254
Qayta sug‘urtalash va birgalashib sug‘urtalashda ushbu chegara sezilarli
darajada ortiq bo‘lishi mumkin
65
.
Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarda yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan notijorat risklar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
–
milliy valyutaning erkin ayirboshlashni to‘xtatish va bu bilan
bog‘liq investor mamlakatiga daromadlarni o‘tkazish bilan bo‘ladigan
muammolar;
–
investor mulkining barbod bo‘lishi;
–
harbiy harakatlar;
–
to‘ntarishlar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o‘zgarishi;
–
hukumat qarori natijasida shartnomaning bajarilmay qolishi.
O‘z oldiga qo‘ygan maqsadni amalga oshirish uchun IKKA yuqorida
keltirilgan notijorat risklarga kafolatlarnigina emas, balki rivojlanayotgan
a’zo mamlakatlarning hukumat organlariga siyosatni ishlab chiqish va
amalga oshirishga nisbatan dastur va tartib yuzasidan maslahatlar beradi
hamda xorij investorlarini qo‘llab-quvvatlaydi.