kaviga, o'stiriladigan mintaqaning tabiiy sharoitiga va qo'llaniladigan
agrotexnik tadbirlarga bog'liq. Quritish jarayonida esa tamakining
sifati yanada yaxshilanadi va sifat belgilari mustahkamlanadi.
Tamaki
bargini quritish davxi ikki fazadan iborat: birinchi faza bargni so'litish,
ikki&chisi esa bargni fiksatsiya qilish yoki quritishdir.
Barglarai so'litish fazasi.
Bargni so'litish unga sifat beruvchi
asosiy tadbir hisoblanadi. Barglar poyadan uzilgandan keyin uning
to'qimalarida ma’lum vaqtgacha hayotiy jarayon davom etadi. Bu
jarayonlar davom etishi uchun o‘simlik o‘sishi va pishish davrida barg-
larda to'plangan organik moddalaming ma’lum qismi sarflanadi.
So'litishda barg to‘qimalarida kechadigan modda aimashinuvi
sintez jaxayonidan parchalanish jarayoni ancha ustun turadi. Bu fazada
barg to'qimalari 20-25% suvni yo'qotadi, bargning kimyoviy tarkibi
miqdor va sifat jihatidan keskin o'zgaradi, oqsil moddasining ko‘p
(60%) qismi aminokislotalarga, ammiakka hamda shu kabi moddalarga
parchaianadi. Barg tarkibidagi kraxmal so‘litish jarayoni dekstrin va
eruvchan uglevod (shakar)larga parchaianadi.
Shuningdek, nikotinnmg
20-30 foizi parchaianadi.
Solitishda bargga yashil rang beruvchi karotin va ksantofillar
parchalanib, so'ligan barglar sarg'ish tusga kiradi. Shuning uchun
ham solitish fazasi, odatda, bargni sarg'aytirish fazasi, deb ham
yuritiladi.
Shunday qilib, so'litishda bargning kimyoviy tarkibi ancha
o'zgaradi, lekin bunda hayotiy jarayonlaming davom etishi uchun sarf
bo'lgan organik moddalar o'mini to'ldirmaydi. Bu esa so'litish
jarayonida barg tarkibidagi quruq moddaning 10-16% gacha
yo'qolishiga olib keladi. Quruq moddaning
sarflanishi quritish
jarayonida ham davom etadi.
Quruq modda sarflanishi so'litish va quritish fazalarining
davomiyligiga bog'liq. Quritish usullariga qarab, bargdagi quruq
moddaning sarflanishi ham turlicha bo'ladi. Barg sun’iy usulda
quritUganda, bu-oddiy usulda quyoshda quritilganga nisbatan ancha
tezlashadi, shunga ko'ra, quruq moddaning sarflanishi ham kamayadi
hamda quruq barg chiqish foizi ancha ortadi. Quruq moddaning
o'zgarishi xomashyoning kimyoviy tarkibi o'zgarishiga sabab bo'ladi.
Qurish jarayoni
barg tarkibidagi oqsil, kraxmal, xlorofillar
parchalanishi mahsulot sifatining yaxshilanishiga olib keladi.
Tamakini so'litmasdan quritish yoki so'litishda biroz uzilish bo'lsa,
bargdagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlar birdan to‘xtab q^tib,
natijada xomashyoning sifati pasayishiga olib keladigan murakkab
kimy oviy birikmalaming (oqsil, kraxmal, xlorofill va boshqalar) tjargda
ko‘p miqdorda saqlanib qolishiga sabab boladi. Solitish jarayonida
harorat 45°S dan ortib ketsa, barg to‘qimalari erta nobud fooladi,
shuningdek barg ko‘plab suv yo‘qotadi va to‘qimalardagi hayotiy
jarayonlar to‘xtab qoladi. Solitishda bargdagi murakkab moddalaming
parchalanish tezligi va yo'nalishi asosan havoning harorati va namiigiga
bogliq boladi. Haroratning ma’lum darajagacha
kolarilishi bilan bu
jarayon tezlashadi. Solitish uchun muqobil harorat bargning fiziologik
holatiga qarab aniqlanadi.
Barg so‘litiladigan joyda havo harorati 25-30°S, nisbiy namligi
80-85%, havo oqimining tezligi 0,3 m/soniya bo‘lishi eng qulay
hisoblanadi. Bargni qancha vaqt so‘litish uning yetilish darajasiga
bogliq. Agar barg xomroq terilgan b o lsa 1,5 kun, texnik jiqatdan
yetilgan davrida uzilgan barglar esa bir kun solitiladi.
Tamaki bargi quyoshda
quritiladigan bolsa, ulami uyum holida
ipga tizib va quritish ramalariga osib so‘litiladi. Bu usul xo'jalikiarda
keng tarqalgan. Bunda tamakizordan keltirilgan barglar 20 sm
qalinlikda polga uyiladi, Shu holatda 5-7
soat saqlanganda
hujayralarda nafas olish jarayoni davom etib, barglar qiziydi. Bunday
paytda bargiarni biroz shamollatish zarur,
Bargni solitish uchun, joylashtirilganda, uning bandi pastga
qaratib qo‘yilgani ma’qul. Shunday qilinganda barglar 1-1,5 kunda
solitiladi. Bargning uchdan bir qismi sarg‘ayishi barglai: yaxshi
soliganligini kolsatadi. Barglar uyum holida solitilganda haddan
tashqari qizib ketadi, natijada barg kuyishi mumkin.
Bu usulning yana
bir kamchiligi shundaki, barg tartibsiz to‘planganligi sababli uni tizish
uchun katta mehnat sarflanishiga fo 'g li keladi.
Tamaki bargini ipga tizib solitish ham uyumda solitishdan farq
qilmaydi. Lekin bunda ipga tizilgan barglar ramalarga ilishdan cldin
solitishga qo‘yiladi. Shuni ham aytish kerakki, bu solitish usulida
barglami shamollatish ancha qiyin boladi, barglar tizilgandan so‘ng
ayvonning yon tomonlari polietilen plyonka yoki boshqa materiallar
bilan olalishi kerak.
So‘litish jarayoni shu tartibda 1,5-2 kun davom ettiriladi. Barglar
soligandan so‘ng ayvonning yonlariga olalgan matolar olib
tashlanadi. Barglar UMST-25 qurilmasida quritiladigan bolsa,
ramalar maxsus xonalarga siljitib qo'yiladi. STG-1,5 tamaki quritish
tizimi esa maxsus kameraga ega bo‘lib, tizilgan barglar shu kamerada
so'litiladi.
Quritish fazasi. Tamakini so'litishda xlorofill donachalarining
parchalanishi oqsil va kraxmalning parchalanishi bilan bir vaqtda
borishi sababli bargning sarg'ayishi so'litish tamom bo'lganligi va
ikkinchi faza - quritishga o'tish kerakligini bildiradi.
So‘litilgan tamaki bargi tarkibida 65-70 foiz suv bo'ladi. Agar bu
suv ma’lum tezlikda barg tarkibidan chiqarib yuborilmasa, barg
to'qimalarida oksidlanish jarayoni natijasida sariq rang to'q tus olib,
asta-sekin jigarrang va qo'ng'ir tusga kiradi. Bu esa, mahsulot
sifatining pasayishiga olib keladi. Shuning
uchun quritirgan tamaki
barglaridagi suvning bug'lanish tezligini boshqarib, turli rang va
tusdagi xomashyo olish mumkin.