261
sifatida harakat qilish. Bulardan kelib chiqqan holda XHKB quyidagi
operatsiyalarni bajaradi:
–
oltin oldi-sotdisi va saqlanishi;
–
markaziy banklar bilan depozit-ssuda
operatsiyalari;
–
alohida bitimlar bo‘yicha hukumat ulushlarni qabul qilish;
–
valyuta va qimmatbaho qog‘ozlar bilan (aksiyalardan tashqari)
operatsiyalar;
–
markaziy banklarning muxbiri yoki agenti sifatida jahon (valyuta,
kredit, qimmatbaho qog‘ozlar, oltin) bozorlarida operatsiyalar;
–
o‘zaro xalqaro hisob-kitoblarga ko‘mak berish maqsadida markaziy
banklar bilan bitimlar tuzish.
XHKB resurslarining asosiy manbai –
markaziy banklarning xorij
valyutasida yoki oltindagi qisqa muddatli (3 oygacha) omonatlari. Ular
bo‘yicha foizlar to‘lash uchun bank ularni bozor sharoitlarida boshqa
markaziy banklarga, xalqaro tashkilotlarga joylashtiradi. XHKBining
asosiy aktiv operatsiyasi bo‘lib markaziy
banklarga xorij valyutasida
kreditlar berishdir.