• Uzaytirilgan fond dasturi
  • Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi
  • Ekzogen shoklar dasturi
  • Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/148
    Sana16.09.2024
    Hajmi3,95 Mb.
    #271354
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   148
    Bog'liq
    150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

    Rezerv (Stand-By) kelishuvlari
    , asosan, qisqa muddatli to‘lov 
    balansi muammolarini bartaraf etishga mo‘ljallangan. XVFning eng yirik 
    kreditlari ham 
    mazkur kategoriyaga tegishlidir. 1997-yildaXVF 
    Qo‘shimcha rezerv dasturi
    ni amaliyotga joriy qildi. Mazkur dastur 
    kapital hisob raqami bilan bog‘liq inqirozlarni boshdan kechirayotgan 
    davlatlarga zudlik bilan juda qisqa muddatli kreditlarni ajratishni ko‘zda 
    tutadi.
    2. 
    Uzaytirilgan fond dasturi
    XVF tomonidan to‘lov balansi 
    qiyinchiliklariga yuz tutgan mamlakatlarga ko‘maklashish maqsadida 
    joriy qilingan bo‘lib, bunda muammolar qisman tuzilmaviy muammolar 
    bilan bog‘liq va uni bartaraf etish makroiqtisodiy nomuvofiqliklarga 
    nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi. 
    3. 
    Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi 
    asosida 
    XVF yillik foiz stavkasi 0,5 foiz va so‘ndirish muddati 10 yil bo‘lgan 
    kreditlarni o‘zining eng qashshoq a’zo davlatlariga taqdim etadi. 
    Ta’kidlash lozimki, XVF kreditlarining ko‘pchilik qismi shu kategoriyaga 
    mansubdir. 2005-yilda 
    Ekzogen shoklar dasturi 
    ishlab chiqilib 
    tasdiqlandi. Bu dastur asosida Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy 
    o‘sish dasturi orqali kredit olmaydigan sust rivojlangan davlatlarga 
    ularning nazorat doirasidan tashqarida bo‘lgan shoklar tufayli vujudga 
    keladigan to‘lov balansi muammolarini bartaraf etish uchun kreditlar 
    taqdim etiladi. 


    243 
    Hozirgi kunda XVF tomonidan turli xildagi kredit instrumentlari yoki 
    “mexanizmlari” ishlab chiqilgan bo‘lib ulardan a’zo mamlakatlardagi 
    mavjud turli holatlarni bartaraf etishda foydalaniladi.
    Kam daromadga ega bo‘lgan mamlakatlar kengaytirilgan kreditlash 
    mexanizmi, “stend-bay” kreditlash mexanizmi va tezlashtirilgan kreditlash 
    mexanizmi orqali imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha mablag‘ olishi 
    mumkin. Imtiyozsiz kreditlar, asosan, “stend-bay” krediti, egiluvchan 
    kredit liniyasi va kengaytirilgan kreditlash mexanizmi (asosan, uzoq 
    muddatli ehtiyojlar uchun qo‘laniladi) to‘g‘risidagi kelishuv orqali 
    beriladi. XVF, shuningdek, tabiiy ofat va urushdan keyingi qayta tiklashga 
    yordam berish uchun favqulodda yordam beradi. Barcha imtiyozsiz 
    mexanizmlar holatida Xalqaro Valyuta Fondining bozor bilan bog‘liq foiz 
    stavkasi amal qiladi. U “yig‘imlar stavkasi” deb ataladi hamda yirik 
    qarzlar bo‘yicha qo‘shimcha yig‘im undiriladi. Yig‘imlar stavkasi SDR 
    bo‘yicha foiz stavkasiga asoslangan bo‘lib, asosiy xalqaro pul 
    bozorlaridagi qisqa muddatli stavkalar o‘zgarishini hisobga olish uchun har 
    hafta ko‘rib chiqiladi.
    Kam daromadli mamlakatlar uchun yangi imtiyozli mexanizmlar 
    iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga 
    mo‘ljallangan Trast fondi doirasida 2010-yil yanvarda tashkil etildi. Fond 
    tomonidan moliyalashtirish sharoitlari birmuncha imtiyozli bo‘ldi, foiz 
    stavkasi esa har ikki-yildako‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Xalqaro Valyuta 
    Fondi tomonidan tuzilgan barcha mexanizmlar mamlakatlardagi 
    kambag‘allikni qisqartirish va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni 
    rag‘batlantirishga qaratilgan masalalarni hal etishga hamda makroiqtisodiy 
    barqarorlikka erishishga yo‘naltirilgan dasturlarni qo‘llab-quvvatlash 
    uchun mo‘ljallangan. 
    Kengaytirilgan kreditlash mexanizmi

    Download 3,95 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   148




    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment

    Download 3,95 Mb.
    Pdf ko'rish