273
Inqirozga qarshi mo‘ljallangan choralar dasturi
O‘zbekiston
Respublikasi hukumati tomonidan 2009-2012-yillarga mo‘ljallanib,
inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi bo‘lib, mazkur dasturda
talabni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va
barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlovchi chora– Тabdirlar
majmui o‘z aksini topgan.
Innovatsion texnologiyalar –
iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish
bosqichlarida qo‘llaniluvchi usul va vositalar majmui bo‘lib, o‘z ichiga
joriy etish, trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini
oladi.
Innovatsiya jarayoni
– yangilik g‘oyasini rivojlantirishdan uning
pirovard iste’molchi tomonidan iste’mol qilinishigacha bo‘lgan mantiqiy
izchillikda harakatlanuvchi jarayon.
Inflatsiya –
pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy
valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o‘sishi.
Infratuzilma
– tovar ishlab chiqarish shartlarini ta’minlovchi ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari kompleksi: yo‘llar, aloqa,
transport, maorif, sog‘liqni saqlash.