Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети




Download 2.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/96
Sana13.10.2022
Hajmi2.63 Mb.
#27163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
Kimyoviy-texnologik jarayonlarni matematik modellash
Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Matematik modellashtirish - bu kompyuter yordamida matematik 
modellarda jarayonlar yoki hodisalarni o„rganish usuli. Kompyuter 
texnologiyalarining zamonaviy rivojlanish darajasi sanoat jarayonlari 
asosini tashkil etuvchi bir hil va bir xil bo„lmagan kimyoviy reaksiyalar 
kinetikasini o„rganishda; kimyoviy reaktor, issiqlik almashinuvi va 
massa uzatish uskunalari turini tanlash; xom-ashyoning tarkibi va unumi 
o„zgargan sharoitda, shuningdek, yangi va modernizatsiya qilingan 
kimyo sanoati uchun texnologik sxemalarni ishlab chiqishda operatsion 
bashoratlashlarni qilish va mavjud tarmoqlarning sanoat jarayonlarini 
amalga 
oshirishning 
texnologik 
rejimlarini 
maqbullashtirish 
muammolarini hal qilishda matematik modellashtirish usulidan 
foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ma‟lumki, kimyoviy texnologiya bilan bog„liq jarayonlar juda 
murakkab. Bu, avvalambor, kimyoviy reaksiyalar jarayonining o„ziga 
xos xususiyatlari, ularning ko„p qismli va ko„p bosqichli tabiati hamda 
kataliz zarurati tufayli turli xil konstruksiyali qurilmalardagi kimyoviy 
o„zgarishlar bilan bog„lik. Massa almashinish jarayonlari, jumladan, 
kimyoviy o„zgarishlar uchun xom-ashyoni tayyorlash va reaksiya 
mahsulotlarini ajratish yoki xom-ashyoning reaksiyaga kirmagan 
tarkibiy qismlarini oqim mahsulotlaridan ajratishda keng qo„llaniladigan 
rektifikatsiya jarayonlari ham murakkabligi darajasidan yuqori turadi.
Hozirgi vaqtda birlashtirilgan reaksiya-rektifikatsiya jarayonlari 
ko„proq energiya va resurslarni tejash va ergonomik sifatida keng 
qo„llanilmoqda. Issiqlik almashinuvi jarayonlari har qanday kimyoviy 
ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning samaradorligi 
apparatning dizayni, sovutish suvlarining xususiyatlari va bir qator 
texnologik 
parametrlarga 
bog„liq. 
Demak, 
matematik 
modellashtirishning muhim bosqichi ko„rib chiqilayotgan jarayonni 
yetarli darajada ifodalaydigan matematik modelni yaratishdan iborat. 
Odatda, ushbu qurilmalarda sodir bo„ladigan jarayonlar modellari 
asosida alohida qurilmalarning matematik modellari yaratiladi, so„ngra 
ushbu qurilmalarni yagona texnologik jarayonga bog„laydigan 



texnologik sxemalar modellashtiriladi. Jarayonning murakkabligiga va 
uning o„tishi haqida eksperimental ma‟lumot olish imkoniyatlariga 
qarab, matematik modellarni ishlab chiqishda, asosiy qonunlarga 
asoslangan determinantli yondashuv yoki statistik ishlov berishga 
asoslangan empirik yondashuv qo„llaniladi. Matematik modellar 
simulyatsiya qilingan hodisalarning murakkabligiga qarab chiziqli, 
chiziqlimas, differensial, qisman differensial tenglamalar va ularning 
sistemalari bilan ifodalanishi mumkin bo„lganligi sababli, ularni hal 
qilish uchun sonli usullarni bilish juda zarurdir. Optimallashtirish 
masalalarini hal qilish uchun maqbullik mezonlarini to„g„ri aniqlash, 
maqsad funksiyasini taqdim etish, parametrlarni optimallashtirishga 
cheklovlar qo„yish va optimallashtirish usulini oqilona tanlash kerak. Va 
nihoyat, kompyuter texnologiyasidan foydalanish va o„ziga xos 
kimyoviy-texnologik jarayonni modellashtirish bilan bog„liq yagona 
muammoni hal qilish uchun har qanday zamonaviy dasturlash tillarini 
bilish va foydalanuvchini yaratib, tegishli muhitda ishlay olish zarur. 
Albatta, matematiklar eng mos sonli usulni tanlash masalalarini hal 
qilishda 
ishtirok 
etishi 
mumkin, 
professional 
dasturchilar 
foydalanuvchilar uchun qulay interfeysli dasturni yaratishda ishtirok 
etishi mumkin, lekin matematik modelning o„zi soha mutaxassislari
ya‟ni mutaxassislar tomonidan yaratilishi kerak. Jumladan, kimyo 
texnologiyasi va kimyo va neft-kimyo sanoatining vakillari tomonidan 
amalga oshirilshi lozim. 

Download 2.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Download 2.63 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети

Download 2.63 Mb.
Pdf ko'rish