268
–
xalqaro loyihalar (loyihada to‘g‘ridan to‘g‘ri, shuningdek, rezident
tijorat tashkiloti orqali ishtirok etuvchi bir nechta mamlakatlar
manfaatlariga daxldor bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va
investitsiya faoliyati;
–
xalqaro biznesga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga (masalan, infratuzilma
loyihalari, informatsion texnologiyalar sohasidagi loyihalar, transport va
kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va hokazolar) ichki loyihalar
(bitta mamlakatning yoki rezidentning tijorat tashkiloti manfaatlariga
bevosita daxldor bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya
faoliyati;
–
fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va xayriya
faoliyati (xalqaro yordam dasturlarini moliyalashtirish).
Xalqaro moliya tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan holda
faoliyat yuritadi:
–
jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish
maqsadida jahon hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;
–
valyuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni
amalga oshirish;
–
jahon valyuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va
taktikasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
Xalqaro moliya tashkilotlarida qatnashish darajasi va alohida
mamlakatlarning ta’siri ularning kapitaldagi bo‘nagining miqdori bilan
aniqlanadi.