• Jismoniy emirilish
  • Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti




    Download 300 Kb.
    bet7/20
    Sana17.01.2024
    Hajmi300 Kb.
    #139561
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
    Bog'liq
    Izohnoma
    transport-inshootlarini-loyihalash-va-qurish-uv-llanma, Doc1, KARTOGRAFIK PROYEKSIYA VA ULARNING AHAMIYAT, oxirgisi тиргак девор Услубий кўрсатма, Tohir achildiyevdan, пласмаса, 2.07.01-03 23.12.2009, Maqola uchun materiallar, 0007010, Yo\'l harakati qoidalari, 6235905, Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.U, Zamonamizning global muammolari, хавфларнинг пайдо бщлиши
    Binoni vizual tekshirish.
    Binoning ishonchliligi 3 ta asosiy tavsif bilan ta’minlanadi:

    1. Qarshiliksiz ishlash ehtimoli.

    2. Chidamlilik.

    3. Ta’mirlashga yaroqlilik.

    Bino ekspluatatsiya qilinayotgan vaqtda jismoniy va ma’naviy emirilishga duchor bo‘lgan.
    Jismoniy emirilish asosan 3 nuqson ta’sirida bo‘lishi mumkin:

    1. Tabiiy nuqsonlar.

    2. Vazifasiga ko‘ra yoki texnologik nuqsonlar.

    3. Loyihalash va binoni qurish vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar natijasida nuqsonlar paydo bo‘lishi.

    Binoni emirilish darajasini to‘g‘ri aniqlanishi shu binoni tiklash uchun qancha mablag‘ ketish mumkinligi va shu binoni qachon ta’mirlash bashorati aytib beriladi.
    Binoni texnikaviy holati bo‘yicha 5 xil baho qo‘yilishi mumkin:

    1. Yaxshi – 0-20%

    2. O‘rtacha – 21-40%

    3. Yomon – 41-60%

    4. Juda yomon – 61-80%

    5. Yaroqsiz – 81-100%

    Har bir bino ekspluatatsiyasi davrida kuzatuv va tekshiruv ishlari olib borilib, joriy ta’mirlash ishlari vaqtida amalga oshirilsa, binoning emirilish ehtimoli kamayadi va bino xizmat muddati uzayadi.
    Grunt suvlarining ko‘tarilishi bino poydevorlarining namlanishiga sabab bo‘lgan. Bu salbiy ta’sirlar natijasida bino jismoniy emirilishga uchragan va bu emirilishni aniqlash uchun har bir bino konstruktiv unsurlarining jismoniy emirilishlarini aniqlab, binoning jismoniy emirilish darajasini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
    Jismoniy emirilish – bino qurilishi davrida ishlatilgan materiallarning sifati pastligi natijasida ekspluatatsiya xususiyatlari va narxi pasayishiga aytiladi.
    Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, me’yoriy ekspluatatsiya sharoitida ko‘pchilik konstruksiyalar o‘zlarining me’yoriy xizmat muddatidafizik-mexanik xossalarini tugatmaydilar. Binoni kuzatuv davrida tabiiy va texnolgik ta’sirlar natijasida bino devorlarida, ayrim ochiq bo‘lmagan darzlar, namlanishlar, o‘yiqlar va dog‘lar paydo bo‘lgan. Fasadlarda g‘isht qirralarining ko‘chganligi, edirilib ketganligini kuzatish mumkin.
    Pardevorlar bilan shiftlar kesishgan qismlarning ayrim joylarida kichik-kichik darzlar uchrashi va chakka o‘tishi natijasida namlanishning salbiy ta’sirlaridan darak beradi.
    Tom konstruksiyalari qoniqarli darajada bo‘lib, faqatgina mahkamlovchi qismlari zaiflashgan. Stropila oyoqlari oxirining zararlanishi va birikmalarning zaiflashuvi kuzatildi.
    Tom yopma konstruksiyalarida tunukaning yuzasida zanglash, tirqishlar ochilganligi, devor tarnovlarining zararlanishi, ayrim joylarda tirqishlar paydo bo‘lib suv sizishlari kuzatildi.
    Pol konstruksiyasida elimlab preslangan taxta pollarning ayrimlari asosdan ajralib qolishi, jaroxatlanishi, tirqish paydo bo‘lishigacha etib kelgan. Xarakat bo‘ladigan qismlarda edirilish, 0,5 m2 maydonda 20% gacha o‘yiqlar hosil bo‘lgan. Linoleum pollarning yirtilib ketganligi, surilib do‘ngliklar paydo bo‘lganligini kuzatish mumkin. Sopol koshinli pollarning qismlarida koshinlar ko‘chib ketgan.
    Bino konstruksiyalariga atmosfera va havo namligi ta’siri ularning xususiyatlarini buzilishiga, emirilishiga olib kelgan.
    Qurilish konstruksiyalarida eng ko‘p namlik ta’siriga uchragan eshik, rom konstruksiyalari va biriktirilgan joylaridir. Shu jumladan, binoda rom tabaqalarining tob tashlaganligi, ostki taxtalarining chirishi, tabaqalarning osilib qolishi, eshik tabaqalari edirilishi va osilib qolishi, ayrim ko‘zlarida oynalarning singanligi kuzatildi.
    Ayrim muxanidslik jihozlari va tizimlaridagi vaqt o‘tishi natijasida hosil bo‘lgan tirqishlardan tomchilayotgan suv tomchilari o‘zi ustiga tushgan bino konstruksiyalarining va unsurlarining namlanishi va o‘z xususiyatlarini yo‘qolishiga olib kelgan.
    Muhandislik jihozlari joylashgan xonalarda suv jo‘mraklarining talab darajasida xizmat qilmayotgan hollari uchraydi.
    Ba’zi bir xonalarda yoritgich qurilmalarining nosozligi, ishdan chiqqanligi, elektr jihozlarining (tok suqgich, kalitlar) yaroqsiz holga kelganligi kuzatildi.



    Download 300 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




    Download 300 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti

    Download 300 Kb.