|
ARALASHMA TARKIBI, HAMDA UNI KOMPONENTLAR KO’RSATKICHLARI ORQALI IFODALASH
|
bet | 2/2 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 39,68 Kb. | | #120698 |
ARALASHMA TARKIBI, HAMDA UNI KOMPONENTLAR KO’RSATKICHLARI ORQALI IFODALASH
Agar aralashmaning tarkibi berilgan va komponentlarining termodinamik xossalari ma’lum bo‘lsa, hamda aralashmaning umumiy bosimi berilgan bo‘lsa, u holda aralashmaning termodinamik xossalarini topish mumkin.
Masalan, aralashma 3 ta komponentdan iborat bo‘lsin. Xar qaysi komponent uchun Klapeyron tenglamasini yozamiz:
р1v = m1R1T
р2v = m2R2T
р3v = m3R3T
bu yerda р1, р2, р3 – komponentlarning parsial bosimlari; v – aralashmaning hajmi; m1, m2, m3 – komponentlarning massalari; Т – barcha komponentlar uchun bir xil bo‘lgan absolyut harorat.
Yuqoridagi ifodalarni qo‘shamiz:
(р1 + р2 + р3 )v = (m1R1 + m2R2 + m3R3 )T
bunda Dalton qonuniga ko‘ra р1 + р2 + р3 = Р bo‘ladi, u holda:
Рv = (m1R1 + m2R2 + m3R3 )T (64)
Рv = mRT (65)
(64) ni (65) ga bo‘lamiz va aralashmaning gaz doimiysini aniqlaymiz:
(66)
yoki
R = g1R1 + g2R2 + g3R3 (67)
ni etiborga olsak,
R = g1R1 + g2R2 + g3R3 = (68)
Aralashmaning solishtirma hajmi:
РV = mRT
dan
bunda
Рv = RT
yoki
Gazning parsial bosimi massaviy ulush orqali Klapeyron tenglamasidan aniqlash mumkin:
(69)
Agar gazning tarkibi hajmiy ulushlarda berilsa, Boyl – Mariott qoninidan foydalanib, parsial bosimni Т – const da quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
РiV = PVi ва Рi = = riP (70)
(70) tenglamaga asosan, xar bir gazning parsial bosimi gazlar gazlar aralashmasi umumiy bosimining hajmiy ulushiga ko‘paytmasiga teng. Gazlarning
hajmiy ulushlari maxsus qurilmalar – gazoanalizatorlar yordamida aniqlanadi.
Nazorat uchun savollar:
Bosim deb nimaga aytiladi va u qanday birliklarda o‘lchanadi?
Ideal gaz qonunlarini ta’riflab bering.
Universal gaz doimiysining mohiyati nimadan iborat?
Dalton qonunini ta’riflang.
Aralashmaning gaz doimiysi qanday aniqlanadi?
Real gazlarning ideal gazlardan farqi nimada?
|
| |