Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/148
Sana16.09.2024
Hajmi3,95 Mb.
#271354
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   148
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz 
(ing. 
ICSID – International Centre for Settlement of Investment Disputes) – 
yuqorida ko‘rib o‘tgan tashkilotlarimizdek Jahon banki guruhiga kiruvchi 
mustaqil xalqaro tashkilot bo‘lishi bilan bir qatorda BMTning maxsus 
tashkiloti hisoblanadi. Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro 
markazning maqsadi bo‘lib, xalqaro investitsion bahslarni hal qilish va 
tomonlarni o‘zaro murosaga keltirish uchun huquqiy imkoniyatlarni 
ta’minlash hisoblanadi. Markaz xususiy investitsiyalar yo‘lidagi tashqi 
iqtisodiy to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan hamda davlatlar va xususiy 
investorlar o‘rtasidagi bahslarni hal qiluvchi xalqaro mustaqil arbitraj 
tashkiloti sifatida qaraladi. 
Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz, davlatlar va 
boshqa davlatlarning fuqarolari o‘rtasidagi investitsion bahslarni hal qilish 
bo‘yicha konvensiyaga (Vashington konvensiyasi) muvofiq tashkil 
qilingan. Ushbu konvensiya Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha 
xalqaro markazning haq-huquqlari, tashkiliy tuzilmasi va asosiy 
vazifalarini belgilab berdi. Konvensiya 1965-yil 18-martda imzolangan va 
1966-yil 14-oktyabrdan kuchga kirgan. Hozirgi kunda Investitsion 
bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markazning a’zolari bo‘lib, 146 ta 
mamlakat hisoblanadi
66
.
65
http://www.miga.org/about 
66
ttp://icsid.worldbank.org/ 


255 
Konvensiya bahslarni hal qilishning ikkita asosiy yo‘lini ko‘rib 
chiqadi: tomonlarni murosaga keltirish va arbitraj ishlab chiqish. Bularga 
muvofiq konvensiyada ishlarni qo‘zg‘ash, tomonlarni murosaga keltirish 
masalasi bo‘yicha ish ko‘rish uchun va arbitraj o‘tkazish tartib-qoidalar 
keltirilgan. Markazda tomonlarga xizmat ko‘rsatish ixtiyoriy ravishda va
to‘lov evaziga amalga oshiriladi. To‘lovlar miqdori bosh kotib tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Hozirgi 
paytda 
ko‘pgina 
shartnomalar, 
xususan, 
transchegaraviy investitsiyalar doirasida tuzilgan shartnomalar investitsion 
bahslarni yuzaga kelish holatini hal qiluvchi sifatida Investitsion bahslarni 
hal qilish bo‘yicha xalqaro markazda izohdan o‘tkaziladi. 

Download 3,95 Mb.
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   148




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Investitsion bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz

Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish