ILOVALAR
Ilova1
Generatorlarning tuzish prinsplari.
Tashqi signal boʻlmaganda elektr manbayi energiyasi hisobiga oʻzgaruvchan elektr tebranishalrini hosil qiluvchi qoʻrilmaga elektr signali generatori deyiladi (1-rasm). Kuchaytirgichda musbat teskari bogʻlanishni
(1)
(2)
amalga oshirish bilan generator chiqishda tebranishlarni hosil qilish mumkin.
Amplituda (1) va faza (2) balans shartlarini bajarilishi bilan sunmas elektr tebranishlari yuzaga keladi. Chunki kuchaytirgich chiqishidagi kuchlanishni dastlabki oʻzgarishi teskari bogʻlanish zanjiri orqali qaytadan kuchaytirgichning kirishiga beriladi va u chiqish kuchlanishining yanada koʻproq oʻzgarishiga olib keladi
1-rasm. Elektr signali generatorining tarkibiy tuzilish sxemasi
Kuchaytirgichni tashkil qilgan kaskadlarning ishchi nuqtalari chiqishidagi tebranishlari amplitudasining ortishi bilan kuchaytirgich tranzistori dinamik tavsifnomasining nochiziqli sohasiga oʻtadi, natijada kuchaytirgichning kuchaytirish koeffisenti qiymatga qadar kamayib boradi va kuchaytirgich chiqishida tezlanishlar amplitudasining statsionar qiymati oʻrnatiladi. Yuqorida koʻrilgan ifoda shuni koʻrsatadiki, kuchaytirgich signalni necha marta oshirsa teskari bogʻlanish zanjiri uni shuncha marta kamaytiriladi va bu shartga amplituda balans sharti deyiladi. Amplituda balans sharti bajarilganda ta’minlash manbayi energiyasi musbat teskari bogʻlanish zanjiri orqali yoʻqotilgan energiyani kompensatsiyalab turadi. Kuchaytirgichning faza chastota tavsifnomasining bogʻliq holda amplituda va faza balans sharti teskari bogʻlanish zanjirida chastotaning toʻliq spektri uchun yoki bitta chastota uchun bajarilishi mumkin. Birinchi holda generator chiqishida murakkab shaklli tebranishlar, ikkinchi holda esa sinusoidal shakldagi tebranishlar generatsiyalanadi. Bitta chastotada amplituda va faza balans shartlari bajarilishi uchun kuchaytirgich sxemasida yoki koʻp hollarda teskari bogʻlanish zanjirida chastotaga bogʻliq boʻlgan zanjir tuziladi.
Musbat teskari bogʻlanish generatorlarda tashqi yoki ichki boʻlishi mumkin. Tashqi chastotaga bogʻliq zanjirlar tuzish bilan amalga oshiriladi.
Ichki musbat teskari bogʻlanish esa elektron asboblarning ish rejimlarida ishlashi bilan yuzaga keladi. Odatda sinusoidal tebranishlar generatorlarini tuzishda tashqi musbat zanjirlaridan foydalaniladi, chunki bunday teskari bogʻlanish ichki teskari bogʻlanishga nisbatan yuqori chastota stabiliga ega boʻlgan tebranishlarni hosil qiladi.Generatordagi statsionar tovushlar amplitudasini aniqlashda tebranishlar tavsifnomasi va teskari bogʻlanish chizigʻidan foydalangan holda grafik usulda aniqlash mumkin.
Tebranishlar tavsifnomasi – bu kuchaytirgich chiqishidagi tokning asosiy (birinchi) garmonikasi amplitudasining teskari bogʻlanish zanjiri orqali kuchaytirgichning kirishiga uzatilayotgan kuchlanishga bogʻliqligidir. Tebranishlar tavsifnomasi nochiziqlidir. Chunki uning koʻrinishi nochiziqli elementar parametrlari bilan aniqlanadi. Teskari bogʻlanish chizigʻi – bu kirish kuchlanishi amplitudasining kuchaytirgich chizish toki amplitudasining garmonikasiga bogʻliqligidir. Teskari bogʻlanish chizigʻi teskari bogʻlanish zanjirining susaytirish xususiyatini xarakterlaydi va u toʻgʻri chiziqli ogʻmadan iborat boʻladi, uning ogʻmasi chiziqli boʻlib,chiziqli toʻrt qutbli teskari bogʻlanish zanjirining parametrlari bilan aniqlanadi.
Statsionar tebranishlar amplitudasini aniqlash uchun teskari bogʻlanish generator chizigʻining va tebranishlar tavsifnomasini bitta grafikda chiziladi
Ilova2
Fazaburuvchi RC zanjirli generatorlar.
Bunday generatorlarning tarkibi tuzilishi fazani ga buruvchi kuchaytirgichdan va faza balans shartini bajarishi uchun signalning fazasini ga buruvchi musbat teskari bogʻlanish zanjiridan iborat boʻladi. Bunday generatorlarda generatsiya chastotasidan boshqa chastotalarda faza balans sharti bajarilmayda. Fazaburuvchi teskari bogʻlanish zanjiri sifatida uch zivinoli RC zanjirlardan foydalaniladi. Bunday zanjirlarning sxemasi 2 -a-b-rasmlarda amplituda-chastota va faza - chastota tavsifnomalari 2 v-g-rasmlarda tasvirlangan.
2-rasm. a va b faza buruvchi RC zanjirlar. v va g RC zanjirlarning faza chastota tavsifnomasi.
Sxemasi 2-a-rasmda tasvirlangan zanjirning generatsiya chastotasi va chastotadagi uzatish koeffisentini quyidagi formulalardan foydalangan holda toppish mumkin.
(3)
(4)
Sxemasi 2-b-rasmda tasvirlangan zanjirning rezonans chastotasi va uzatish koeffisenti quyidagi formulalardan aniqlanadi.
(5)
(6)
Yuqorida keltirilgan (4) va (6) formulalardan koʻrinadiki, fazaburuvchi RC zanjir koʻrsatgich kirishiga uzatayotgan teskari bogʻlanish signalini keskin kamaytiradi. Shunga koʻra generatorga amplituda balans sharti bajarilishi va tebranishlar yuzaga kelishi uchun kuchaytirgichning kuchaytirish koeffisenti shart bajariladigan qilib tanlash lozim. Eng oddiy fazaburuvchi zanjirli generatorning sxemasi 3 – rasmda tasvirlangan.
3-rasm. Umumiy emitterli kuchatirgich
asosida tuzilgan RC generator sxemasi.
Sxemada kuchaytirgich tranzistorda umumiy emitterli sxema asosida tuzilgan. Generatsiyalanayotgan tebranishlar shakliga sxema elementlarining ta’sirini kamaytirish maqsadida chastotaga bogʻliq boʻlmagan joriy tok boʻyicha manfiy teskari bogʻlanish amalga oshirilgan. Generator normal ishlashi uchun muvoffiqlashtiruvchi kaskad boʻlishi lozim. Ushbu maqsadda iborat emitterli takrorlagich boʻlmagan holda generatorning oʻz-oʻzidan uygʻonishi juda qiyin.cunki teskari bogʻlanish zanjiri rezistorni qisqa ulaydi., natijada kuchaytirgich kuchaytirish koeffisenti kamayadi. Ikkinchidan kichik kirish qarshiligi, uzatish koeffisentini kamaytiradi.
Generatorning generatsiya chastotasini (5) formula yordamida aniqlash mumkin. Agar rezistorning qarshiligi emitterni takrorlagichning kirish qarshiligidan juda kichik boʻlsa, ya’ni .
Agar bu shart bajarilmasa, generatorning generatsiya chastotasi qisqa ulash ta’sirini hisobga olgan holda quyidagi formula bilan aniqlanadi.
(7)
Sunmas tebranishlarni hosil qilish uchun teskari bogʻlanishni kuchaytirgichning kuchaytirish koeffisentini quyidagi formula bilan aniqlanadi.
(8)
|