Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/148
Sana16.09.2024
Hajmi3,95 Mb.
#271354
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   148
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

Yevropa rivojlanish fondi
(YRF, 1958-yilda tashkil qilingan) 
Yevropa Ittifoqining rivojlanayotgan mamlakatlar bilan munosabatlari 
bo‘yicha jamoa siyosatini o‘tkazish hamda ushbu mamlakatlarni 
rivojlantirishga 
yordam 
berishda 
ikki 
tomonlama 
dasturlarni 
muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
YRF 5 yilga uyushma haqidagi navbatdagi konvensiyaga obuna 
paytida “Umumiy bozor” mamlakatlari badallari hisobiga shakllanadi. 
Ikkinchi Lomey konvensiyasiga (1981-1985-yillar) muvofiq, uning hajmi 
4,5 mlrd EKYu deb belgilangan; uchinchi konvensiya bilan (1986-1990-
yillar) 8 mlrd. EKYu atrofida. YRF Konvensiyada belgilangan aniq bir 
davrga har bir mamlakatni kreditlash yo‘nalishlariga muvofiq ravishda 
rivojlanishning aniq obyektlariga hamda qishloq xo‘jaligi va mineral 
xomashyo eksportidagi yo‘qotishlarning kompensatsiyasiga kreditlar 
beradi. 
Yevropa qishloq xo‘jaligini kafolatlash va yo‘naltirish fondi 
(YQXKY) 1969-yilda umumiy agrar bozor barpo etish hamda 
rivojlantirishga yordam berish maqsadida (“Yashil Yevropa”) tuzilgan. 
Yevropa qishloq xo‘jaligini kafolatlash va yo‘naltirish fondi 
(YQXKY) qishloq xo‘jaligining integratsiya jarayoniga qo‘shilishi qishloq 
xo‘jaligida kapitalning sanoatdagi kabi to‘planishi, ishlab chiqarishni 
birlashtirish va ixtisoslashtirish, qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish uchun 
maxsus davlat fondi barpo etishni talab qilib qo‘ydi va bu qayta ishlab 
chiqarishning qarama-qarshiliklarini birmuncha tekislashga xizmat qiladi.
Uning resurslari manbayi bo‘lib, 70 %i faqat hamkorlikdagi qishloq 
xo‘jaligi siyosatini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan Yevropa 
Ittifoqining umumiy budjeti xizmat qiladi. Bu mexanizmga muvofiq fond 
67
Lavrushin I.O. Dengi, kredit, banki. Moskva, «FINANSI I STATISTIKA», 2002. 2-izd. 


259 
resurslarining 
shakllanishi 
Yevropa 
Ittifoqi 
budjeti 
daromadlari 
to‘planishining tamoyillariga o‘xshab ketadi. Bunda kompensatsiya 
yig‘imlari, bojxona haqi, 1 % qo‘shilgan qiymat solig‘i ajratiladi. Fondga 
Yevropa Ittifoqida belgilangan mahsulotlarning kafolatlangan (himoya) 
baholari va jahon narxlari o‘rtasidagi farq bilan aniqlanadigan qishloq 
xo‘jalik mahsulotlari importchilaridan badal yig‘imlari kelib tushadi. 
Kafolatlangan baholar Yevropa Ittifoqi idoralari tomonidan eksport 
qilinadigan yoki to‘planadigan ortiqcha mahsulotlarni sotib olishda 
ishlatiladi. Shuning uchun fond qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
eksportchilarining saqlash, qayta ishlash va sotish bo‘yicha sarf-
xarajatlarini qoplaydi. Fond hisobiga eksportchilar ichki va jahon narxlari 
o‘rtasidagi farq o‘lchamida subsidiyalar olishadi. Natijada fond qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari importchilaridan kattagina mablag‘ni jalb qiladi va 
uning asosiy resurlarini bu mahsulotni uchinchi mamlakatlarga olib 
chiqish uchun subsidiyalash tartibida eksportchi-mamlakatlar oladi. 
Shuning uchun ham fond mablag‘larining shakllanishi va taqsimoti 
muammosi a’zo mamlakatlar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Yevropa 
Iqtisodiy integratsiyasidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 
subsidiyalashga qarshi chiquvchi AQSh o‘rtasida nizolar keltirib 
chiqaradi. 
Mablag‘larning maqsadli ishlatilishiga muvofiq, fond mablag‘lari 2 
asosiy tomonga bo‘linadi: fondning 90 % mablag‘lari – kafolat fondlari 
1962-yilda kiritilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yagona bahosini 
qo‘llash uchun foydalaniladi va shuningdek, AQShdan keyin ikkinchi 
o‘rindagi Yevropa Ittifoqining agrar mahsulotlari eksportini subsidiyalash 
uchun ishlatiladi. Fondning 75 % mablag‘i sut mahsulotlari, shakar va don 
bozorlarining barqarorligini qo‘llab turish uchun ishlatiladi. Yo‘nalishlar 
fondi esa xo‘jaliklarni yiriklashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini 
rag‘batlantirish, agrar tuzilmalarni o‘zgartirish, ya’ni agrar-sanoat 
kompleksni qurish maqsadida xizmat qiladi.
Yevropa mintaqaviy rivojlanish fondi (YMRF) 1975-yilda a’zo 
mamlakatlarda mintaqaviy nomutanosibliklarni tenglashtirish bo‘yicha 
chora-tadbirlarni kreditlash uchun Yevropa Ittifoqi qo‘shma budjeti 
mablag‘lari hisobiga ta’sis etilgan. Taraqqiy etgan 25 tumanlarga 
qaraganda hayot darajasi 2,5 marta past 25 ta kambag‘al tumanlarni o‘z 
ichiga oladi.
1973-yilda tuzilgan Yevropa valyuta hamkorligi fondi (YVXF) 1994-
yilda (Frankfurt – Maynda) Yevropa valyuta institutiga o‘zgartirildi. Bu 
milliy tashkilot o‘z tarkibiga 12 ta markaziy banklarni birlashtirish, ushbu 


260 
banklar pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirishni amalga oshirish hamda 
Yevropa Markaziy banklarini yagona valyuta tizimini barpo qilishga 
yordam berishni maqsad qilgan. Shu bilan birgalikda, u mintaqaviy 
davlatlararo valyutaviy tartibga solish uchun ham mo‘ljallangandir. 
Yevropa valyuta instituti a’zo mamlakatlarga to‘lov balanslari 
kamomadini qoplash uchun kreditlar berish va EKYuni emissiya qilish 
funksiyalarini bajargan. 1998-yil iyuldan Yevropa valyuta instituti yevroni 
muomalaga chiqaruvchi Yevropa Markaziy bankiga o‘zgartirildi. 1999-
yildan o‘z ichiga, yevroga o‘tgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari markaziy 
banklari hamda Yevropa Markaziy bankini olgan. Yevropa Markaziy 
banklari tizimi amal qila boshladi. 
Xalqaro moliya tashkilotlari ichida Bazeldagi 

Download 3,95 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   148




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment

Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish