|
Oʻquvchilar 9-sinfda geometriyani oʻrganish natijasida 7-8-sinflarda oʻzlashtirganlari bilan bir qatorda quyidagi bilim va koʻnikmalarni egallashlari lozim
|
bet | 10/22 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #238407 |
Bog'liq Maktabda geometriya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarniOʻquvchilar 9-sinfda geometriyani oʻrganish natijasida 7-8-sinflarda oʻzlashtirganlari bilan bir qatorda quyidagi bilim va koʻnikmalarni egallashlari lozim:
Bilimlar:
oʻxshash shakllar tushunchasiga ega boʻlish va ularning ta’rifini hamda belgilanishini bilish;
uchburchaklar va koʻpburchaklarning oʻxshashlik alomatlarini bilish;
oʻtkir burchakning sinusi, kosinusi, tangensi va kotangensi ta’riflarini bilish;
ixtiyoriy burchakning sinus va kosinusi ta’riflarini bilish;
• asosiy trigonometrik ayniyatlami bilish;
• uchburchakning yuzini burchak sinusi yordamida hisoblash for-
mulasini bilish;
• sinuslar va kosinuslar teoremasini bilish;
koʻpburchakka tashqi va ichki chizilgan aylananing xossalarini bilish;
muntazam koʻpburchaklar ta’riflni va xossalarini bilish;
muntazam koʻpburchakka tashqi va ichki chizilgan aylanalarni chizish mumkinligini bilish;
muntazam koʻpburchakning yuzini uning tomoni bilan tashqi va ichki chizilgan aylanalar radiuslari orqali ifodalovchi formulalarni bilish;
aylana uzunligini va uning yoy uzunligini hisoblash formulalarini bilish;
burchakning radian oʻlchovini bilish;
doira va uning boʻlaklari haqida tushunchaga ega boʻlish, ularning uzunligini topish formulalarini bilish;
toʻg‘ri chiziqqa tushirilgan perpendikular, nuqtadan toʻg‘ri chiziqqacha boʻlgan masofa, og‘ma, og‘maning asosi va proeksiyasi haqida tushunchaga ega boʻlish;
• perpendikular, og‘ma va uning proeksiyasi haqidagi teoremalarni bilish;
ikki kesmaning nisbati tushunchasini bilish;
toʻg‘ri burchakli uchburchakda gipotenuzaga tushirilgan balandlikning xossalarini bilish;
kesuvchi vatarlar kesmalarning va kesuvchi kesmalarning xossalarini bilish;
dastur doirasida allomalarimizning geometriya rivojiga qoʻshgan hissalari, asarlari haqida tasavvurga ega boʻlish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻquvchilar 9-sinfda geometriyani oʻrganish natijasida 7-8-sinflarda oʻzlashtirganlari bilan bir qatorda quyidagi bilim va koʻnikmalarni egallashlari lozim
|