o'rtagi va quyida esa yer sathiga yakin joydan olinadi. Har bir
seksiyadan olinadigan namunada qismlaming umumiy og‘irligi
2
kg
atrofida bo‘lishi kerak.
Idishga joylangan don to‘plamlaridan namuna qismlari og‘zi
so'kilgan qoplardan konus
shupi bilan qopning yuqori, o‘rtagi va
pastki yeridan olinadi. Og‘zi tikiigan qoplardan namuna qismlari qop
shupi bilan bir burchagidan olinadi. Namuna qismlariiting olinadigan
miqdori (qoplar) don to‘plamining hajmiga bog'liqdir. Agar unda 10
qop bo‘Isa har ikki qopning biridan, 10 dan 100 qopgacha - 5 qopdan
+5% to‘plamdagi qop miqdoridan 10 qop +5% namuna olinadi.
Dastlabki namuna tayyorlash. Olingan
namuna qismlari brezent
yoki qop matosiga ko‘zdan kechirish va bir-biriga taqqoslash uchun
joylanadi. Agar barcha namuna qismlaridagi donlami organoleptik
ko'rsatkichlari bir turli bo‘Isa, ulami toza
va zararkunandalar bilan
zararlanmagan idislilarga to'kiladi. Don to‘plamlaridan olinadigan
barcha namuna qismlarining yig‘indisi dastlabki namunani tashkil etadi.
Dastlabki namunali idishga yorliq qo'yilib, unda ekin turining nomi,
navi, avlodi,
hosil yih, donga ega tashkilotning nomi, vagon,
avtomashina yoki omboming raqami; to‘plamning kilogrammdagi
og'irligi; namuna olgan ki shining imzosi yoziladi.
Namuna qismlari-
dan tuzilgan dastlabki namuna og‘irligi yirik don to‘plamlaridan ko‘p
olingan bolsa, keragidan ortiqchalik qilishi mumkin, undan tashqari,
uning alohida qismlari turli xil bo‘lishi mumkin. Shu sabablarga qarab
dastlabki namunadan o'rtacha namuna ajratiladi.