|
Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti
|
bet | 9/22 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #238407 |
Bog'liq Maktabda geometriya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarniKoʻnikmalar:
chizmadan parallelogramm, toʻg‘ri toʻrtburchak, kvadrat, romb, trapetsiyalami topa olish;
chizmada parallelogramm, toʻg‘ri toʻrtburchak, kvadrat, romb, trapetsiyaning berilgan elementlariga koʻra tasvirlay olish;
parallelogramm va uning turlariga xos xossalaridan masalalami yechishda foydalana olish;
oʻqqa nisbatan va markaziy simmetriyaga oid misollarni atrof-muhitdan keltira olish;
berilgan nuqta va kesmaga simmetrik boʻlgan nuqta va kesmani yasay olish;
proporsional kesmalarni yasay olish;
Fales teoremasi va uning natijalaridan, proporsional kesmalarning xossalaridan foydalanib masalalar yecha olish;
uchburchakning yuzini tomoni va unga tushirilgan balandlik boʻyicha hisoblay olish;
toʻg‘ri toʻrtburchak, kvadrat, romb, parallelogramm, trapetsiya, koʻpburchakning berilgan elementlariga koʻra, oʻrganilgan xossa va formulalarini qoʻllab, yuzini hisoblay olish;
Pifagor teoremasi va uning tatbiqiga oid masalalarni yechish;
aylana va uning xossalariga oid masalalarni yecha olish;
ikki aylananing oʻzaro joylanishlarini tasavvur qila olish;
aylanaga urinmani yasay olish;
aylanaga oʻtkazilgan urinmaning xossalaridan foydalanib masalalar yechish;
markaziy va ichki chizilgan burchakni chizmadan topa olish va ularni tasvirlay olish;
bitta yoyning gradus oʻlchovini topish uchun shu yoyga tiralgan markaziy va ichki chizilgan burchaklaming xossalarini qoʻlay olish;
uchlari berilgan aylanada yotgan yoki unga uringan uchburchaklarni chizmada tasvirlay olish;
ichki va tashqi chizilgan aylanalarni chizmada tasvirlay olish;
vektor kattalikning berilish usullari, yozilishini va oʻqilishini
bilish;
yoʻnalishdosh, qarama-qarshi yoʻnalgan, kollinear va nokollinear vektorlami bir-biridan ajrata olish;
berilgan ikkita vektoming yig‘indisi va ayirmasini geometrik yasay olish;
vektor kattaliklarga oid murakkab boʻlmagan masalalami yecha olish;
koordinatalari berilgan vektorlar ustida chiziqli amallarni bajara olish;
vektorlarning skalyar koʻpaytmsini koordinatalariga koʻra hisoblay olish.
|
| |