271
GATT
– Savdo va tariflar bo‘yicha Bosh kelishuv – tashqi savdo
operatsiyalarini o‘tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi
bo‘lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo‘yicha
xalqaro akt.
Global moliyaviy-iqtisodiy bozor –
jahon mamlakatlari o‘rtasidagi
moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni yagona xo‘jalik tarzida amal qilishiga
asoslangan munosabatlar.
Deflyatsiya
– inflyatsiya davrida muomaladagi qog‘oz pulni
kamaytirish. Davlat tomonidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga
qaratilgan moliya va pul-kredit tadbirlarini qo‘llash orqali amalga
oshiriladi.
Diversifikatsiya
– (lotinchadan diversus - har xil va facere - qilmoq,
bajarmoq)
–
ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va
xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va
korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar
assortimentlarini ko‘paytirish.
Dividend
– aksionerlik jamiyati sof foydasidan aktsiya egalariga
to‘lanadigan qismi bo‘lib, u aksionerlarga naqd pul yoki aktsiyalar bilan
to‘lanadi.
Yevro
– universal Yevropa hisob-kitob-to‘lov birligi bo‘lib, YIga a’zo
mamlakatlar hududida EKYu o‘rniga joriy etilgan.
Jahon bahosi
– talab va taklif egri chiziqlari ta’sirini hisobga olgan
holda milliy narx ko‘rsatkichlari ta’sirida xalqaro savdo markazlarida hosil
bo‘ladi.
Jahon bozori
–
moddiylashtirilgan va moddiylashtirilmagan
ko‘rinishidagi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash
va iste’mol bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi XIM subyektlari (milliy va
hududiy iqtisodiyotlar, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar)ning o‘zaro
iqtisodiy ta’sirlashish global muhitidir.