Elektron hujjatlami autentifikatsiyalashdan
maqsad-ularni
mumkin b o ig an jinoyatkorona harakatlardan himoyalashdir. Bun-
day harakatlarga quyidagilar kiradi:
-
fa o l ushlab qolish - tarmoqqa ulangan buzg‘unchi hujjatlami
(fayllami) ushlab qoladi va o ‘zgartiradi.
-
maskarad - abonent
S hujjatlami abonent
V ga abonent A
nomidan yuboradi;
-
renegatlik - abonent
A abonent
V ga xabar yuborgan bo‘lsa-
da, yubormaganman deydi;
-
almashtirish - abonent Ehujjatni o ‘zgartiradi, yoki yangisini
shakllantiradi
va uni abonent A dan olganman deydi;
-
takrorlash - abonent
A abonent
V ga yuborgan hujjatni
abonent
S takrorlaydi.
Jinoyatkorona harakatlaming bu turlari o ‘z faoliyatida
kompyuter axborot texnologiyalaridan foydalanuvchi bank va tijorat
stmkturalariga, davlat korxona va tashkilotlariga, xususiy shaxslarga
anchagina zarar yetkazishi mumkin.
Elektron raqamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va
xabar muallifming haqiqiyligini tekshirish muammosini
samarali hal
etishga imkon beradi.
Elektron raqamli imzo telekommunikatsiya kanallari orqali
uzatiluvchi matnlami autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Raqamli
imzo ishlashi bo‘yicha oddiy qo‘lyozma imzoga o ‘xshash bo‘lib,
quyidagi afzalliklarga ega:
- imzo chekilgan matn imzo qo‘ygan shaxsga tegishli ekan-
ligini tasdiqlaydi;
- bu shaxsga imzo chekilgan matnga bog‘liq majburiyatlaridan
tonish
imkoniyatini bermaydi;
- imzo chekilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi.
Elektron raqamli imzo - imzo chekiluvchi matn bilan birga
uzatiluvchi qo‘shimcha raqamli xabaming nisbatan katta bo‘lmagan
sonidir.
Elektron raqamli imzo asimmetrik shifrlarning qaytaruvchan-
ligiga hamda xabar tarkibi, imzoning o‘zi va kalitlar juftining o‘zaro
bog‘liqligiga asoslanadi. Bu elementlaming hatto birining o‘zga-
rishi, raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlashga imkon bermaydi.
115
Elektron raqamli imzo shifrlashning asimmetrik algoritmlari va
xesh-funksiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo tizimining qo'llanishida bir-biriga imzo
chekilgan elektron hujjatlami jo ‘natuvchi abonent tarmog‘ining
mavjudligi faraz qilinadi. Har bir abonent
uchun juft - maxfiy va
ochiq kalit generatsiyalanadi. Maxfiy kalit abonentda sir saqlanadi
va undan abonent elektron raqamli imzoni shakllantirishda
foydalanadi.
Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo'lib,
undan imzo chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron
raqamli imzoni tekshirishda foydalanadi.
Elektron raqamli imzo tizimi ikkita
asosiy muolajani amalga
oshiradi:
- raqamli imzoni shakllantirish muolajasi;
- raqamli imzoni tekshirish muolajasi.
Imzoni shakllantirish muolajasida xabar jo ‘natuvchisining
maxfiy kaliti ishlatilsa, imzoni tekshirish muolajasida jo ‘natuv-
chining ochiq kalitidan foydalaniladi.