Nazorat savollari:
1. Kriptotahlil tushunchasi.
2. Kripotahlil usullarini sanab bering.
3. Tahlillash murakkabligini qanday koeffitsientlar yordamida
o ‘lchash mumkin.
130
VI BOB. IDENTIFIKASIYA VA AUTENTIFIKATSIYA
6.1. Identifikasiya va autentiflkatsiya tushunchasi
Kompyuter tizimida ro‘yxatga olingan har bir subyekt (foyda-
lanuvchi yoki foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jarayon)
bilan uni bir ma’noda indentifikatsiyalovchi axborot bog'liq.
Bu ushbu subyektga nom beruvchi son yoki simvollar satri
boiishi mumkin. Bu axborot subyekt indentifikatori deb yuritiladi.
Agar foydalanuvchi tarmoqda ro’yxatga olingan indentifikatorga
ega bo‘lsa, u legal (qonuniy), aks holda, legal bo‘lmagan (noqonu-
niy) foydalanuvchi hisoblanadi. Kompyuter resurslaridan foydala-
nishdan avval foydalanuvchi kompyuter tizimining identifikatsiya
va autentiflkatsiya jarayonidan o‘tishi lozim.
Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identi-
fikatori (nomi) bo‘yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tar-
moqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan funk-
siyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so'rovi bo‘yicha o‘zining
identifikatorini bildiradi, tizim esa o‘zining m a’lumotlar bazasida
uning borligini tekshiradi.
Autentiflkatsiya (Authentication) - ma’lum qilingan foydala
nuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish
muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqi-
qatan aynan o ‘zi ekanligiga ishonch hosil qilishiga imkon beradi.
Autentiflkatsiya
o‘tqazishda tekshiruvchi
taraf tekshiriluvchi
tarafning haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda
tekshiriluvchi taraf ham axborot almashinuv jarayonida faol qat-
nashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o ‘z xususidagi noyob, bosh-
qalarga ma’lum bo’lmagan axborotni (masalan, parol yoki sertifikat)
kiritishi orqali identifikatsiyani tasdiqlaydi.
Identifikatsiya va autentiflkatsiya subyektlaming (foydalanuv-
chilaming) haqiqiy ekanligini aniqlash va tekshirishning o'zaro
bog’langan jarayonidir. Muayyan foydalanuvchi yoki jarayonning
tizim resurslaridan foydalanishiga tizimning ruxsati aynan shularga
131
bog‘liq. Subyektni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalashdan
so‘ng uni avtorizatsiyalash boshlanadi.
Avtorizatsiya (Authorization) - subektga tizimda ma’lum va-
kolat va resurslami berish muolajasi, ya’ni avtorizatsiya subyekt ha-
rakati doirasini va u foydalanadigan resurslami belgilaydi. Agar ti-
zim avtorizatsiyalangan shaxsni avtorizatsiyalanmagan shaxsdan
ishonchli ajrata olmasa, bu tizimda axborotning konfidensialligi va
yaxlitligi buzilishi mumkin. Autentifikatsiya va avtorizatsiya
muolajalari bilan foydalanuvchi harakatini m a’murlash muolajasi
uzviy bog‘langan.
Ma 'murlash (Accounting) - foydalanuvchining tarmoqdagi
harakatini, shu jumladan, uning resurslardan foydalanishga urinishi-
ni qayd etish. Ushbu hisobot axboroti xavfsizlik nuqtayi nazaridan
tarmoqdagi xavfsizlik hodisalarini oshkor qilish, tahlillash va ularga
mos reaksiya ko‘rsatish uchun juda muhimdir.
M a’lumotlami uzatish kanallarini himoyalashda subyektlar-
ning o ‘zaro autentijikatsiyasi, ya’ni aloqa kanallari orqali bog‘lana-
digan subyektlar haqiqiyligining o'zaro tasdig‘i bajarilishi shart.
Haqiqiylikning tasdig‘i odatda seans boshida, abonentlaming bir-
biriga ulanish jarayonida amalga oshiriladi. “Ulash” atamasi orqali
tarmoqning ikkita subyekti o ’rtasida mantiqiy bog‘lanish tushu-
niladi. Ushbu muolajaning maqsadi - ulash qonuniy subyekt bilan
amalga oshirilganligiga va barcha axborot m o‘ljallangan manzilga
borishligiga ishonchni ta’minlashdir.
0 ‘zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun subyekt tizimga turli
axborotni taqdim etadi. Bunday axborot turi “Autentifikatsiya fak-
tori” deb yuritiladi. Autentifikatsiyalashning quyidagi uchta faktori
farqlanadi:
- biror narsani bilish asosida. Misol sifatida parol, shaxsiy
identifikatsiya kodi PIN (Personal Identification Number) hamda
“so‘rov javob” xilidagi protokollarda namoyish etiluvchi maxfiy va
ochiq kalitlami ko‘rsatish mumkin;
- biror narsaga egaligi asosida. Odatda bular magnit kartalar,
smart- kartalar, sertifikatlar va touch memory qurilmalari;
- qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida. Ushbu faktor
o‘z tarkibiga foydalanuvchining biometrik xarakteristikalariga
(ovozlar, ko’zining rangdor pardasi va to‘r pardasi, barmoq izlari,
132
kaft geometriyasi va h.) asoslangan usullami oladi. Bu faktorda
kriptografik usullar va vositalar ishlatilmaydi. Beometrik xarakte-
ristikalar binodan yoki qandaydir texnikadan foydalanishni nazorat-
lashda ishlatiladi.
Subyektning haqiqiyligini tasdiqlash autentifikatsiyaning uchta
faktoridan biri yordamida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, foy-
dalanuvchini autentifikatsiyalash jarayonida undan parol yoki bar-
moq izlari so‘ralishi mumkin. Autentifikatsiya jarayonida faqat bitta
faktor ishlatilsa, bunday autentifikatsiya birfaktorli deb yuritiladi.
Autentifikatsiya jarayonida bir necha faktor ishlatilsa, bunday
autentifikatsiya ko'p faktorli deb yuritiladi. Masalan, autentifikat
siya jarayonida foydalanuvchi smart-kartadan va qo‘shimcha parol-
dan (yoki PIN-koddan) foydalanishi lozim. Ikki faktorli va uch
faktorli autentifikatsiya tushunchalari ham ishlatiladi.
NCSC-TG-017 hujjatda ko‘p faktorli autentifikatsiya turlari
uchun 1,2 xilli, 2,3 xilli va 1,2,3 xilli autentifikatsiya atamalari ki-
ritilgan. 1,2 xilli autentifikatsiya (bir ikki xilli autentifikatsiya deb
yuritiladi), masalan, autentifikatsiyaning ikki faktorini ishlatadi: bi-
rinchi (bir narsani bilish asosida) va ikkinchi (bir narsaga egaligi
asosida).
1,2,3 xilli autentifikatsiya (bir ikki uch xilli autentifikatsiya deb
yuritiladi), autentifikatsiyaning uchta faktorining kombinasiyasini
ishlatadi (bir narsa bilish asosida, bir narsaga egaligi asosida va
qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida).
Agar autentifikatsiyalashda bir omilli autentifikatsiya ishlatilsa
bunday autentifikatsiya zaif hisoblanadi. Shu sababli, xavfsizlikning
yuqori darajasini ta’minlash uchun ko‘p faktorli autentifikatsiyadan
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bankomatdan foydalanuvchini haqiqiyligini tasdiqlashda ikki
faktorli autentifikatsiya keng tarqalgan. Bu bir vaqtda magnit
hoshiyali karta va PIN-kod ishlatiladi.
Parol - foydalanuvchi hamda uning axborot almashinuvidagi
sherigi biladigan narsa. 0 ‘zaro autentifikatsiya uchun foydalanuvchi
va uning sherigi o ‘rtasida parol almashinishi mumkin. Plastik karta
va smart-karta egasini autentifikatsiyasida shaxsiy identifikatsiya
nomeri PIN sinalgan usul hisoblanadi. PIN - kodning maxfiy
qiymati faqat karta egasiga ma’lum bo‘lishi shart.
133
|