Ushbu usulga binoan fayl-konteynerdagi ma’lumotlar baytining bir
necha kichik bitlari bekitiluvchi xabar bitlari bilan almashtiriladi.
Ushbu usul amalga
oshirilishining soddaligi, demak, ushbu usulga
asoslangan dasturiy mahsulotning tezkorligi hamda yaratilgan
steganokanalning yuqori o‘tkazish qobiliyati bilan bog‘liq
qator
afzalliklarga ega. Ammo ushbu usuldan yuqori steganobardoshlik
talab qilinmaydigan masalalami yechishda foydalanish mumkin.
Chunki LSB - usul niyati buzuqning aktiv hujumlariga bardosh bera
olmaydi.
Xabami
fayl - konteyneming spektral sohasida bekituvchi
usullar steganobardosh usullar hisoblanadi. Raqamli steganografiya-
ning
spektral usullari xilma-xil, ba’zilari esa LSB-usul bilan kom-
binatsiyalab ishlatiladi.
Fayl - konteynerdagi m a’lumotlami chastotali ifodalashda
kosinusni diskret o ‘zgartirish, Fureni diskret o ‘zgartirish,
veyvlet-
o ‘zgartirish, Karunen-Loev, Adamar va Xaar o ’zgartirishlar kabi
diskret ortogonal o‘zgartirishlardan foydalaniladi.
Steganografik tizimlarda axborotni himoyalash prinsiplari.
Steganografik tizimlami buzuvchi passiv, aktiv va badniyatli bo‘li-
shi mumkin (5.25-rasm).