• Kichik guruhlarda ishlash” usuli
  • Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti




    Download 0,67 Mb.
    bet14/22
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,67 Mb.
    #238407
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
    Bog'liq
    Maktabda geometriya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarni

    Eslatma: oʻqitish jarayonini samarali va natijali boʻlishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan quyida keltirilgani interfaol uslublar va oʻqitish texnologiyalarining barchasi R.Ishmuhamedov tomonidan koʻp yillar mobaynida yaratilgan boʻlib, hozirgi kunda ular respublikamizning barcha umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta’lim muassasalari, oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari va fakultetlarida keng miqyosda qoʻllanilib kelinmoqda hamda ijobiy natijalar bermoqda.

    1. Aqliy hujum” usuli

    “Aqliy hujum” biror muammoni yechishda guruh qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan samarali usuldir. U toʻgʻri va ijodiy qoʻllanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga oʻrgatadi. “Aqliy hujum” yordamida turli xil muammolami hal qilishning yoʻllari izlanadi. Bu usul guruhning har bir a’zosi fikrini tezda yigʻish va umumlashtirish imkonini beradi. “Aqliy hujum”ni, oʻquvchilar muammo haqida yetarli ma’lumotga ega boʻlmagan hollarda ham qoʻllash mumkin. Bu kutilmagan, oddiy sharoitda aqlga kelmaydigan antiqa yechimlar topish imkonini beradi.

    1. Kichik guruhlarda ishlash” usuli

    Ta’limning kichik guruhlarda ishlash usuli “ta’lim beruvchi-ta’lim oluvchi” dialogidan voz kechishni va “ta’lim beruvchi-guruh-ta’lim oluvchi” koʻrinishidagi oʻzaro munosabatga oʻtishni nazarda tutadi. Oʻquvchilar, tarkibi boʻyicha harakatchan kichik guruhlarga boʻlinadi va ularning har biri oʻzicha oʻquv materialini oʻzlashtiradi. Tajriba shuni koʻrsatadiki, shu tufayli siz bilan ta’lim oluvchilar oʻrtasida mustahkam aloqa oʻrnatiladi, shaxsiy va bir vaqtning oʻzida ta’lim jarayonida jamoaviy ruhiy holat kuchayadi.
    Ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi harakati tashkillashadi, bu esa, oʻquv - bilish jarayonini faollashtirishga, ularda empatiyani, kommunikativlikni shakllantirishga koʻmaklashadi:



    • vazifani hamkorlikda bajarish jarayonida, ta’lim oluvchilarda oʻrtoqlari to­monidan bildirilgan fikrlami muhokama qilishga motivatsiya paydo boʻladi;

    • berilgan ishni oxiriga yetkazishga intilishda bir-birini qoʻllab-quvvatlashni ham­da individual farqning mavjudligiga qaramasdan hamkorlik qilishni tarbiyalaydi;

    • ma’lum bir vazifani bajarish uchun tuzilgan jamoada yoki kichik guruhda mahsuldor ishlashni ta’minlaydi;

    • oʻzining va guruhning mehnati natijalari uchun mas’uliyatli boʻlishga undaydi.


    1. Download 0,67 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




    Download 0,67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti

    Download 0,67 Mb.