Xalqaro Valyuta Fondining maqsadi va faoliyatining mohiyati




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/148
Sana16.09.2024
Hajmi3,95 Mb.
#271354
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   148
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

12.2. Xalqaro Valyuta Fondining maqsadi va faoliyatining mohiyati 
 
Xalqaro Valyuta fondi – XVF (ing. International Monetary Fund, 
IMF) –Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) ixtisoslashgan 
tashkilotlaridan bo‘lib, shtab-kvartirasi AQShning Vashington shahrida 
joylashgan. 1944-yil 22-iyulda BMTning valyuta-moliya masalalari 
bo‘yicha Bretton-Vudsdagi konferensiyasida XVF bitimining asosi ishlab 
chiqildi. XVF tashkil topgan rasmiy sana 1945-yil 27-dekabr bo‘lib, 
bunda bitimning oxirgi varianti 29 ta davlat tomonidan imzolandi. XVF 
o‘z faoliyatini 1947-yil 1-martdan 
Bretton-Vuds tizimining bir qismi 
sifatida boshladi. Shu yili Fransiya 
birinchi kreditni oldi. Hozirgi 
kunda 
XVF 
186 
davlatni 
birlashtirib, uning tuzilmasida 133 
mamlakatdan 
2500 
mutaxassis 
ishlaydi.
 
XVF a’zo davlatlar o‘rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga 
solish va ularga to‘lov balansining kamomadi bilan bog‘liq valyutaviy 
qiyinchiliklar paytida xorij valyutasida qisqa va o‘rta muddatli kreditlar 


238 
berish yo‘li bilan moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan 
hukumatlararo tashkilotdir. 
XVF Kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq, uning 
maqsadlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
– xalqaro valyutaviy muammolarni bartaraf etish borasida maslahatlar 
va hamjihatlik mexanizmini ta’minlovchi doimiy institut orqali xalqaro 
valyutaviy hamkorlikni rag‘batlantirish; 
– xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o‘sishini qo‘llab-
quvvatlash va shu orqali bandlik va real daromadlarning yetarlicha yuqori 
darajasini ushlab turish va iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida 
barcha a’zo davlatlar resurslarining samaradorligini oshirishga hissa 
qo‘shish; 
– a’zo davlatlar o‘rtasida joriy bitimlarga doir ko‘p tomonlama 
to‘lovlar tizimini tashkil etish va jahon savdosi rivojlanishiga to‘sqinlik 
qiluvchi 
valyuta 
ayirboshlashdagi 
cheklovlarni 
bekor 
qilishga 
ko‘maklashish;
– a’zolarning umumiy resurslari hisobidan yetarlicha xavfsiz asosda 
mablag‘ bilan ta’minlash orqali ularning ishonchini qozonish va shuning 
asosida ularga to‘lov balansidagi nomuvofiqliklar(tartibsizliklar)ni milliy 
yoki xalqaro taraqqiyotga g‘ov bo‘ladigan chora-tadbirlarsiz to‘g‘rilash 
imkonini berish; 
– yuqoridagilarga muvofiq a’zo davlatlarning xalqaro to‘lovlar 
balanslaridagi 
nomuvofiqlik(muvozanatsizlik)larning 
davomiyligini 
qisqartirish va uning darajasini pasaytirish. 
XVFni tashkil etish mobaynida qat’iy belgilangan paritet tizimining 
tamoyillari shakllantirilgan bo‘lib, ularga valyutalarning oltin paritetiga 
muvofiq tarzda ularning rasmiy almashuv kursini o‘rnatish, a’zo 
mamlakatlar tomonidan almashuv kurslarining valyuta yo‘lakchasi (1945-
1971-yillarda – 
1

%, 1971-1973-yillarda – 
25
,
2

%) doirasida 
bo‘lishini ta’minlanishi, oltinning jahon puli funksiyasini saqlanishi bilan 
birga, AQSh dollariga ushbu funksiyani bajaruvchi valyuta maqomining 
berilishi kabilarni kiritish mumkin.
Bretton-Vuds tizimi tanazzulga uchragach, majburiy valyuta 
yo‘lakchalari bekor qilindi va valyuta kursining erkin suzish tizimiga 
o‘tildi. Shuningdek, oltin demonetizatsiya qilindi, ya’ni oltin standarti, 
xalqaro 
hisob-kitoblarda 
va 
Markaziy 
bankning 
zaxiralarini 
shakllantirishda oltindan majburiy foydalanish amaliyoti, AQSh 
dollarining oltinga erkin ayirboshlanishi bekor qilindi. Bundan tashqari, 
har bir mamlakat valyuta kursini rejimini mustaqil tanlash huquqiga ega 


239 
bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, XVF nizomiga muvofiq: a) mamlakatda 
moliyaviy va valyuta siyosati barqarorligini qo‘llab-quvvatlash hamda 
Markaziy bank tomonidan valyuta kursining kuchli tebranishi yuz 
berganda intervensiyadan foydalanilishi; b) bir tomonlama ustunlikka ega 
bo‘lishga qaratilgan valyuta kursining manipulyatsiyasidan voz kechish; 
v) valyutani tartibga solish va valyuta kursi mexanizmida ko‘zda 
tutilayotgan o‘zgarishlar haqida XVFni zudlik bilan xabardor qilish; g) 
valyutalarni oltinga bog‘lab qo‘yish tartibidan voz kechish talab etiladi.
XVF bu taraqqiyot instituti emas, Kelishuvlar moddasiga muvofiq, 
qashshoq mamlakatlarga infratuzilmani shakllantirish, ekport va boshqa 
sektorlarni diversifikatsiya qilish yoki ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini 
rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratmaydi.
Har qanday mamlakat xoh u rivojlangan, xoh u sust rivojlangan 
bo‘lsin, agar u kapitallar bozorida qulay shartlarda xalqaro to‘lovlarni 
amalga oshirish va zaxiralarning muvofiq darajasini ta’minlash uchun 
yetarlicha moliyalashtirish manbasini topa olmasa, to‘lov balansi bilan 
bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun moliyaviy yordam so‘rab, 
XVFga murojaat qilishi mumkin. XVF Jahon banki va boshqa taraqqiyot 
agentliklaridan farqli ravishda loyihalarni moliyalashtirmaydi. 
XVF 
faoliyatining 
asosiy 
yo‘nalishlari 
bo‘lib, 
quyidagilar 
hisoblanadi: 

jahon valyuta tizimini nazorat qilish; 

pul siyosatidagi xalqaro hamkorlikka yordam berish; 

jahon savdosini kengaytirish; 

XVF a’zolarini kreditlash; 

valyuta ayirboshlash kurslarini barqarorlashtirish; 

debitor mamlakatlarga maslahatlar berish; 

SDR chiqarish orqali likvid mablag‘larni yaratish; 

iqtisodiy siyosat va texnik yordam sohasida tavsiyalar ishlab 
chiqish. 

xalqaro moliya statistikasi standartlarini ishlab chiqish; 

xalqaro moliya statistikasi to‘plamlarini e’lon qilish. 
XVF Kelishuv moddalariga muvofiq, fondning vazifalari qatoriga 
xalqaro valyuta tizimini nazorat qilish va uning samarali faoliyat 
ko‘rsatishini ta’minlash kiradi. XVF jahon valyuta tizimi ustidan, 
jumladan, a’zo mamlakatlarning valyuta kursi sohasidagi siyosati ustidan 
nazoratni amalga oshiradi. 
XVF nazorat funksiyasini amalga oshirish bilan birgalikda 
mamlakatlarning umumiy iqtisodiy holati va uning iqtisodiy siyosat 


240 
sohasidagi strategiyasi bo‘yicha atroflicha tahlil o‘tkazadi. XVF nuqtayi 
nazariga ko‘ra mamlakatning samarali va izchil iqtisodiy siyosati milliy 
valyuta 
ayirboshlash 
kurslarini 
va 
jahon 
valyuta 
tizimini 
barqarorlashtirishga, jahon xo‘jaligida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga 
imkon yaratadi. 
XVF ushbu sohada mamlakatlarning o‘ziga tegishli bo‘lgan 
majburiyatlarini bajarishini nazorat qiladi. Bu majburiyatlarga narxlar 
barqarorligini saqlagan holda yuqori bandlik darajasini ushlab turuvchi va 
iqtisodiy o‘sishga yordam beruvchi moliyaviy va iqtisodiy siyosat 
o‘tkazish kiradi.
XVF nazoratni amalga oshirish uchun davriy va maxsus maslahatlarni 
tatbiq etadi. Davriy maslahatlar barcha a’zo mamlakatlarga har-
yildao‘tkaziladi, bunda XVF a’zo mamlakatlarning umumiy iqtisodiy 
holati va valyuta siyosati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. 
Agarda biror bir a’zo mamlakatda og‘ir iqtisodiy vaziyat yuzaga kelgan 
bo‘lsa yoki bunga shubha sezilsa, XVF darhol undan chiqish yoki oldini 
olish yuzasidan tegishlicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. 
Davriy maslahatlar XVF ekspertlari guruhi tomonidan o‘tkaziladi. 
Ular eksport va import, ish haqi darajasi, narxlar, aholi bandligi, 
moliyaviy bozorlar kon’yunkturasi, investitsiyalar hamda valyuta 
ayirboshlash kurslarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘playdi. Keyin esa davlat 
tuzilmalarining vakillari bilan iqtisodiy siyosatni baholash maqsadida 
muhokama tashkil etiladi, shuningdek, o‘z valyutasini ayirboshlashdagi 
cheklovlarni bartaraf etish uchun mamlakat amalga oshirgan chora-
tadbirlarning natijasi o‘rganiladi. 
Muhokama yakuni bo‘yicha XVF ekspertlari batafsil ma’lumot 
tayyorlaydi va u keyinchalik Boshqaruv kengashida muhokama etiladi. 
Muhokama natijalari bo‘yicha xulosa tayyorlanadi va mamlakat 
hukumatiga taqdim etiladi. Unda ko‘pincha mamlakat tomonidan amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning samaradorligini oshirish bo‘yicha 
fondning tavsiyalari o‘rin oladi. 
XVF maxsus maslahatlarni jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rinda 
turuvchi, iqtisodiy siyosati jahon xo‘jaligi faoliyatiga sezilarli darajada 
ta’sir ko‘rsatuvchi sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan o‘tkazadi. 
Maslahatning maqsadi bo‘lib, jahondagi iqtisodiy vaziyatni va iqtisodiy 
rivojlanishning istiqbollarini baholash hisoblanadi.
SDR chiqarish orqali likvid mablag‘larni yaratish jahon valyuta 
tizimini barqarorlashtirishga va xalqaro hisob-kitoblarni erkin amalga 


241 
oshirishga imkon yaratishi kerak. XVF a’zo mamlakatlarning oltin-valyuta 
zaxiralari tarkibi va darajasiga ko‘ra xalqaro miqyosda likvidlik holatiga 
alohida e’tibor qaratadi. Bunga bog‘liq holda XVFning muhim funksiyasi 
bo‘lib qo‘shimcha xalqaro zaxira aktivlariga bo‘lgan uzoq muddatli 
ehtiyojni ta’minlash uchun emissiya qilingan SDRni taqsimlash hisobiga 
o‘zining a’zolariga qo‘shimcha likvid mablag‘larni taqdim etish 
hisoblanadi. O‘zining nizomiga muvofiq xalqaro valyuta fondi SDRni 
jahon valyuta tizimining asosiy zaxira aktivi bo‘lishiga yordam berishi 
lozim.
Jamoa valyutasi SDR zaxira milliy valyutalari va oltin bilan bir 
qatorda zaxira aktivi funksiyasini bajaradi. U rasmiy aktiv bo‘lib, undan 
foydalanish va egalik qilish huquqi faqat XVFga, uning a’zolariga va 
belgilangan rasmiy ishtirokchilarga berilgan. 
XVF ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida SDRni ularning kvotalariga 
proporsional miqdorda taqsimlaydi. SDRning jahon valyuta tizimida zarur 
bo‘lgan umumiy miqdorini belgilash va bu miqdorni oshirish masalalari 
faqat XVF vakolatlariga kiradi. SDRni taqsimlash to‘g‘risidagi qaror besh 
yilgacha davomiylikdagi davrga qabul qilinadi va bunda inflatsiya va 
ortiqcha talabni, shuningdek, iqtisodiy turg‘unlikni oldini olish uchun 
mavjud zaxira aktivlarini to‘ldirishga bo‘lgan jahon iqtisodiyotining uzoq 
muddatli ehtiyoji hisobga olinadi. SDRni yangidan taqsimlash 
to‘g‘risidagi taklif XFVning taqsimlovchi-direktorlari tomonidan Ijroiya 
kengashning roziligi bilan kiritiladi va uni Boshqaruvchilar kengashi 
tasdiqlaydi. 
XVFning oliy boshqaruv organi bo‘lib, har bir a’zo mamlakatdan 
boshqaruvchi 
vakil 
va 
uning 
o‘rinbosaridan iborat bo‘lgan 
Boshqaruvchilar kengashi hisoblanadi. Odatda, ular Moliya vazirlari yoki 
Markaziy bank boshqaruvchilari bo‘ladi. Kengash Fond faoliyatining 
asosiy masalalarini hal etadi, bularga: Kelishuv moddasiga o‘zgartirishlar 
kiritish, a’zolikka mamlakatlarni qabul qilish va a’zolikdan chiqarish, 
ularning kapitaldagi ulushini aniqlash va qayta ko‘rib chiqish, ijrochi 
direktorlarni saylash. Boshqaruvchilar, odatda, yilda bir marta sessiyada 
to‘planadilar. 
Ustav kapitali taxminan 217 mlrd. SDRni tashkil etadi. U a’zo 
mamlakatlarning bo‘naklari hisobiga shakllanadi, odatda o‘z kvotasining 
25 % SDRda yoki boshqa a’zolarning valyutasida, qolgan 75 % 
o‘zlarining milliy valyutasida to‘lanadi. Ularning kvotasi o‘lchamidan 
kelib chiqib a’zo mamlakatlar o‘rtasida ovozlar taqsimlanadi. XVFda 
yuqori ovoz miqdorini quyidagi mamlakatlar egallagan (2011-yil holati 


242 
bo‘yicha): AQSh – 16,7 %, Germaniya – 5,82 %, Yaponiya – 6,24 %, 
Buyuk Britaniya – 4,30 %, Fransiya – 4,30 %, Saudiya Arabistoni – 2,81 
%, Xitoy – 3,82 %, Rossiya – 2,39 %. Yevropa Ittifoqining 27ta a’zo 
mamlakatining ulushi 32,07 %, XVFda 29 ta sanoati rivojlangan davlatlar 
(IHTTga a’zo mamlakatlar) 60,35 % miqdoridagi ovozga ega. Fond 
a’zoligini 84 %dan ortig‘ini tashkil etuvchi qolgan mamlakatlarning ulushi 
atigi 39,65 %ga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro Valyuta Fondining eng muhim vazifalaridan biri a’zo 
mamlakatlarning to‘lov balansida qiyinchiliklar yuzaga kelganda kreditlar 
berish orqali yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Bu moliyaviy yordam 
mamlakatlarga 
o‘zining xalqaro zaxiralarini to‘ldirishga, milliy 
valyutasini barqarorlashtirishga, import to‘lovlarini amalga oshirishni 
davom ettirishga hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha 
choralar– Тadbirlar qabul qilish orqali faol iqtisodiy o‘sish uchun sharoitni 
tiklashga imkon yaratadi.
XVFning kreditlash dasturlarini quyidagicha kategoriyalarga ajratish 
mumkin: 
1. 

Download 3,95 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   148




Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro Valyuta Fondining maqsadi va faoliyatining mohiyati

Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish