245
urush oqibatlarini bartaraf etayotgan mamlakatlar uchun favqulodda
yordam ko‘rsatadi. Favqulodda kreditlar bo‘yicha yig‘imlarning baza
stavkasi undiriladi, kreditlar 3-5 yil davomida qaytarilishi kerak.
XVFning resurslaridan foydalanish uchun mamlakat o‘zining to‘lov
balansini moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojni asoslab berishi lozim.
Moliyalashtirish zaruriyatini belgilovchi mezonlar sifatida XVF mamlakat
to‘lov balansining holati, uning xalqaro zaxiralar qoldig‘i va mamlakat-
ning zaxira pozitsiyasi dinamikasidan foydalanadi. Shuningdek, to‘lov
balansi tengsizligi sabablarini bartaraf etish uchun mamlakat tomonidan
qabul qilingan chora-tadbirlar samaradorligi ham hisobga olinadi.