-§. Maktab geometriya fanini oʻrganishning mazmuni va qoʻllaniladigan innovatsion texnologiyalar




Download 0,67 Mb.
bet6/22
Sana16.05.2024
Hajmi0,67 Mb.
#238407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Maktabda geometriya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarni

2-§. Maktab geometriya fanini oʻrganishning mazmuni va qoʻllaniladigan innovatsion texnologiyalar
Oʻzbekistonning milliy mafkurasi, ma’naviyatini shakllantirish, qaror toptirishda xalq ta’limi tizimining ahamiyati nihoyatda salmoqlidir. Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlari va Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish toʻgʻrisida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta ta’limni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 1998 yil 18-may 203-qarorini hayotga joriy etish maqsadida 16-avgust 1999-yil Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998-1999 oʻquv yilida tajriba-sinovdan oʻtgan “Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 5-9-sinflari uchun matematikadan Davlat ta’lim standarti” tasdiqlandi. Ushbu Qarorda 1999-2000 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartini umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻquv dasturlari bilan birgalikda quyidagicha bosqichma-bosqich joriy etish koʻrsatildi:
-1999-2000 oʻquv yili 5-6 sinflar;
-2000-2001 oʻquv yili 7-sinf;
-2001-2002 oʻquv yili 8-sinf;
-2002-2003 oʻquv yili 9-sinf.
Umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standarti oʻquvchilar umumta’lim tayyorgarligiga qoʻyiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. Bu bilan oʻquv dasturlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, metodik tavsiyalar va boshqa oʻquv- metodik adabiyotlar uchun asos boʻldi.
Birinchi prezidentimiz I.Karimovning Oliy majlisning 1999-yil 14-aprelda boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston XXI asrga intilmoqda” ma’ruzasi va boshqa asarlarida keltirilgan ma’lumotlar, fikr-mulohazalar asosida pedagogika fanlari doktori, professor J.Ikromov rahbarligida ishlab chiqilgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun matematikadan dastur Oʻzbekistonning iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy va ma’naviy rivojlanish dinamikasini oʻquvchilar koʻz oldida namoyon etish va ular ongiga singdirishga xizmat qiladi. Tarixdan matematikaning: amaliy-inson produktiv faoliyati uchun zarur boʻlgan vositalarni yaratish, qoʻllashga va ruxiy-inson tafakkuri bilan bogʻliq boʻlgan olamni idrok etish, oʻzgartirishga qaratilgan matematik metodlarni egallashga asoslangan qirralari shakllanib kelgan.
Matematika oʻsib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda oʻquv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. Matematik tafakkur ob’ektlari va ularni yasash haqida mantiqiy xulosalar chiqarish, mulohazalarni shakllantirish, asoslash va isbotlash koʻnikmalarini shakllantiradi va bu asosda mantiqiy tafakkur rivojlanadi. Bundan tashqari algoritmik tafakkurni shakllantirish, ma’lum bir algoritm boʻyicha faoliyat koʻrsatish va yangilarini qurish koʻnikmasini tarbiyalaydi. Matematikadan misol va masalalarni yechish jarayonida tafakkurning ijodiy va amaliy qirralari rivojlanadi.
Matematik isbotlardagi aniq, qisqa, ravon fikr yuritish, geometrik shakllarni tasavvur qilish, ulardagi simmetriya, qat’iy qonuniyatlar asosida goʻzallikni koʻra olishga oʻrgatish orqali oʻquvchilarga estetik ta’lim-tarbiya beriladi.
Ulugʻ allomalarimiz Al-Xorazmiy, Abu Nosir Farobiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abul Vafo Buzjoniy, Gʻiyosiddin al-Koshiy, Umar Xayyom, Nasriddin at-Tusiy, Mirzo Ulugʻbeklarning matematikaga qoʻshgan hissalarini oʻrganish jarayoni oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalaydi.
Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning muhim sharti oʻqituvchilarning oʻqitish usuli va yoʻllarining maqbul tizimini tanlashdan hamda oʻquvchilarning yosh xususiyatlari, ularning matematik tayyorgarlik darajasi, umumiy oʻquv koʻnikmalarining rivojlanganligiga, hal etilayotgan ta’lim-tarbiyaviy masalalarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uygʻunlashtirishdan iborat.
Matematikadan darslarni rejalashtirish va tashkil etishda oʻtilgan mavzularni amaliy mashgʻulotlar jarayonida oʻquvchilar koʻproq anglab olishi va oʻzlashtirishiga qaratish muhim. Buning uchun esa ham nazariyani oʻrganishda, ham masalalar yechishda, ogʻzaki va yozma koʻrinishdagi ishlarni ratsional tarzda olib borish lozim.

Download 0,67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 0,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Maktab geometriya fanini oʻrganishning mazmuni va qoʻllaniladigan innovatsion texnologiyalar

Download 0,67 Mb.