272
Iqtisodiy va ijtimoiy kengash
(EKOSOS) –
BMTning asosiy
boshqaruv organlaridan biri bo‘lib, uning XIM sohasidagi faoliyatini
muvofiqlashtirib turadi.
Iqtisodiy integratsiya
– hududiy miqyosda
sifat jihatdan yangi
iqtisodiy muhitni yaratish yo‘li orqali milliy xo‘jalik komplekslarini o‘zaro
yaqinlashish va bir-biriga kirib borishi jarayoni.
Ishbilarmonlik etikasi
– firmalarning bir-biri va jamiyat bilan o‘zaro
munosabatlar olib borishning turli ma’naviy jihatlarini o‘rganuvchi
izlanish sohasi.
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi
– mamlakat iqtisodiyotining
xalqaro
savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o‘z o‘rni va mavqeyini
saqlab qolish va kengaytira olish, jahon
talablariga javob beradigan
mahsulotlar ishlab chiqara olish layoqati.
Iqtisodiyotning real sektori
iqtisodiyotning bevosita moddiy
ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq
sohasi
bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish,
transport, aloqa
tarmoqlarini oladi.
Iqtisodiy o‘sish –
real yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining yoki
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real yalpi
ichki mahsulotning oldingi
yilga nisbatan o‘sishi.
Import
– mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun xorij mollarini,
kapitali, texnologiyasini va xizmatlarni olib kelish. Import xalqaro mehnat
taqsimoti natijasidir. U vaqtni tejashga,
iqtisodiyot, aholi ehtiyojini
qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga ko‘maklashadi.