Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti




Download 0,67 Mb.
bet4/22
Sana16.05.2024
Hajmi0,67 Mb.
#238407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Maktabda geometriya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarni

Yangilik turlari



Yangilik turi

Yangilikning xarakterli xususiyati

I.

Absolyut yangilik

Noma’lum boʻlgan “yangilik”, unga oʻxshashi boʻlmagan

II.

Nisbatan yangi: 1) xususiy

Zamonaviylashtirish nuqtai nazaridan ayrim elementlar yangilanadi

2) shartli

Avvaldan malum elementlar orasidagi bogʻlanishlarni oʻzgartirish asosida murakkab va rivojlantiruvchi oʻzgarishlar kelib chiqadi

3) joyli

Boshqa sohalarda qoʻllanilgan yangilikni aniq vaziyatlarga tatbiq etish; noyobligi, umumlashtirish darajasiga koʻra boshqa yangilikni keltirib chiqaradi

III.

Psevdo yangilik

Yaxshiroq emas, boshqacharoq boʻlishiga intilish

IV.

Sub’ektiv
yangilik

Subekt uchun yangi. Boshqalarga malum, lekin alohida olingan inson, jamoa yoki jamiyat uchun yangi predmet yoki hodisa

N.V.Bordovskaya va N.V.Reanlar maktablar hamda oliy oʻquv yurtlaridagi yangiliklarni tasniflaganlar (2-jadval).
“Pedagogik yangilik” tushunchasini R.N.Yusufbekova: ”Pedagogik voqelikni oʻzgartirishning mumkin boʻlgan shunday mazmuni-ki, u oldindan ma’lum boʻlmagan, avval uchramagan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotini rivojlantiruvchi holat, natijaga olib keladi”, - deb ta’riflaydi. Ilmiy pedagogik adabiyotlar tahlili olimlar tomonidan yangilik qandaydir aniq bir belgisi boʻyicha tasniflanishini koʻrsatdi.
Nazariy va amaliy pedagogika uchun an’ana va innovatsiyalarning har ikkalasi ham muhimligidan ular orasidagi nisbat masalasi katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy tajribada “norma”, “an’ana” tushunchalari barqarorligi mustahkam tushunchalardir. Ular ijtimoiy tajribani saqlaydi, innovatsiya esa oʻzgartiradi.An’ana va innovatsiyalarni mutanosiblikda qoʻllash rivojlanishga sharoit yaratadi, ularning oʻzgaruvchan oʻzaro munosabati birgalikda mavjud boʻlish, oʻz funksiyalarini amalga oshirish va rivojlanish imkoniyatini beradi.
Ta’lim sohasidagi yangiliklar



Tasnif belgilari

Yangiliklar turlari

1.

Ta’lim jarayonining u yoki bu qismiga mosligiga koʻra

-ta’lim maqsadi va mazmunida;
-pedagogik jarayonning metod, vosita, uslub, texnologiyalarida;
-ta’lim-tarbiyani tashkil etish shakl va yoʻllarida;
-ma’muriyat, oʻqituvchilar, oʻquvchilar faoliyatida.

2.

Yangilikning
innovatsion
imkoniyatlari

-dastur, oʻquv reja v.b.ni takomillashtirish, oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan oldindan qabul qilingan va malum boʻlganlarni zamonaviylashtirish;
-kombinator yangiliklar;
-radikal oʻzgarishlar.

3.

Oʻzidan oldingisi bilan aloqasiga koʻra

-oʻrnini almashtiruvchi;
-bekor qiluvchi;
-eskini takomillashtiruvchi.

4.

Yangilik miqyosi

-lokal va ayrim, maktab yoki OTMdagi bir-biri bilan bogʻliq boʻlmagan;
-kompleks, bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq oʻzgarishlar;
-tizimli, ta’lim tizimi sifatida maktab yoki OTMni qamrab olgan yangilik.

“Innovatsion jarayon” tushunchasi “pedagogik innovatsiya” tushunchasi bilan uzviy bogʻliq. Jarayon (lot. processus-siljish, ilgarilash) aniq natijaga erishishdagi ketma-ket harakatlar majmuasi. Ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahliliga koʻra innovatsion jarayon - zamonaviy, dolzarb, berilgan sharoitga moslashgan va aniq mezonlarga javob beruvchi gʻoya (nazariya, uslubiyot, texnologiya v.b.)ni yaratish,oʻzlashtirish, qoʻllash va tarqatishdagi motivlashgan, maqsadga qaratilgan va ongli jarayondir. A.V.Lorensov, M.M.Potashnik, O.G.Xomeriki tadqiqotlarida innovatsion jarayon quyidagicha ta’riflanadi: innovatsion jarayon–yangilikni yaratish (tugʻilishi, ishlab chiqilishi), oʻzlashtirish, qoʻllash va tarqatishdagi kompleks faoliyat. Ta’limdagi innovatsion jarayonlar asosini pedagogikaning ikkita muhim muammolari: pedagogik tajribani oʻrganish; psixologiya, pedagogika yutuqlarini amaliyotga yetkazish tashkil etib, uning natijasi yangilikni ham nazariy, ham amaliy qoʻllashdan iboratdir.


Pedagogik innovatsiyalarning asosiy kategoriyalariga “innovatsion imkoniyat”, “innovatsion muhit” tushunchalari ham kiradi. Maktabning innovatsion imkoniyati

  • uning yangilikni yaratish, qabul qilish, amalga oshirish qobiliyati hamda pedagogik maqsadga javob bermaydigan, eskilardan holis boʻlishi. Innovatsion muhit - maktab ta’lim jarayoniga yangiliklarni kiritishni ta’minlovchi tashkiliy, metodik, psixologik xarakterdagi choralar majmuasi bilan mustahkamlangan aniq bir ma’naviy-ruhiy sharoit.

Innovatsion jarayonni samarali boshqarish uni tarkibini puxta oʻrganish bilan amalga oshadi. Yangiliklarni kiritish jarayon boʻlib, u bir nechta bosqichlar asosida amaga oshiriladi. Pedagogik adabiyotlarda bu bosqichlar quyidagicha koʻrsatilgan:

  1. yangi gʻoyaning tugʻilishi yoki yangilik konsepsiyasining paydo boʻlishi;

  2. kashf qilish, ya’ni yangilikning yaratilishi;

  3. yangilikni kiritish va tarqatish;

  4. aniq sohada yangilikning hukmronligi

5) boshqa yangilik kirib kelishi bilan bogʻliq holda bu yangilikni qoʻllanish miqyosining qisqarishi.
B.M.Smirnov, NL.Ponomarev tadqiqotlari natijalariga koʻra ta’lim jarayoniga kiritiladigan yangiliklarning pedagogik qonuniyatlari quyidagilardan iborat:

  1. ta’lim xizmatlari bozoridagi raqobatning kuchayishi, ta’limning fan va amaliyot bilan integrasiyasiga mos ravishda ta’lim mazmuni va metodlarida innovatsion komponentning oʻsishi;

  2. bilimlar eskirish jarayonining tezlashishi va bu bilan bogʻliq holda ta’limning fundamentallashish, oʻzgarish tezligi va miqyosining oʻsishi;

  3. pedagogik innovatsiyalar sharoitida pedagogik jarayon stabilligining vaqtinchalik izdan chiqishi;

  4. pedagogik yangiliklarni bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni va metodlaridan innovatsion qobiliyatlarni shakllantirish jarayoni va metodlariga qarab yoʻnaltirish;

  5. fanlararo va koʻp fanlarda qoʻllaniladigan pedagogik innovatsiyalarning paydo boʻlishi va ahamiyatining ortishi;

  6. oʻquv fanlarining maxsus pedagogik innovatsiyalardan integrallashgan yangiliklarga oʻtishi;

  7. ilmiy-pedagogik yangiliklarni koʻchirishning paydo boʻlishi, miqyosining oʻsishi va rolining ortishi, yangi bilimlarni oʻquv jarayoniga qoʻllash va mos ravishda fan va pedagogik amaliyot orasidagi uzatish boʻgʻinlarini kuchaytirish.

Innovatsion faoliyatning samaradorlik mezonlaridan yangilik, optimallik, yuqori natijaviylik, yangilikni ommaviy tajribada ijodiy qoʻllash imkoniyati muhim sanaladi.

Download 0,67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 0,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti

Download 0,67 Mb.