|
-sinfda geometriya fani boʻyicha oʻquvchilar egallashlari lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malaka me’yorlari
|
bet | 7/22 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #238407 |
Bog'liq Maktabda geometriya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarni7-sinfda geometriya fani boʻyicha oʻquvchilar egallashlari lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malaka me’yorlari:
Bilimlar:
geometrik figuralar. Geometrik kattaliklarni oʻlchash;
nuqta, toʻg'ri chiziq, tekislik haqida tasavvurga ega boʻlish;
kesmaning xossalarini bilish;
burchak va uning turlarini bilish;
vertikal va qoʻshni burchaklaming xossalarini bilish;
perpendikular va parallel toʻgʻri chiziqlar haqida tushunchaga ega boʻlish;
bissektrisa haqida tushunchaga ega boʻlish va uning xossasini bilish;
siniq chiziq va koʻpburchak haqida tushunchaga ega boʻlish;
uchburchakning asosiy elementlarini bilish;
uchburchak va ularning turlarini bilish;
uchburchaklaming tenglik alomatlarini bilish;
kesma oʻrtasidan oʻtkazilgan perpendikularning xossasini bilish;
teng yonli uchburchak bissektrisasining xossasini bilish;
ikki toʻgʻri chiziqni uchinchi toʻgʻri chiziq kesganda hosil boʻladigan burchaklami farqlay olish;
ikki parallel toʻgʻri chiziqni uchinchi toʻgʻri chiziq kesganda hosil boʻladigan burchaklarning xossalarini bilish;
mos tomonlari oʻzaro parallel va perpendikular burchaklar haqidagi teoremalarni bilish;
uchburchak burchaklarining yigʻindisi haqidagi teoremani bilish;
uchburchak tashqi burchagining xossasini bilish;
dastur doirasida allomalarimizning geometriyaning rivojiga qoʻshgan hissalari haqida tasavvurga ega boʻlish.
Koʻnikmalar:
geometrik figuralar. Geometrik kattaliklarni oʻlchash;
chizmada, modelda geometrik figuralar (berilgan nuqta, kesma, toʻgʻri chiziq, burchak turlari, aylana, uchburchak)ni koʻrsata olish va ularni tasvir eta olish;
chizmada koʻrsatilgan figuralami belgilay olish va oʻqiy olish;
teorema va masala shartiga mos keluvchi chizmani chiza olish;
hisoblashga va isbotlashga oid masalalarni yechishda asosiy figurani tanlash hamda standart qoʻshimcha yasashlarni bajara olish;
kesmalarning uzunligini topa olish va ikki nuqta orasidagi masofani bevosita oʻlchay olish;
berilgan uzunlikdagi kesmani berilgan nuqtadan qoʻya olish;
sirkul yordamida ma’lum radiusli aylanani yasay olish;
burchakni tashkil etuvchi tomonlarni va uchini aniqlay olish;
burchakni toʻgʻri oʻqiy olish va yoza olish;
transportirdan foydalanib gradus oʻlchovi berilgan burchakni yasay olish;
burchak va uning turlarini tasvir eta olish hamda farqlay bilish;
chizmadan vertikal va qoʻshni burchaklarni topa olish;
vertikal va qoʻshni burchaklardan birining gradus oʻlchoviga koʻra qolganlarining gradus oʻlchovlarini topa olish;
berilgan burchakning bissektrisasini yasay olish;
uchburchak va uning turlarini tasvir eta olish;
teng uchburchaklardan mos elementlarni topa olish;
uchburchakning tenglik alomatlaridan uchburchakning tengligini isbotlashda qoʻllay olish;
uchburchaklaming tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatni masalalar yechishda qoʻllash olish;
sirkul va chizg'ich yordamida eng sodda geometrik yasashlarni bajara olish;
figurani tasvirlash uchun burchak kattaligini va kesmalaming uzunligini oʻlchash, geometrik asboblardan foydalanish malakalarini hosil qilish;
oʻrganilgan xossa va formulalarni qoʻllab, geometrik kattaliklar (uzunlik, burchak)ni topishga oid murakkab boʻlmagan masalalarni yechish.
|
| |