ajratib olinadigan o'rtacha namunasi tanlab olinadi.
Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan o'simlik moyi tiniq shaffof va
och sariq rangga ega bo‘lishi kerak.
Standartga muvofiq hid, rang va
shaffoflik moyning harorati 20°S bo‘lganda aniqlanadi.
Moy hidini belgilash uchun uning yupqa qatlami shisha plas-
tinkaga yoki qo'lning orqa tomoniga surtiladi. Ranggini aniqlash
uchun uni kamida 50 mm qalinlikda stakanga
quyiladi va oq fonda
undan o‘tadigan hamda aks etadigan nurga tutib ko'riladi. Shaffof-
ligini aniqlash uchun
100
ml moy shisha silindrga quyiladi va bir kun
20°S haroratda tinch qo'yiladi. Tingan moy oq fonda undan o'tadigan
va aks etadigan nurga tutib ko‘riladi. Agar moy unsimon yoki unda
har xil zarralar bo‘lmasa, u shaffof hisoblanadi.
Paxta moyining faqat
silindming yuqori ustunida moy. unsimon yoki muallaq zarralar
bo'lmasa, u shaffof hisoblanadi.
Moydagi namlik va uchuvchi moddalar tarkibini aniqlash uchun 5
gr moyni 105°S haroratda doimiy massaga aylanguniga qadar
quritiladi.
Moy sifatini qoldiq (moysiz aralashmalar) miqdori kabi belgi ham
tavsiflaydi. Standartga ko‘ra nazarda tutilgan
usulga binoan moydagi
qoldiqni vaznli va hajmli usullar bilan aniqlanadi. Vaznli usul bilan
petroley efirda yoki yengil benzinda aniqlanadi. Vaznli usul bilan
petroley efirda yoki yengil benzinda erimaydigan moy tarkibidagi
mexanik aralashmalar (g'ijimlar, qobiqlar,
kletchatka zarrachalar va
shu kabilar) miqdori aniqlanadi. Hajmli usul bilan silindrga quyilgan
va bir kun davomida 15-20°S da tinch qo‘yilgan moy qoldig‘i
aniqlanadi. Qoldiq millilitrlari soni qoldiqning hajmga ko‘ra foizini
ko‘rsatadi.
Moy sifatini baholashda sovunlanish miqdori va yodlar soni kabi
belgilar ham ko‘rsatiladi.
Moyning ovqatga yaroqliligini
tavsiflaydigan eng muhim
belgilardan biri kislotalar soni hisoblanadi. Kislotalar sonining
ortiqligi xom ashyo sifati pastligi, uning saqlanishi yoki moy uzoq
vaqt davomida saqlanishida buzilganidan dalolat beradi.
Kislotalar
soni standartda nazarda tutilgan uslub bo'yicha aniqlanadi.
Jixoz va m ateriallar: quritish javoni, shisha plastinka, stakanlar
va moy namunalari, moy standartlari.