zim:
1. Xesh-funksiya ixtiyoriy oicham li argumentga qo‘llanishi
rnumkin.
2. Xesh-funksiya chiqish yo‘lining qiymati belgilangan o ‘l-
chamga ega.
3.
Xesh-funksiya h{x) ni ixtiyoriy V 'u c h u n yetarlicha oson hi-
soblanadi. Xesh-funksiyani hisoblash tezligi shunday bo‘lishi kerak-
ki, xesh-fimksiya ishlatilganida elektron raqamli imzoni tuzish va
tekshirish tezligi xabarning o ‘zidan foydalanilganiga qaraganda
anchagina katta bo‘lsin.
4. Xesh-funksiya matn
M dagi orasiga qo’yishlar (vstavki),
chiqarib tashlashlar joyini o‘zgartirishlar va h. kabi o ‘zgarishlarga
sezgir bo‘lishi lozim.
5. Xesh-funksiya qaytarilmaslik xususiyatiga ega bo‘lishi lo
zim.
6. Ikkita turli hujjatlar (ulaming uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan
holda) xesh-funksiyalari qiymatlarining mos
kelishi ehtimolligi juda
kichkina bo‘lishi shart, ya’ni hisoblash nuqtayi nazaridan
h(x)=h(x)
bo’ladigan *’**ni topish mumkin emas.
Ikkita turli xabarning bitta tugunchaga (svertka) zichlash
nazariy jihatdan mumkin. Bu kolliziya yoki to’qnashish deb ataladi.
Shuning uchun xeshlash funksiyasining bardoshliligini ta’minlash
maqsadida to’qnashishlarga yo‘l qo‘ymaslikni ko‘zda tutish lozim.
To‘qnashishlarga butunlay yo‘l qo‘ymaslik mumkin emas, chunki
umumiy holda mumkin bo‘lgan xabarlar
soni xeshlash funksiyalari
chiqish yoMlari qiymatlarining mumkin bo‘lgan sonidan ortiq.
Ammo, to‘qnashishlar ehtimolligi past bo‘lishi lozim.
5-xususiyat
h(.) bir tomonlama ekanligini bildirsa, 6-xususiyat
bitta bir xil tugunchani beruvchi ikkita axborotni topish mumkin
emasligini kafolatlaydi. Bu soxtalashtirishni oldini oladi.
Shunday qilib, xeshlash funksiyasidan xabar o ‘zgarishini pay-
qashda foydalanish mumkin, ya’ni u
kriptografik nazorat yig'in-
disini (o’zgarishlami payqash kodi yoki
xabarni autentifikatsiyalash
kodi deb ham yuritiladi) shakllantirishga xizmat qilishi mumkin. Bu
sifatda xesh-funksiya xabarning
yaxlitligini nazoratlashda, elektron
raqamli imzoni shakllantarishda va tekshirishda ishlatiladi.
107
X e s h l a s h f i i n k s i y a s i q u y i d a g i x u s u s i y a t l a r g a e g a b o ‘ l i s h i l o -
Xesh-funksiya foydalanuvchini autentifkatsiyalashda ham
keng qo‘llaniladi. Axborot xavfsizligining qator texnologiyalarida
shifrlashning o ‘ziga xos usuli
bir tomonlama xesh-funksiya yorda-
mida shifrlash ishlatiladi. Bu shifrlashning o ‘ziga xosligi shundan
iboratki, u mohiyati bo‘yicha bir tomonlamadir, ya’ni teskari muo-
laja - qabul qiluvchi tomonda rasshifrovka
qilish bilan birga olib
borilmaydi. Ikkala taraf (jo‘natuvchi va qabul qiluvchi) xesh-funk
siya asosidagi bir tomonlama shifrlash muolajasidan foydalanadi.
Eng ommabop xesh-funksiyalar-M D4, MD5,SHA1, SHA2.
MD4 va MD5 - P. Rayvest tomonidan ishlab chiqilgan axborot
daydjestini hisoblovchi algoritm. Ulaming har biri 128 bitli xesh-
kodni tuzadi. MD2 algoritmi eng sekin ishlasa, MD4 algoritmi
tezkor ishlaydi. MD5 algoritmi MD4 algoritmining modifikatsiyasi
bo‘lib, MD4 algoritmida xavfsizlikning oshirilishi
evaziga tezlikdan
yutqazilgan. SHA(Secure Hash Algorithm) - 160 bitli
xesh-kodm
tuzuvchi axborot daydjestini hisoblovchi algoritm. Bu algoritm
MD4 va MD5 algoritmlariga nisbatan ishonchliroq.