267
–
hududiy savdoning rivojlanishiga olib keluvchi iqtisodiy rejalarni
tartibga solishda ishtirok etish;
–
tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash
va bajarishga texnik yordam berish;
–
a’zo mamlakatlarning tashqi savdosiga va iqtisodiy rivojlanishiga
yordam berish.
OTB ustaviga binoan bank tizimiga bir nechta maxsus fondlar kiradi:
–
Imtiyozli shartlarda uzoq muddatli kreditlash maxsus fondi;
–
Osiyo rivojlanish fondi;
–
Texnika yordami maxsus fondi.
Bank operatsiyalari ikki asosiy manbadan: oddiy kapital mablag‘lari
va maxsus mablag‘lardan moliyalashtiriladi.
Oddiy kapital mablag‘lari Osiyo Taraqqiyot bankiga a’zo
mamlakatlarning kapital ulushlarini to‘lashlaridan va investitsiyalardan
keladigan daromad hisobiga shakllanadi.
Maxsus mablag‘lar a’zo rivojlangan mamlakatlar badallari, maxsus
fondlar, ssudalar va investitsiyalardan daromadlar, shunindek, Osiyo
Taraqqiyot banki kengashi maxsus qaroriga binoan oddiy kapital
mablag‘larini o‘tkazish summalari ko‘rinishida shakllanadi.
Osiyo Taraqqiyot banki Maxsus mablag‘lari katta bo‘lmagan va
kambag‘al a’zo mamlakatlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida
imtiyozli ssudalar shaxobchalarini tashkil etgan.
Osiyo Taraqqiyot banki barcha sharoitlar bo‘yicha puxta tahlil
o‘tkazgandan keyin kredit beradi. Bu holat bank zaxiralari va likvidligini
saqlashga, sof daromadni doimiy oshirishga, qarzdorlarning kreditga
qobiliyatliligi monitoringini o‘tkazishga imkon yaratadi.