|
FOYDALANILAYOTGAN ADABIYOTLAR…………………………. 64
|
bet | 2/22 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #238407 |
Bog'liq Maktabda geometriya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarniFOYDALANILAYOTGAN ADABIYOTLAR…………………………. 64
Farzandlarimiz bizdan koʻra kuchli,bilimli,
dono va albatta baxtli boʻlishlari shart.
Islom Karimov
Kirish
Mavzuning qoʻyilishi. Mazkur bitiruv malakaviy ishda umumta’lim maktablarida geometriyani oʻrganishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishga doir ma’lumotlar, mavzuning asosiy tushunchalarini oʻrganishda innovatsion pedagogik texnologiyalar foydalanilgani koʻrsatilgan. Aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, klaster, BBB jadvali usullaridan foydalanishning xususiyatlari bayon etilgan va dars ishlanmalari keltirilgan.
Hozirga davrda umumta’lim maktab oʻquvchilarining ta’lim tarbiyasi davlat ahamiyatiga molik vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. Shuni hisobga olgan holda umumta’lim maktablarida geometriyani oʻrgatishda matematik ta’limda an’anaviy oʻqitish bilan muvofiqlikda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni qoʻllash muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuning dolzarbligi. Geometriyani oʻqitishda oʻquvchilar intelektual qobiliyatini hisobga olsak, jamoaviy va individual ishlash maqsadga muvofiqdir, ya’ni ketma-ket savollar berish va uni muhokama qilish, aqliy hujum, klaster, hamkorlikda ishlash orqali oʻquv jarayonini tashkil etish, birinchidan oʻquvchilar faolligini oshiradi, ikkinchidan esa, oʻquvchilar fikrlash usullariga, mustaqil isbotlashga oʻrgatish uchun imkon beradi. Shu bilan bir qatorda pedagogik innovatsion texnologiyalarni bu usul bilan mos holda tashkil qilish yaxshi samaralar beradi. Shuni hisobga olib geometriyani oʻrganishning dolzarbligi kelib chiqadi
Ishning maqsadi. Umumta’lim maktablarida geometriya kursini oʻqitishda, oʻquv jarayonida an’anaviy oʻqitish usuliga muvofiq holda ya’ni pedagogik innovatsion texnologiyalardan foydalanishni samarali yoʻlga qoʻyish, oʻquvchilarga puxta va chuqur bilimlarni egallashlarida imkon beruvchi dars ishlanmalarini ishlab chiqish va joriy qilish.
Ishning vazifalari. Umumta’lim maktablarida geometriyani oʻrgatishda oʻquvchilar bilim va koʻnikmalarini tekshirish usullari.
Oʻquvchilarning mustaqil ishlarini pedagogik innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish usullari.
Umumta’lim maktablarida geometriyani oʻqitishda pedagogik innovatsion texnologiyalar va turlari.
Pedagogik va innovatsion texnologiya usullari.
Darsda va darsdan tashqari mashgʻulotlarda mustaqil ishlarni tekshirish, uy vazifalari va individual mustaqil ishlarini muvofiqligini ta’minlash.
|
| |