246
Jahon banki BMTning ixtisoslashtirilgan moliya instituti sifatida
strategik vazifalarni bajarish uchun eng qulay vositachi sifatida xizmat
qilishga
mo‘ljallangandir,
ya’ni barcha a’zo mamlakatlarning
iqtisodiyotini jahon xo‘jaligi tizimi asosiy markazlari
bilan integratsiya
qilishdir.
“Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
(International Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro
rivojlanish assotsiatsiyasini (International Development Association)
qamrab oladi. “Jahon banki guruhi” atamasi esa 5 ta tashkilotni, xususan,
XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Financial
Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama
agentlik (Multilateral Investment Guarantee Agency), Xalqaro investitsion
bahslarni tartibga solish markazini (International Center for Settlement of
Investment Disputes) o‘z
ichiga oladi
59
.
Jahon bankining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
–
rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiya faoliyati;
–
iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahat va tahliliy faoliyat;
–
amalga oshiriladigan dasturlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar tarkibi
va tuzilmasini muntazam to‘g‘rilab borish;
–
boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasida
resurslarni taqsimlashda
vositachilik qilish.
Har uch-yilda Jahon banki guruhi tomonidan “Jahon banki guruhi
faoliyatining strategiyasi” nomli hujjat ishlab chiqiladi, ushbu hujjatdan
mamlakatlar bilan bo‘ladigan hamkorlikda foydalaniladi.
Strategiyaga
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
xususiyatlari
va
kambag‘allik
muammolarini hal qilish bo‘yicha dastur hamda loyihalar kiritiladi.
O‘zining faoliyati bo‘yicha Jahon banki ma’lum tamoyillarga amal
qiladi, jumladan:
–
rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishiga yordam
beruvchi samarali kapital qo‘yilmalar uchun resurslar ajratish;
–
resurslar qaytishi ehtimolligi darajasini hisobga olgan holda
iqtisodiy mulohazalardan kelib chiqib investitsion qarorlar qabul qilish;
–
bitta ishtirokchi mamlakat doirasida
berilgan resurslarni
ishlatishga cheklovlarning mavjud emasligi;
–
xodimlar
faoliyatining
boshqa
subyektlarga,
jumladan,
mamlakatlar hukumatiga emas, balki faqatgina bank manfaatlariga
yo‘naltirilganligi.
59
www.worldbankgroup.org
247
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Jahon
banki tashkilotlari guruhi
dunyodagi yirik moliyaviy mablag‘lar manbalaridan biri bo‘lib
hisoblanadi.
U o‘zining moliyaviy resurlarini kambag‘al mamlakatlardagi
kambag‘allik
darajasini
pasaytirish
hamda
iqtisodiy
o‘sishni
jadallashtirish, shuningdek, hayot sifatini yaxshilashga sarflaydi.
Yuqorida
qayd
etilgan
tashkilotlarning
faoliyatini
quyidagi
ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz.