S. K. Ganiyev




Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/249
Sana20.05.2024
Hajmi7,8 Mb.
#246687
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   249
Kalitlar matritsasi
abonentlaming juft-juft bogianishli jadvali- 
dan iborat. Jadvalning har bir elementi 
i
va 
j
abonentlami bog‘- 
lashga mo‘Ijallangan va undan faqat ushbu abonentlar foydalana 
oladilar. Mos holda, kalitlar matritsasi elementlari uchun quyidagi 
tenglik o‘rinli.
Matritsaning har bir z'-qatori muayyan 
i
abonentning qolgan 
N-
1 abonentlar bilan bog‘lanishini ta’minlovchi kalitlar naboridan 
iborat. Kalitlar nabori (tarmoq naborlari) kriptografik tarmoqning 
barcha abonentlari o‘rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash aloqaning
1
k n
ki2
к и
k in
2
k 2i
k22
к 2з
k 2n
3
k 3i
кз2
кзз
кзп
n
kni
kn2
кпз
knn
85


himoyalangan kanallari
orqali yoki qo‘ldan-qo‘lga tarzda amalga 
oshiriladi.
AQShning axborotni shifrlash standartL
AQShda davlat stan­
dard sifatida DES (Data Encryption Standart) standard ishlatilgan. 
Bu standart asosini tashkil etuvchi shifrlash algoritmi ШМ firmasi 
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, AQSh Milliy Xavfsizlik Agent- 
ligining mutaxassislari tomonidan tekshirilgandan so‘ng, davlat 
standard maqomini olgan. DES standartidan nafaqat federal departa- 
mentlar, balki nodavlat tashkilotlar, nafaqat AQShda, balki butun 
dunyoda foydalanib kelingan.
DES standartida dastlabki axborot 64 bitli bloklarga ajratiladi 
va 56 yoki 64 bitli kalit yordamida kriptografik o‘zgartiriladi.
Dastlabki axborot bloklari o‘rin almashtirish va shifrlash 
funksiyalari yordamida iteratsion ishlanadi. Shifrlash funksiyasini 
hisoblash uchun 64 bitli kalitdan 48 bitligini olish, 32-bitli kodni 48 
bitli kodga kengaytirish, 6-bitli kodni 4-bitli kodga o‘zgartirish va 
32-bitli ketma-ketlikning o‘mini almashtirish ko‘zda tutilgan.
DES algoritmidagi shifrlash jarayonining blok-sxemasi 5.11- 
rasmda keltirilgan. Rasshifrovka jarayoni shifrlash jarayoniga invers 
bo‘lib, shifrlashda ishlatiladigan kalit yordamida amalga oshiriladi.
Hozirda bu standart quyidagi ikkita sababga ko‘ra foydala- 
nishga butunlay yaroqsiz hisoblanadi:
• kalitning uzunligi 56 bitni tashkil etadi, bu kompyuter- 
laming zamonaviy rivoji uchun juda kam;
• algoritm yaratilayotganida uning apparat usulda amalga 
oshirilishi ko‘zda tutilgan edi, ya’ni algoritmda mikroprotsessorlar- 
da bajarilishida ko‘p vaqt talab qiluvchi amallar bor edi (masalan, 
mashina so‘zida ma’lum sxema bo‘yicha bitlaming o‘mini almash­
tirish kabi).
Bu sabablar AQSh standartlash institutining 1997-yilda sim- 
metrik algoritmning yangi standartiga tanlov e’lon qilishiga olib kel- 
di. Tanlov shartlariga binoan algoritmga quyidagi talablar qo‘yilgan 
edi:
• algoritm simmetrik bo‘lishi kerak;
• algoritm blokli shifr bo‘lishi kerak;


• blok uzunligi 128 bit bo‘lib, 128, 192, va 256 bitli kalit 
uzunliklarini ta’minlashi lozim.
5.11- rasm. DES algoritmida shifrlash jarayonining blok-sxemasi.
Undan tashqari tanlovda ishtirok etuvchilar uchun quyidagi 
tavsiyalar berilgan edi:
• ham apparat usulda, ham programm usulda osongina amalga 
oshiriluvchi amallardan foydalanish;
• 32 xonali protsessorlardan foydalanish;
• iloji boricha shifr strukturasini murakkablashtirmaslik. Bu 
o‘z navbatida, barcha qiziquvchilaming algoritmni mustaqil tarzda 
kriptotahlil qilib, unda qandaydir hujjatsiz imkoniyatlar yo‘qligiga 
ishonch hosil qilishlari uchun zarur hisoblanadi.
2000-yil 2-oktyabrda tanlov natijasi e’lon qilindi. Tanlov g‘o- 
libi deb Belgiya algoritmi RIJNDAEL topildi va shu ondan boshlab 
algoritm-g‘olibdan barcha patent chegaralanishlari olib tashlandi.
Hozirda AES (Advanced Encryption Standard) deb ataluvchi 
ushbu algoritm Dj.Deymen (J.Daemen) va V.Raydjmen (V.Rijmen) 
tomonidan yaratilgan. Bu algoritm noan’anaviy blokli shifr bo‘lib, 
kodlanuvchi ma’lumotlaming har bir bloki qabul qilingan blok 
uzunligiga qarab, 4x4, 4x6 yoki 4x8 o‘lchamdagi baytlaming ikki 
o‘lchamli massivlari ko‘rinishiga ega.
87


Shifrdagi barcha o‘zgartirishlar qat’iy matematik asosga ega. 
Amallaming strukturasi va ketma-ketligi algoritmning ham 8-bitli, 
ham 32-bitli mikroprotsessorlarda samarali bajarilishiga imkon 
beradi. Algoritm strukturasida ba’zi amallaming parallel ishlanishi, 
ishchi stansiyalarida shifrlash tezligining 4 marta oshishiga olib 
keladi.
Ushbu algoritmning shifrlash jarayoni quyidagi blok sxema 
orqali ifodalangan (5.12-rasm).
Shifrlash jarayonining har bir raund shifrlash jarayonlari 
quyida keltirilgan to‘rtta akslantirishlardan foydalanilgan holda 
amalga oshiriladi:


Download 7,8 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   249




Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish