35
koʻrish uchun biz shunchaki i == -1 holatini tekshiramiz:
agar u rost
boʻlsa, demak stek boʻsh, aks holda boʻsh emas.
Stekni massiv yordamida amalga oshirish quyida keltirilgan:
#include
using namespace std;
int main() {
int stek[20];
int i = -1;
for (int j = 0; j < 6; j++) {
int a;
cin >> a;
i++;
stek[i] = a;
}
if (i == -1) cout << "Stek boʻsh";
cout << stek[i] << " stekning yuqori elementi"<
cout << "Yuqori elementini oʻchirish";
i--;
return 0;
}
Yuqorida stekni realizatsiya qilishning ikkita usulini koʻrib chiqdik:
1)
C++ shablonidan foydalanish.
2)
Massivdan foydalanish.
Agar siz dasturingizda stekdan foydalansangiz va uni iloji boricha
tezroq bajarishni afzal bilsangiz, unda stekni amalga oshirishning
birinchi usulidan foydalaning.
Agar siz dasturning ishlashi haqida qaygʻurmasangiz, unda massiv
orqali stek yaratilishidan foydalanishingiz mumkin. Birinchi usulda
ishlatish va e‘lon qilish tez va oson.
36
Quyida yana bir juda muhim ma‘lumotlar
tuzilishini - navbatni
oʻrganamiz. Ushbu ma‘lumotlar tuzilishi koʻplab messenjerlarda
(masalan, telegramda) foydalaniladi.