• Geometrik oʻyin darslari
  • Zakovat” oʻyini koʻrinishidagi darslar
  • Express-testlar
  • 4-§. Geometriya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning oʻrni va yoʻllari
  • Tadqiqot va loyiqa usullari




    Download 0,67 Mb.
    bet15/22
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,67 Mb.
    #238407
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
    Bog'liq
    Maktabda geometriya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarni

    Tadqiqot va loyiqa usullari

    Tadqiqot va loyiqa usullari oʻzlashtirish darajasining eng yuqori choʻqqisi hisoblanadi. Bu usul bilan dars oʻtilganda oʻquvchilar olgan bilimlari asosida hali oʻrganilmagan kichik bir masala ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishadi, masala yechimiga doir keltirilgan taxmini izlab topilgan dalillar asosida toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini tekshirishadi va isbotlashadi.

    1. Geometrik oʻyin darslari

    Oʻyinlar ta’lim uslubi sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi: oʻrgatuvchi - umumta’lim mahoratini shakllantirish, ijodiy qobiliyatini oʻstirish, shu jumladan yangi vaziyatlarni tushuntirish, aniqlash va tahlil qilish;

    • rivojlantiruvchi - mantiqiy tafakkurni, nutqni atrof-muhit sharoitiga moslash qobiliyatini oʻstirish;

    • qiziqtiruvchi - ishtirokchilarni oʻquv faoliyatiga undamoq, mustaqil xulosaga kelishiga ragʻbatlantirish;

    • tarbiyaviy - mas’uliyatni, kommunikativlikni shakllantirish.



    1. Zakovat” oʻyini koʻrinishidagi darslar

    Bu mashgʻulotni bob yakunida takrorlash darsi sifatida tahlil qilish mumkin. Natijada 1 soatlik darsda katta bir boʻlim, bob boʻyicha oʻtilgan oʻquv materialini takrorlab, oʻrgangan bilimlarini mustahkamlab olish va hamma oʻquvchilarni mashgʻulotga jalb qilib ularning darsda faol boʻlishlariga erishish mumkin.

    1. Express-testlar

    Exspress-testlar ma’lum tushunchalar ketma-ketligidan soʻng, shu mavzularda oʻquvchilar oʻrgangan bilimlarini nazorat qilish va uni mustah­kamlash uchun oʻtkaziladi. Oʻquvchilaming oʻzlashtirganlik darajalarini nazorat qilish va baholash uchun topshiriqlarining namunalari turli xil manbalardan yigʻilgan boʻlib, ular haqida ma’lumotga ega boʻlish va amaliyotda qoʻllay olish foydadan holi boʻlmaydi.

    4-§. Geometriya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning oʻrni va yoʻllari
    Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari) dan foydalanib, ta’limning samaradorligini koʻtarishga boʻlgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qoʻllanilgan mashgʻulotlar oʻquvchilar egallayotgan bilimlarni oʻzlari qidirib topishlariga, mustakil oʻrganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham oʻzlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. Oʻqituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yoʻnaltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday oʻquv jarayonida oʻquvchi asosiy figuraga aylanadi.
    Pedagog - olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida
    Nega oʻqitamiz?
    Nimani oʻqitamiz?
    Qanday oʻqitamiz?savollariga javob izlash bilan bir qatorda
    Qanday qilib samarali va natijali oʻqitish mumkin? - degan savoliga ham javob qidirdilar.
    Bu esa, olim va amaliyotchilarni oʻquv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni oʻqitishni ishlab-chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib koʻrish mumkin, degan fikrga olib keldi.
    Quyida maktab geometriya kursi ayrim mavzulari asosida dars texnologiyalari shu fikrimizning davomi sifatida keltirilgan.



    Download 0,67 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




    Download 0,67 Mb.