• 5.7. Kriptotahlil usullari
  • S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev




    Download 10,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/183
    Sana25.01.2024
    Hajmi10,28 Mb.
    #145814
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   183
    Bog'liq
    Axborot xavfsizligi

    Nazorat savollari:
    1. Steganografiyaning axborotni kriptografik himoyalash soha- 
    sidagi o ‘mi.
    2. Moddiy steganografik usullami tushuntirib bering.
    3. Axborot steganografik usullaming turlarini tavsiflab bering.
    4. Steganografik tizimlarda axborotni himoyalash prinsipini 
    tushuntirib bering.
    5.7. Kriptotahlil usullari
    Kriptotahlil - shifrlangan matndan maxfiy kalitni (tiklash algo- 
    ritmini yoki matematik funksiyani) bilmay turib, ochiq matnni 
    (foydali xabami) olish va tiklash usullari majmui.
    Kriptotahlilning muvaffaqiyatli o'tkazilishi natijasida ochiq 
    matn olinishi hamda kriptotizimning zaif joylari aniqlanishi 
    mumkin.
    Kriptotahlilni amalga oshirishga urinish fosh etish deb yuriti- 
    ladi. Ochiq matnni kriptotahlil fosh etishning quyidagi xillari mav- 
    jud bo‘lib, har biriga nisbatan kriptotahlilchining ishlatilgan shifr- 
    lash algoritmi xususida to'liq xabardorligi nazarda tutiladi.
    1. Faqat shifrmatn yordamida fosh etish. Kriptotahlilchi 
    ixtiyorida bir necha xabaming bitta shifrlash algoritmi yordamida 
    shifrlangan shifrmatnlari mavjud. Kriptotahlilchining vazifasi iloji 
    boricha xabarlar katta sonining ochiq matnini fosh etish yoki, 
    yaxshisi, xabarlami shifrlashda ishlatilgan kalitga (kalitlarga) ega 
    bo'lish.
    2. Ochiq matn yordamida fosh etish. Kriptotahlilchining ixti­
    yorida nafaqat bir necha xabaming shifrmatnlari, balki ushbu xa- 
    barlaming ochiq matnlari mavjud. Uning vazifasi xabarlami shifr­
    lashda ishlatilgan kalitga (kalitlarga) ega boiish.
    3. Tanlangan ochiq matn yordamida fosh etish. Kriptotahlilchi 
    ixtiyorida nafaqat shifrmatnlar va bir necha xabaming ochiq 
    matnlari, balki shifrlash uchun ochiq matnni tanlash imkoniyati
    128


    mavjud. Uning vazifasi xabarlami shifrlashda ishlatilgan kalitga 
    (kalitlarga) yoki shu kalit (kalitlar) yordamida shifrlangan yangi 
    xabarlami deshifratsiyalash imkonini beruvchi algoritmga ega 
    boiish.
    4. Tanlangan ochiq matn yordamida adaptiv fosh etish. Bu 
    tanlangan ochiq matn yordamida fosh etishning xususiy holi. 
    Kriptotahlilchi nafaqat shifrlangan matnni tanlashi, balki shifrlash 
    natijasi asosida o ‘zining keyingi tanlov rejasini tuzishi mumkin. 
    Tanlangan ochiq matn yordamida fosh etishda kriptotahlilchi 
    shifrlash uchun ochiq matnning faqat bitta katta blokini tanlashi 
    mumkin bo‘Isa, tanlangan ochiq matn yordamida adaptiv fosh 
    etishda u ochiq matnning kichik blokini, so‘ngra birinchi tanlash 
    natijasidan foydalanib, keyingi blokni va h. tanlashi mumkin.
    5. Tanlangan shifrmatn yordamida fosh etish. Kriptotahlilchi 
    deshifratsiyalash uchun turli shifrmatnlami tanlashi mumkin va 
    deshifrlangan ochiq matnlardan foydalana oladi. Masalan, kripto­
    tahlilchi avtomatik tarzda deshifrlashni bajaruvchi “qora qutf'dan 
    foydalana oladi. Kriptotahlilchining vazifasi kalitga ega boTish.
    6. Tanlangan kalit yordamida fosh etish. Bu xil fosh etish 
    kriptotahlilchi kalitni tanlashi mumkinligini bildirmaydi, balki unda 
    turli kalitlar orasidagi bog‘lanish xususida qandaydir axborot borli- 
    gini bildiradi.
    7. Jinoiy kriptotahlil. Kriptotahlilchi kalitga ega boTish maq- 
    sadida kimnidir qo‘rqitadi, shantaj qiladi, qiynaydi. Poraxo'rlik ba’- 
    zida kalitni xarid etish yordamida fosh etish deb ataladi. Bu kabi 
    qudratli fosh etish usullari algoritmni sindirishning eng yaxshi yoTi 
    hisoblanadi.
    Turli algoritmlarga, ulami sindirishning qanchalik qiyinligiga 
    bogTiq holda, xavfsizlikning turli sathlari taqdim etiladi. Algoritmni 
    quyidagi hollarda xavfsiz deb hisoblash mumkin:
    - algoritmni sindirish qiymati shifrlangan maTumotlar qiyma- 
    tidan katta boTsa;
    - algoritmni sindirish vaqti shifrlangan maTumotlaming sir 
    saqlanishi shart boTgan vaqtidan katta bo‘lsa;
    - bitta kalit yordamida shifrlangan m a’lumotlar hajmi algo­
    ritmni sindirish uchun zarur maTumotlar hajmidan kam boTsa.
    129


    Fosh etish murakkabligini quyidagi koeffitsientlar yordamida 
    oichash mumkin:
    - ma’lumotlar murakkabligi. Fosh etish amalining kirish 
    y o iid a foydalaniladigan ma’lumotlar hajmi;
    - ishlash murakkabligi. Fosh etish uchun kerakli vaqt. 
    Ko’pincha ish koeffitsienti deb yuritiladi;
    - xotiraga talablar. Fosh etishga kerakli xotira sig‘imi.
    Fosh etishning ba’zi amallari uchun koeffitsientlaming o’zaro 
    aloqasi joiz hisoblanadi: tezroq fosh etishga xotiraga talablami 
    kuchaytirish evaziga erishish mumkin.
    Murakkablik talaygina kattalik orqali ifodalanadi. Muayyan 
    algoritm uchun ishlash murakkabligi 2128 ni tashkil etsa, algoritmni 
    fosh etish uchun 2128 ta amal kerak bo’ladi (ushbu amallar murak- 
    kab va davomli boiishi mumkin). Masalan, agar hisoblash quvvati 
    sekundiga million amal bajarsa va masalani yechish uchun million 
    parallel protsessor ishlatilsa, kalitga ega bo’lish uchun 1019 yildan 
    ko’proq vaqt talab etiladi. Bu koinot mavjud bo’lgan vaqtdan 
    million marta ko’pdir.
    Fosh etish murakkabligi o’zgarmay qolganida kompyuter quv­
    vati oshib boradi. Oxirgi 50 yil mobaynida hisoblash quvvati niho- 
    yatda oshib ketdi va ushbu tendensiya davom etishiga shubha yo‘q. 
    Aksariyat kriptografik usullar parallel kompyuterlar uchun yaroqli 
    hisoblanadi: masalan, milliard kichik fragmentlarga ajratiladiki, 
    ularni yechish uchun protsessorlararo ta’siming keragi bo‘lmaydi. 
    Kriptotizimlami sindirishga bardoshli loyihalashda hisoblash vosita- 
    lari kelajagini hisobga olish zarur.

    Download 10,28 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   183




    Download 10,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev

    Download 10,28 Mb.
    Pdf ko'rish