264
Britaniya va Yaponiya – 8,5 %dan. Nizom kapitalining o‘lchami har 5-
yildabir marta ko‘rib chiqiladi
68
.
YTTB o‘z faoliyati davomida xo‘jalik yuritishning bozor usullariga
o‘tayotgan davlat va xususiy sektor korxonalariga nisbatan
operatsiyalarning quyidagi shakllaridan foydalanadi:
1) ishlab chiqarishni rivojlantirishga kredit berish (qo‘shma
moliyalashtirishni qo‘shgan holda);
2) kapitalga investitsiya kiritish;
3) qimmatbaho qog‘ozlarni kafolatlangan shaklda joylashtirish;
4) kafolatlar berish va ko‘mak berishning boshqa shakllari yordamida
kapital bozoriga kirishni yengillashtirish;
5) foydalanishni belgilovchi bitimlarga muvofiq ravishda maxsus
fondlar resurslarini joylashtirish;
6) qarzlar berish (qo‘shma moliyalashtirishni qo‘shgan holda) va
infratuzilmani tiklash va rivojlantirish uchun texnik yordam ko‘rsatish
(shu jumladan, tabiatni muhofaza qilish dasturlari uchun).
YTTB eksport kreditlar bo‘yicha kafolatlar bermaydi va sug‘urtalash
bilan shug‘ullanmaydi.
Shuningdek, YTTB quyidagi faoliyat turlarini moliyalashtirmaydi:
1.
Mudofaa sanoati.
2.
Tamaki sanoati.
3.
Xalqaro huquqiy me’yorlarda taqiqlangan vositalarni ishlab
chiqarish.
4.
Qimor biznesi.
5.
Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlar va
jarayonlar.
YTTB kredit-moliya siyosatining muhim yo‘nalishlaridan moliyaviy
sektor, energetika, telekommunikatsiya infratuzilmasi, transport va
agrobiznesni ajratib ko‘rsatish mumkin. Alohida holda xususiylashtirish
sohasi ham muhim o‘rin egallaydi.
Hozirgi kunda YTTB kredit liniyalaridan dunyodagi ko‘pchilik
mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini rivojlantirishda foydalanib kelmoqda.
Ushbu tashkilot tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar jahon iqtisodiy
holatining yaxshilanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda.