|
Ishning ilmiy tadqiqot metodlari
|
bet | 3/22 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #238407 |
Bog'liq Maktabda geometriya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarniIshning ilmiy tadqiqot metodlari. Analiz, sintez, kuzatish, tajriba, umumlashtirish va taqqoslash usullari.
Ishning ilmiy ahamiyati. Ishda umumta’lim maktablarda geometriyani oʻqitishda oʻquvchilar bilim va koʻnikmalarini tekshirish usullari, pedagogik innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyati va usullarining nazariy jihatdan asoslarining bayon etilishi.
Ishning amaliy ahamiyati. Ishdan natijalar umumta’lim maktablarida geometriya kursini oʻqitishda oʻquvchilarga dars jarayonida va darsdan tashqari mashgʻulotlarda pedagogik innovatsion texnologiya usullaridan foydalanishni tashkil etishda koʻnikma boʻlishi va ilmiy tadqiqot ishlarida oʻquvchilar bilim, koʻnikma va malakalari nazoratini oʻtkazishda pedagigik innovatsion texnologiyalarni qoʻllashning nazariy asoslarini ochib berishda qoʻl keladi.
Ishning tuzilishi. Ish kirish, 2 ta bob, toʻrtta paragraf, xulosa va foнdalanilgan adabiyotlardan iborat boʻlib, ishning hajmi 66 betdan iborat.
Ishning qisqacha mazmuni. Ishda umumta’lim maktablarida geometriyani oʻrgatishda oʻquvchilar bilim va koʻnikmalarini tekshirish usullari, oʻquvchilarning mustaqil ishlashini tashkil etish usullari, darslarda va darsdan tashqari mashgʻulotlarda oʻquvchilar bilimlari va koʻnikmalarini tekshirishning ahamiyati, umumta’lim maktablarida geometriyani oʻqitishda pedagogik innovatsion texnologiyalar mazmuni va turlari, pedagogik innovatsion texnologiya interfaol usullari, darslarda va darsdan tashqari mashgʻulotlarda oʻquvchi mustaqil geometriyani oʻrganish va mutaqil ishlarni muvofiqligini ta’minlash usullari, bayon etilgan va ular boʻyicha dars ishlanmalari va zaruriy uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
I-BOB. MAKTAB GEOMETRIYA KURSINI OʻQITISHNING NAZARIY ASOSLARI
1-§. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari
Oʻzbekiston Respublikasidagi ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogika OTMlarining asosiy vazifasi jahon talablari darajasida yangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash, ushbu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini e’tirof etish emas, balki ularga nisbatan ijodiy yondoshuvni shaklantirish va mustaqil fikrlash kabi sifatlarni tarbiyalashdan iboratdir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim-tarbiyaning maqsadini oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitdan toʻla xolis etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash deb belgiladi. Demak, ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda ham mazmunning, ham pedagogik jarayonning yangilanishi tabiiydir.
Soʻnggi yilllarda fanda ta’lim berishning yangi yoʻnalishi sifatida pedagogik innovatsiya rivoj topib kelmoqda. Olimlarning ta’kidlashicha, amaliyotda yoʻl koʻrsatuvchi pedagogik nazariyamizning asosiy kamchiliklaridan biri - bilim va ta’limning ustunligini qattiq boʻrttirib yuborishdadir. Insoniy, ma’naviy, mehnat tarbiyasi zarariga bilimda yodlab olish hajmi koʻpayib borishi maktab hayotida odatiy hol boʻlib qoldi. Bu holatdan chiqish uchun boʻlgan har qanday harakat innovatsion deb hisoblanyapti.
Haqiqatan ham, pedagogik tizim saqlanib qolar ekan, bu holda faqat uni mukammallashtirish haqida gapirish mumkin. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg’or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab koʻrgan holda amaliyotga tatbiq etishga boʻlgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi. Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa-ilgʻor ta’limiy yangiliklarni aniqlash, sinab koʻrish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining
dolzarbligini oshirdi.
Adabiyotlarda koʻrsatilishicha, “innovatsiya” tushunchasi XIX asrda etnografiyada paydo boʻlib, bir madaniyat elementlarini ikkinchisiga kiritishni bildirgan. ХХ asrga kelib ishlab chiqarish sohasiga kirib kelgan bu tushuncha ilmiy bilimlarning yangi bir sohasi, yangiliklarni kiritish haqidagi fan - innovatika sifatida shakllana boshladi. Bu fan ilmiy texnik yangiliklarni yaratish va tarqatishning iqtisodiy, ijtimoiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi fandan hozirgi kunda aniq bir faoliyatdagi yangilik qonuniyatlari, tamoyillari, metod va mezonlarini oʻrganuvchi fanga aylandi.
30-yillarda AQSHda “firma innovatsion siyosati”, “innovatsion jarayon” atamalari paydo boʻldi. 60-70- yillarda Gʻarbda firmalar va boshqa korxonalarda amalga oshirilayottan yangiliklarni empirik tekshirishlar keng quloch yoydi. Firma yangiliklarni kiritish tashabbuskori va yaratuvchisiga aylandi.
Taxminan oltmish yillar avval pedagogik yangiliklar tadqiqot predmetiga aylana boshlagan. Ta’lim muassasalarini jadal rivojlantirish ehtiyoji bilan uni amalga oshirishga oʻqituvchilarning tayyor emasligi orasidagi ziddiyatdan pedagogik yangiliklar mustaqil sohaga aylandi. Buning natijasida yangilikni qoʻllash ommaviy tus oldi, yangi bilimlarga ehtiyoj kuchaydi. Pedagogik innovatikaning “yangi”, “yangilik”, “innovatsiya”, “innovatsion jarayon”, “innovator”, “innovatsion imkoniyat”, “innovatsion muhit” v.b. tushunchalari kirib keldi.
“Yangi” tushunchasi innovatsion pedagogikada asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Agarda birinchi – “birinchi yaratilgan” iborasi ilgari umuman ma’lum boʻlmagan biror narsa haqida tasavvur bersa, “yaqindan beri” va ayniqsa “yangitdan ochilgan” iboralari yangilikda qandaydir darajada “eskilik” elementi, ilgari boʻlgan biror narsa borligini ifodalaydi. S.I.Ojegov lugʻatida “yangi”-“birinchi marotaba yaratilgan yoki qilingan, oldingisi oʻrniga yaqinda paydo boʻlgan, yaqin oʻtmish yoki hozirgi vaqtda qaytadan ochilgan, yaxshi tanish boʻlmagan” deyilgan.
O.G.Xomeriki, M.M.Potashnik, A.V.Lorensov tadqiqotlarida ishlab chiqilgan innovatsiyalar tasnifi umumta’lim muassasalari rahbarlari uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga koʻra mualliflar ta’limdagi yangiliklarni quyidagi asosiy belgilar boʻyicha tasniflashni taklif etadilar:
-yangilikni ta’lim-tarbiya jarayonining u yoki bu qismiga tegishliligiga qarab;
-yangilikni oʻzgarish hajmi, miqyosiga qarab;
-yangilikning innovatsion imkoniyati turiga qarab;
-yangilikning oʻzidan oldingisi bilan aloqasiga qarab.
Qayd etilgan har bir belgiga turli yangilik mos keladi. Oʻquv-tarbiya jarayonining u yoki bu qismiga mos keladigan yangiliklar quyidagicha:
-ta’lim mazmunida;
-oʻquv jarayonining metodikasi, texnologiya, shakl, metod, uslub, vositalarida;
-oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda;
-ta’lim muassasasini boshqarishdagi yangiliklar.
Yangliklar koʻlami va hajmiga koʻra quyidagicha boʻlinishlarga ega:
-xususiy (bir-biri bilan bogʻliq boʻlmagan lokal, yakka);
-modulli (aniq bir yosh guruhi yoki predmetlar guruhiga aloqador boʻlgan, bir-biri bilan bogʻliq xususiy yangiliklar majmui);
-tizimli (ta’lim muassasasini butunlay qamrab oluvchi) yangiliklar. Yangilikning salohiyati, imkoniyatiga koʻra u zamonaviylashtirilgan, kombinator va radikal yangiliklarga boʻlinadi.
Zamonaviylashtirilgan yangiliklar takomillashtirish, koʻrinishini oʻzgartirish, dasturi, metodikasi, tarkibi, algoritmi, ishlanmasi zamonaviylashtirilishidan paydo boʻladi.
Kombinator yangilikda oldindan ma’lum boʻlgan metodika elementlari yangicha talqinda ishlab chiqiladi.
Radikal yangilik keskin oʻzgarishlarga olib keladigan tubdan oʻtkaziladigan islohatlar natijasida vujudga keladi.
Oʻzidan oldingisi bilan aloqasiga koʻra aniqlanadigan yangiliklarni quyidagi turlarga ajratadilar:
-oʻrnini almashtiruvchi (qandaydir eskirgan vosita oʻrniga boshqasi kiritiladi); -bekor qiluvchi (faoliyatning biror-bir qismi, shakli yoki dasturini boshqasi bilan almashtirish);
-boshlovchi (oldindan mavjud boʻlmagan yangi dastur, texnologiya, ta’lim xizmati v.b.larni ochish);
-retro (qachonlardir dolzarb boʻlgan, ta’lim amaliyotida ishlatilgan, lekin shu kunda ta’lim muassasasi uchun yangi).
V.A.Slastenin, L.S.Podimovalar tadqiqotlarida yangilik absolyut, nisbiy, psevdo, sub’ektiv yangiliklarga ajratilgan (1-jadval).
|
| |