilotlarni ifodalaydi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga, asosan, jahon
xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro
moliya bozorlaridagi va jahon valyuta tizimidagi beqarorlikning
kuchayishi sabab bo‘ldi. Ular, asosan, Ikkinchi jahon urushidan keyin
tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valyuta-kredit va moliya
munosabatlari sohasidagi hamkorligini rivojlantirishda hamda ushbu
munosabatlarni davlatlararo darajada tartibga solishda muhim rol
o‘ynamoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi
Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda
ular faoliyatining kuchayish jarayoni Ikkinchi jahon urushidan so‘ng
mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970-yillardagi iqtisodiy
o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning
boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning
boshlanganligini qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda jahon
iqtisodiyotida
globallashuvning
kuchayishi
hamda
integratsion
jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Dunyodagi bir
qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy
munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj sezdilar va
buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan talab yanada ortib bordi.
Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisob-kitoblar banki,
235
Osiyo, Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va hokazolar
kiradi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining
barqarorligiga
erishishga
hamda
valyuta-moliya
sohasidagi
munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi. Eng avvalo,
bunga bo‘lgan zarurat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ko‘lamining
ortib borishi, shuningdek, ularning o‘zgaruvchan xususiyatga ega ekanligi
bilan izohlanadi. Shuningdek, ular mamlakatlar va davlatlar o‘rtasida
hamkorlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizmat qilishga ham
yo‘naltirilgan.
Bundan tashqari jahon xo‘jaligining muhim muammolari bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil etish hamda o‘rganish sohasida
xalqaro valyuta-moliya tashkilotlarning
ahamiyati ortib bormoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlarining
vujudga kelishiga va faoliyatining
rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir
ko‘rsatgan:
–
xo‘jalik hayoti baynalmilalla-
shuvining
kuchayishi,
shuningdek,
milliy
chegaralardan
tashqariga
chiquvchi transmilliy korporatsiyalar
va transmilliy banklarning tashkil topishi;
–
jahon xo‘jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga
solishga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi;
–
jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog‘ozlar
va oltin bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal
qilish zaruratining ortib borishi.
Xalqaro
valyuta-kredit
va
moliya
tashkilotlari
tomonidan
bajariladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:
1. Axborot funksiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xo‘jaligi rivojlanishining umumiy
tendensiyalari hamda biror bir davlatning iqtisodiy holati to‘g‘risida
ma’lumotlar olish mumkin bo‘lgan axborot markazi rolini bajaradi.
Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar,
yig‘ilishlar, tadqiqotlar natijalari bo‘yicha statistik materiallarni nashr etib
boradi.
2. Maslahatchi funksiyasi.
236
Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning hukumatlariga valyuta-
kredit va moliya siyosatini o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar berib boradi.
3. Tartibga solish funksiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya munosabatlarini tartibga
solish funksiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF to‘lov balansida
muammolarga ega bo‘lgan mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy yordam
ko‘rsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valyuta kursini bir maromda
saqlash uchun ham bir necha bor vaqtinchalik yordam ko‘rsatgan.
4. Bashorat qilish funksiyasi.
Xalqaro
moliya
tashkilotlari
milliy
va
jahon
iqtisodiyoti
rivojlanishining bashoratini amalga oshiradi.
Xalqaro moliya tashkilotlari universallik darajasi va maqsadlariga
bog‘liq holda jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan, mintaqaviy, shuningdek,
faoliyati jahon xo‘jaligining ma’lum bir sohasini qamrab oluvchi
tashkilotlarga ajratiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllarini tartibga
soluvchi xalqaro tashkilotlarni tashkil etish g‘oyasi 1929-1933-yillardagi
jahon iqtisodiy inqirozi ta’siri natijasida yuzaga keldi.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotini rivojlantirish
sohasidagi muayyan masalalarni hal etish uchun a’zo mamlakatlarning
moliyaviy resurslarini birlashtirish orqali tashkil etiladi. Ushbu masalalar
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
–
xalqaro savdoni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, jahon
iqtisodiyotini tartibga solish hamda barqarorlashtirish maqsadida xalqaro
valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar;
–
budjet taqchilligini moliyalashtirish va davlat loyihalarini amalga
oshirishga kreditlar – davlatlararo kreditlar;
–
xalqaro loyihalar (loyihada to‘g‘ridan to‘g‘ri, shuningdek, rezident
tijorat tashkiloti orqali ishtirok etuvchi bir nechta mamlakatlar
manfaatlariga daxldor bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va
investitsiya faoliyati;
–
xalqaro biznesga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga (masalan, infratuzilma
loyihalari, informatsion texnologiyalar sohasidagi loyihalar, transport va
kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va hokazo) ichki loyihalar
(bitta mamlakatning yoki rezidentning tijorat tashkiloti manfaatlariga
bevosita daxldor bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya
faoliyati;
–
fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va xayriya
faoliyati (xalqaro yordam dasturlarini moliyalashtirish).
237
Xalqaro moliya tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan holda
faoliyat yuritadi:
–
jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish
maqsadida jahon hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;
–
valyuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni
amalga oshirish;
–
jahon valyuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va
taktikasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
Xalqaro moliya tashkilotlarida qatnashish darajasi va alohida
mamlakatlarning ta’siri ularning kapitaldagi bo‘nagining miqdori bilan
aniqlanadi.
Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatining samaradorligi muayyan
darajada a’zo mamlakatlarning hukumati va davlat tashkilotlari bilan
bo‘ladigan o‘zaro munosabatga bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan, xalqaro
moliya tashkilotlarining investitsion faoliyati ko‘p hollarda yirik xalqaro
loyihalar bo‘yicha risklarni boshqarish va sug‘urtalashni amalga
oshiruvchi davlat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni talab etadi.
|